Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARINI INTERAKTIV USULLAR YORDAMIDA
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
10
BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARINI INTERAKTIV USULLAR YORDAMIDA TASHKIL ETISH Yusupova Mavlyuda Abdulahatovna Andijon viloyati Qo‘rg‘ontegi tumani 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Tel: 990881115 Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda darslarning samarasini oshirish uchun interaktiv ta’lim usullaridan foydalanishning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: Pedagogik texnologiya, DTS, interaktiv metodlar, “O‘qituvchining o‘gitlari”, PISA, PIRLS. Bugungi kunda ta’lim tizimining eng asosiy talablaridan biri bu darslarni zamonaviy usullarda o‘tish va ta’limni takomillashtirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishdir. O‘quvchilarning har bir darsga qiziqishini, faolligini oshirishda, interaktiv o‘qitish usullari ijobiy samara bermoqda. hozirgi kun maktab ta’limiga qo‘yilayotgan muhim talab ta’lim mazmuniga zamonaviy axborot texnologiyalarni keng qamrovda joriy etishdir. Mazkur talab dars jarayonida muammoli vaziyatlar yaratib, o‘quvchilar faolligini oshirish, mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘z nuqtai nazarini asoslay olish, ularni nutqiy faoliyatiga tayyorlash, ta’lim samaradorligini oshirish kabi bir qator vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ilg‘or tajribalarni o‘rganish ijobiy samara beradi, o‘quvchi faolligi va qiziqishini, o‘qituvchi mahoratini oshiradi. dars jarayonida o‘quvchilarga faqatgina dTS talabi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini berish bilan cheklanib qolmasdan, ushbu bilim va ko‘nikma asosida o‘quvchilarni hayotga, tabiatdagi har bir ijtimoiy voqealarga to‘g‘ri munosabatini rivojlantirishni, ya’ni ta’lim bilan birga tarbiyani ham qo‘shib olib borishni asosiy maqsad qilib, uni amalga oshirish muhim vazifalardan biridir. Ma’lumki, mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi usullarni qo‘llab, o‘quvchilarga chuqur bilim berish boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifasidir. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga olib kirildi. Yangi pedagogik texnologiyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchisining aqlan rivojlanishi va kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik texnologiyalarni bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi faoliyati bo‘lib, o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, zarur xulosalarga kelishga, tahlil qilish va olingan bilimlarni amaliyotga qo‘llashga o‘rgatadi. O‘qituvchining asosiy vazifasi esa, o‘quvchilarga aniq yo‘nalish berish, to‘g‘ri xulosalarni aytishdan iborat. Interaktiv metodlar yana shunisi bilan ahamiyatliki, o‘qituvchi o‘quvchining fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina to‘g‘ri xulosani aytadi, natijada o‘quvchi o‘z xatosini tushunib, fikrlashdan to‘xtamaydi va ular o‘rtasidagi doimiy faollik ta’minlanadi. Ma’lumki, kichik yoshdagi bolalar diqqati beqaror bo‘lib, 1-sinf o‘quvchisi uchun biroz muammolar yuzaga kelishiga olib keladi. Ana shu vaziyatda o‘quvchilar diqqatini jamlashda qiziqarli interaktiv metodlarning ahamiyati katta. O‘quvchilarga rasmli topshiriqlarni bajartirish, ularni fikrlashga, topqirlikka, ijodkorlikka undaydi hamda yozma va og‘zaki nutqini o‘stirib, lug‘at boyligini oshiradi. Masalan, 3-sinf o‘qish kitobi assida tuzilgan rasmli testlardan namunalar keltiradigan bo‘lsak, “O‘qituvchining o‘gitlari” she’rining muallifi kim? a) Anvar Obidjon b) Muhiddin Omon d) Normurod Norqobilov 55 10 Topishmoqning to‘g‘ri javobini toping “Bo‘lar sariq yo qizil, yer tagida yetilar” a) uzum b) olma d) sabzi bunday testlar xalqaro o‘qitish tizimiga mos testlar hisoblanadi. dars jarayonida shunday testlardan foydalanish orqali o‘quvchilarin bilim darajasini yanada oshirish imkoni paydo bo‘ladi. Sababi test aynan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshiga mos ravishda tuzilgan va bolani har tomonlama shakllantirishni ko‘zlaydi. Boshlang‘ih sinf o‘quvchilarini tangicha pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishning afzalliklari birinchi o‘rinda bola darsga qiziqadi, chunki bu oddiy maruza shaklida tshkil etiladigan darlardan qiziqroq tarzda tashkil etiladi. O‘quvchi darsda o‘z fikrini erklin bildira olish imkoni paydio bo‘ladi, bu esa, o‘z navbatida endigina shakllanayotgan bolaning nutqini o‘sishiga yordam beradi. Eng muhimi esa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ham eshitib fikrlash, ham ko‘rib bildirilayotgan fikrlarni talil qilish imkoni paydo bo‘ladi. Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash natijasida darsning saviyasi yuqori bo‘lib, o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatgichi ham ko‘tariladi. bundan tashqari tashkil etiladigan interaktiv darslar Xalqaro ta’lim tizimlari: PISA, PRLIS talablariga javob beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. UMAROVA, X. hAMROQULOVA,R. TOJIbOYEVA 3-SINf “O‘QISh kITObI”„O‘QITUVchI“ NAShRIYOT-MATbAA IJOdIY UYI TOShkENT – 2016 2. https://moluch.ru/archive/294/66754/ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling