Pedagogika va psixologiya fakulteti” “pedagogika” kafedrasi


Download 59.4 Kb.
bet1/13
Sana04.05.2023
Hajmi59.4 Kb.
#1425088
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
PEDAGOGIK MAHORATNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH OMILLARI


MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI”

PEDAGOGIKA” KAFEDRASI


PEDAGOGIK MAHORATNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH OMILLARI”


mavzusidagi
KURS ISHI


Bajardi: 2-otm PP 301-guruh talabasi
Abdusamig’ova Sh
Rahbar: “Pedagogika” kafedrasi
dotsenti ____________Abirova U


TOSHKENT-2023
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………….……3
I.BOB.O’QITUVCHI MAHORATINING SHAKLLANISH JARAYONI NAZARIY O’RGANISH
1.1.Pedagogik mahorat haqida umumiy tushuncha …………………………….….6
1.2.Peadgogik mahorat haqida qomusiy olimlarinng fikrlari..…………………….14
I bob bo’yciha xulosa………………………………………………..……….…..19
II.BOB.O‘QITUVCHI MAHORAT MASALALARI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
2.1.Pedagogik mahoratning mazmuni va maqsadi ……………………………..…20
2.2.O‘qituvchilarda pedagogik mahoratni shakllantirish yo’llari va texnikalari.…27
II bob bo’yciha xulosa………………..……………………………………….…32
XULOSA…………………………………………………………………………34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………...…35

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatda jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bugungi kunda ta'lim mazmunini yanada takomillashtirish bilan uning samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko'tarishni taqozo etmoqda. Ta'lim muassasalaridagi o'quv-tarbiya jarayonining ajralmas qismi hisoblangan kasb-hunarga yo'naltirish ishlariga ham innovatsion tus berish, uning samaradorligini oshirish uchun ilmiy asoslangan zamonaviy pedagogik-psixologik, axborot texnologiyalarini keng joriy etish, ilmiy-uslubiy ta'limot va kadrlar salohiyatini yaxshilash, jarayonga jamoatchilik hamda ota-onalarni faol jalb etish zaruriyati mavjud.Talabalarni kasb tanlash ishiga tayyorlashni amalga oshirish muammosi mazkur tayyorgarlik tuzilmasi va uning tarkibiy qismlarini namoyon qilishini taqozo etadi. Sо‘nggi yillar davomida barcha sohalarda bо‘lgani kabi uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan bir qator strategik islohotlar amalga oshirildi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ushbu sohadagi islohotlarning yangi bosqichi sifatida raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga yanada kengroq jalb etish taklifi bildirilgan edi. Hozirgi globallashuv sharoitida maktabda o‘qituvchilarini shiddat bilan rivojlanishi jarayonida zamonaviy ta’lim tizimining ajralmas tarkibiy qismi sifatida namoyon bо‘lmoqda. Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk namoyondalari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda. «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirishi, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak.
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqib bugungi kun o‘qituv- chisi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur? Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ushbu muammo bo‘yicha ko‘plab pedagog va psixolog olimlar o‘z fikr va mulohazalari bilan chiqdilar. O‘qi- tuvchilarning kasbiy mahoratlarini milliy an’ana va urf-odatlarimizdan, qadriyatlarimizdan kelib chiqib yanada takomillashtirish, ularning pedagogik faoliyatini hozirgi zamon talablari darajasida yanada takomillashtirish uchun metodik qo‘llanmalar, tavsiyanomalar paydo bo‘ldi. Hozirgi kunda ham ushbu muammo bo‘yicha ilmiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda. XXI asrga kelib o‘qituvchining vazifasi yanada takomillashib bormoqda. Endilikda global o‘zgarishlar, fan-texnika va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi o‘qituvchidan yuksak mahoratni, o‘tkir irodani, psixologik quvvatni, chuqur bilim va mulohazali bo‘lishni talab qiladi.
Ijodiy faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi faqatgina bolalarni muvaf- faqiyatli o‘qitish va tarbiyalash, ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini o‘rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ham ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon o‘qituvchisi fan va texnika taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanishi, o‘z kasbiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalarni unumli qo‘llay olishi taqozo etiladi. Hozirgi zamon o‘qituvchisi o‘z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus bilimlarga ega bo‘lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir.

Download 59.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling