Pedagogika va psixologiya fakulteti” “pedagogika” kafedrasi
Download 59.4 Kb.
|
PEDAGOGIK MAHORATNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH OMILLARI
II bob bo’yicha
Bo'lajak o'qituvchini mahorat omillari va shart-sharoitlari-bo'lajak o'qituvchilarni moslashtirish mazmunini pedagog mutaxassislar tayyorlashga qo'yiladigan mehnat bozorining zamonaviy talab va takliflariga asoslanib belgilash; Bo'lajak o'qituvchi mahoratining ijtimoiy-pedagogik jihatlari, nazariy masalalari va talabalarning mustaqil ta'limi uchun xizmat qiluvchi yangicha nashrlar, elektron darliklar, o'quv-metodik majmualar ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish. O`quvchilarni kasbga moslashtirishda o`qitishning yangi pedagogik texnologiyalaridan foydalanish xususiyatlari mazmun-mohiyati tahlili asosida darsdan tashqari mashg`ulotlarni tashkil qilish maqsad va vazifalari, O`quvchi kasbiy sifatlarini dastlabki pedagogik-psixologik tashhis qilish, tanlagan kasbi to`g`risida axborot berish, O’quvchi shaxsini ijtimoiy-kasbiy moslashtirish, kasbiy maslahatlar, kasbiy-iqtisodiy tarbiya metodlarini qo`llash yo`llari ko`rsatib berildi. Shu bilan birgalikda darsdan tashqari mashg`ulotlari, ommaviy shakldagi darsdan tashqari mashg`ulotlar hamda O`quvchilarning mehnat birlashmalari kabi mashg`ulot shakllaridan foydalanishga oid tavsiyalar berildi. Shuningdek, darsdan tashqari mashg`ulotlarni tashkil qilishda kasbga moslashish ishlari texnologiyasining funktsional tuzilmasi ishlab chiqildi. Unga ko`ra ta’lim jarayonini loyihalash va maqsadini belgilash bosqichining tashqi omillar, ta’lim jarayoni, ichki omillar ta’sirida amalga oshirilish mazmuni ko`rsatib berildi. Darsdan tashqari mashg`ulotlarni tashkil qilish O`quvchilarni kasbga moslashtirish jarayoni bilan uyg`unligini ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish m aqsadida O`quvchilarni kasbga moslashtirish tuzilmasi ishlab chiqildi. Tuzilmaning ikki asosiy tashkil etuvchisi: mehnat ta’limi darslari jarayoni va darsdan tashqari mashg`ulot turlarining bir-birini rivojlantirishini ta’minlash uchun ularning har bir bo`g`inining o’zaro bog`liqlik asoslari ishlab chiqildi. XULOSA: Xulosa qilib aytish lozimki shaxsga ta'lim va tarbiya berishda nafaqat ta'lim oluvchiga ta'limning yo'naltirilishi, balki o'qituvchining pedagogik faoliyatga psixologik tayyorligi muhimdir. Bunday hollarda o'qituvchining kasbiy kompetentlik darajasiga alohida e'tibor qaratishni talab etadi. Ta'lim tizimida kompetentli yondoshuv ta'lim islohatlarining konseptual asoslari sifatida qabul qilinishi, ta'lim tizimiga kompetentli yondoshuvning joriy etilishi ta'lim maqsadi, mazmuni, o'qitish shakli, o'qitish usullari, pedagogik va axborot texnologiyalari, nazorat usullarini hamda ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi rolida jiddiy o'zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi. O'qituvchining kasbiy kompetentligini tarkib toptirish uchun pedagogik oliy ta'limda tub o'zgarishlarni amalga oshirish kerak. Oliy ta'lim Davlat ta'lim standarti, o'quv dasturi va darsliklarni takomillashtirish yo'nalishida muayyan ishlar olib borilayotgan bir paytda, mavjud an'anaviy mazmundan voz kechish qiyin kechsa-da, ta'lim mazmunini yanada aniqlashtirish lozim bo'ladi. Pedagogik mahoratni egallashda guruhli va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o‘zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini topish imkoniyati mavjud. Pedagogik mahoratga ega bo‘lish ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlash garovi bo‘libgina qolmay, ayni vaqtda o‘qituvchilarning jamoada, ijtimoiy muhitda obro‘-e’tiborini oshiradi, o‘quvchilar orasida unga nisbatan hurmat yuzaga keladi.Kasbiy mahoratni oshirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo‘lish, o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun nafaqat shu sohaga oid bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishi, balki insonlar bilan muloqot o'rnatish texnikasini egallash, motivatsion sohani rivojlantirish, psixologik bilimdonligini oshirib borish, kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan tayyorgarlik ko'rib borish lozim. Download 59.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling