"pedagogika va psixologiya" fanidan tayorlagan
Mavzu: Ta’limni boshqarish metodi
Download 340 Kb. Pdf ko'rish
|
5-mustaqil ish
Mavzu: Ta’limni boshqarish metodi.
Reja: 1.Boshqaruv metodlari 2.Ta’lim muasasasi rahbarining boshqarishdagi faoliyatlari 3.Management- boshqaruv. Boshqarish jarayonida uning tarkibiy qismlari - maqsad va vazifalar, mazmun va shakl hamda metodlar o’zaro bog’liklikda bo’ladi. Ammo ular ichida eng o’zgaruvchan va murakkab pedagogik jamoaga ta’sir ko’rsatish metodlari bo’lib hisoblanadi. Ular boshqaruvchi va boshqariluvchilar faoliyatlarini o’zaro birligini ta’minlaydi. Boshqarish metodlari boshqariladigan ob’ektga maqsadga qaratilgan ta’sir ko’rsatish uchun shakllaridan iborat bo’lib, ular yordamida boshqarish sub’ekti va ob’ektining o’zaro uyg’unligi ta’minlanadi. Metodlar boshqarish tizimining xususiyatlari, vazifasi mazmuni va mohiyatidan kelib chiqib, boshqaruv faoliyatini ta’sir ko’rsatish mazmunini belgilaydi. Ta’lim tizimini boshqarish metodlari o’quv yurtining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o’qituvchilarga ta’lim-tarbiya berish metodlari bilan ma’lum aloqador bo’ladi. Buning boisi shuki, ular o’qituvchilarni o’quvchilarga puxta bilim berish, ular faoliyatini tashkil qilish, o’qish, o’rganishga qiziqtirishga xizmat qilishi kerak. Shu bilan birga ular o’rtasida farq ham mavjud. Ularning farqi ta’sir ko’rsatish ob’ektlari bilan bog’liqdir. Boshqarish metodlari sub’ektning boshqaradigan tizimga ta’sir ko’rsatish usullaridan iborat. Bu usullar asosan pedagogik tizimning tashkiliy- psixologik yaxlitligini ta’minlab, o’quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Biz yuqorida ta’lim tizimini boshqarish jamiyatini boshqarishning tarkibiy qismi ekanligini ta’kidlagan edik. Jamiyatni boshqarish ta’lim tizimini boshqarishning umum nazariy asosini tashkil etadi. Bundan tashqari har ikkalasi ham yagona metodologiyaga asoslanadi. Ammo shu bilan birga jamiyatning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish sohalarini boshqarishda operatsion-texnologik metodlar belgilovchi rol o’ynaydi. Ta’lim tizimini boshqarishda ijtimoiy-psixologik metodlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu metodlar shaxsning aql-idrokigagina emas, balki hissiyotlariga ham ta’sir ko’rsatishi, uning o’z-o’zini ro’yobga chiqarishi va o’z- o’zini tartibga solish uchun imkoniyat yaratishni nazarda tutadi. Bu esa o’z navbatida ma’muriy ta’sir ko’rsatishni kuchaytirib, sub’ektning bevosita rahbar aralashuvisiz o’z harakatlarini jamoa talablariga boshqarish talablariga moslashtirishga xizmat qiladi.Ta’lim muasasasi rahbarining boshqarishdagi faoliyatlarini turli yo’llar (so’rov, suhbat, hujjatlarni tahlil qilish) bilan o’rganish shu narsani ko’rsasatadiki, jamoa a’zolari fikri bilan hisoblashmaslik, ijtimoiy-ruhiy holatiga e’tibor bermaslik rahbarlik ta’sirini pasayishiga olib keladi. O’quv yurtlarida pedagogik jamoa fikrini uyg’otish, ular faoliyatini oshirish, pedagoglarda topshirilgan ish uchun mas’uliyat hissini tarbiyalash jamoani jipslashtirib, ta’lim - tarbiya sifatini oshishiga zamin hozirlaydi. Pedagoglar va o’quvchilar jamoalarining birgalikdagi faoliyatlarini maqsadga muvofiq va mohirona uyg’unlashtirish ham boshqarish metodlarining ta’sir ko’rsatishi doirasini kengaytiradi. Ularni ta’lim muassasasi faoliyatiga doir xilma-xil masalalarni birgalikda muhokama qilishlari, jamoaviy mas’uliyat va insonparvarlik hislarini kuchaytradi. Bu boshqarish usuli sifatida pedagogik ta’sir ko’rsatishni kuchaytiradi. Ta’lim tizimini boshqarish nazariyasida boshqarish metodlarini tasnif qilishga turlicha yondashuvlar mavjud, ularning ayrimlarida operatsion-texnologik metodlarga asosiy e’tibor berib, ijtimoiy-psixologik ta’sir ko’rsatish metodlariga yetarli e’tibor berilmaydi. Bularning har ikkalasi ham boshqarish metodlarini tasnifiga bir yoqlama yondashishdir. Bunday bir yoqlama tasnif zamon talabiga javob bermaydi. Ta’lim tizimida boshqarish metodlarini tanlashda quyidagilarga e’tibor berish lozim: Bulardan biri mazkur tadqiqotda asos qilib olingan tizimli yondashuv: ikkinchisi mustaqillik sharoitida inson omilining hamma sohalarda oshishi va uning siyokat va metodologiya darajasiga ko’tarilishi; uchinchisi, hozirgi zamon muhiti, uning nihoyatda axborotga boyligi. Shuning uchun insonning juda katta axborot, shovqin- suronda yashashi uni doimiy ruhiy taranglikda yashashi ham ijtimoiy-psixologik omillar bilan operatsion-texnologik metodlarni yaxlitlikda qarashni taqozo qiladi. "Ulardan birining asosida,-deb yozadi P.T.Frolov,- boshqariladigan ob’ektga, ishlab chiqarish jamoasiga yoki uning bo’g’iniga majbur etish va undash yo’li bilan ta’sir etish mumkinligi haqidagi g’oya yotadi. Ta’sir etishning birinchi usulida ob’ekt o’zidan nima talab qilishga, o’shani boshqarishga majbur qilinadi, ikkinchi usulda talab qilinadigan narsani uning o’zi bajaradi, chunki bundan manfaatdordir(54, 67). Rahbarning majburiy va rag’batlantiruvchi usullari o’zaro omuxta qilinsa, mazkur yondashuvda ta’sir etishning tartibga soluvchi va rag’batlantiruvchi usullari jamoa a’zolarini tashabbus ko’rsatishiga sharoit yaratadi. Boshqarishda ta’sir ko’rsatishning tartibga soluvchi va rag’batlantiruvchi usullarni tanlash qator omillarga bog’liq bo’ladi. Bunda eng avvalo pedagogik jamoaning kamolot darajasi, ya’ni uni uyushganlik, jipslik darajasi, demokratik tamoyillarni qo’llashga tayyorgarlik darajasidan kelib chiqmoq kerak. Ikkinchidan, rahbarning ilmiy-amaliy saviyasi, uslubi, boshqarish nazariyasini, ta’lim-tarbiyani tashkil etish mahorati ham muhim mezondir. Yangilikni bayroq qilib olib, demoratik, rag’batlantiruvchi tamoyillarga tarafdori sifatida ish olib borishga yuzaki intilib, jamoaning kamolot darajasi va rahbarning o’z saviyasi past bo’lsa har qanday yangilik muvaffaqiyat emas, mag’lubiyat-keltiradi. "Boshqarish usullari-deb yozadi M.Mirqosimov,-maktab ichidagi ta’lim tarbiyaviy, moliya-xo’jalik, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar, maktabning turli hamkorligidagi ishlari, muallimlar jamoasi bilan ishlash kabi mavjud munosabatlardan kelib chiqadi»(48, 89). Boshqarish usullarini tanlaganda va tasnif qilganda faqat ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya, moliya-xo’jalik ishlari jarayonidagi jamoa a’zolarining munosabatlari nuqtai nazaridan emas, balki jamoa a’zolarining faoliyatida o’z ishiga qiziqish uyg’otishga ham e’tibor berish kerak. Pedagogik jamoa a’zolarining faoliyat motivlari bo’lishi mumkin: a)har bir xodimning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq bajarishi rasman majburiy motivlar; b)ularning moddiy manfaatlaridan kelib chiqadigan motivlar; v) ma’naviy motivlar. Respublikamizda uzoq vaqtlardan beri ta’lim muassasalari 1.Boshqarish tajribasi shuni ko’rsatadiki, jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida uni tashkiliy-ma’muriy chora-tadbirlarsizn ilmiy-amaliy shug’ullanuvchi olim M.Mirqosimov shu asosda boshqarish metodlarining tasnifini beradi. amalga oshirish mumkin emas. Bu metod boshqaruv bo’g’inlarini o’zaro bog’liqligini ta’minlab, unda ishtirok etuvchilarning munosabatlarini tartibga solib, ma’muriy ta’sir ko’rsatishning butun mexanizmini harakatga keltiradi. Boshqaruv tizimiga amalga oshirilayotgan harakatlar ikkiga bo’linadi: a)normativ b)shaxsiy. Boshqaruvga doir normativ harakatlar umumiy bo’ladi. Unda biron shaxs aniq ishtirok etmaydi. Ular biron sharoitga nisbatan tatbiq etiladigan umumiy hatti- harakat qoidalari bo’lib, uzoq vaqt amal qiladi. Boshqarishning shaxsiy harakatlari ma’lum sub’ektlarga qaratilgan bo’ladi. Tashkiliy metod - tashkiliy ko’rsatmalar va farmoyishlar berish yo’li bilan boshqariladigan ob’ektga ta’sir ko’rsatadi. Tashkiliy ma’muriy ta’sir ko’rsatish esa, bevosita ma’muriy tashkil etishning yo’l vositalarini ifodalaydi. Masalan, muassasada ishlaydigan ishchi xodimlar uchun ichki tartib qoidalarni belgilash, ish mazmuni va mundarijasini tuzish va hokazo. Ma’muriyat tomonidan ko’rsatma va farmoyish, buyruq berish yo’li bilan boshqariladigan sohaga ta’sir ko’rsatib, muassasa barcha bo’limlar faoliyatini bir maromda ishlashini tezkorlik bilan boshqarishga erishiladi. Bevosita ta’lim muassasasidan tashqarida ya’ni hamkorlik, otaliq, vosiylik kabi o’zaro munosabatlar o’zaro kelishuv shartnoma asosida tartibga solinadi. 2.Boshqarishnig ijtimoiy-psixologik metodi jamoa a’zolari o’rtasidagi ruhiy insoniy munosabatlarni tartibga solishdir. Bunda jamoada sog’lom ruhiy-axloqiy muhit, kishilarning ruhiy, emotsional holati, insoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’sir ko’rsatishni taqozo qiladi. Bundan har bir xodimga jamoa orqali ta’sir ko’rsatish xodimlar bilan yakkama-yakka ish olib borish orqali jamoa a’zolarini o’zaro munosabatlari tartib solinadi. Ijtimoiy-psixologik metod muassasa rahbarining xodimlar bilan kundalik munosabatlardagi uchrashuv va suhbatlar orqali bir birlarini tushunish, ruhiy- psixologik muammolarni hal qilish orqali ta’sir ko’rsatishni o’z ichiga oladi. Shu narsani e’tirof etish kerakki, jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida atrof- muhitdagi turli o’zgarishlar axborot manbalarning haddan ziyod ko’payganligi kishilarga ruhiy taranglikni keltirib chiqarmokda. Kishilarning tezda kayfiyati buzilishi, jahl chiqishi, o’z hissiyotini idora qila olmaslik va hokazolar. Bunday sharoitda rahbar faoliyatida psixologik omillar ular orqali ta’sir ko’rsatish salmog’i oshib boradi. Pedagogik tizimni boshqarishda huquqiy ta’sir ko’rsatish muhim o’rin egallaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jamiyat hamma sohalarini boshqarishda qonun ustuvorligi va shu asosda fuqarolar huquqiy madaniyatini oshirish boshqarish sohasiga ham taaluqlidir. Download 340 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling