"pedagogika va psixologiya" fanidan tayorlagan


Mavzu: Ta’limni boshqarish metodi


Download 340 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana27.01.2023
Hajmi340 Kb.
#1134501
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mustaqil ish

Mavzu: Ta’limni boshqarish metodi. 
Reja: 
1.Boshqaruv metodlari 
2.Ta’lim muasasasi rahbarining boshqarishdagi faoliyatlari 
3.Management- boshqaruv.
Boshqarish jarayonida uning tarkibiy qismlari - maqsad va vazifalar, mazmun 
va shakl hamda metodlar o’zaro bog’liklikda bo’ladi. Ammo ular ichida eng 
o’zgaruvchan va murakkab pedagogik jamoaga ta’sir ko’rsatish metodlari bo’lib 
hisoblanadi. Ular boshqaruvchi va boshqariluvchilar faoliyatlarini o’zaro birligini 
ta’minlaydi. Boshqarish metodlari boshqariladigan ob’ektga maqsadga qaratilgan 
ta’sir ko’rsatish uchun shakllaridan iborat bo’lib, ular yordamida boshqarish sub’ekti 
va ob’ektining o’zaro uyg’unligi ta’minlanadi. Metodlar boshqarish tizimining 
xususiyatlari, vazifasi mazmuni va mohiyatidan kelib chiqib, boshqaruv faoliyatini 
ta’sir ko’rsatish mazmunini belgilaydi. 
Ta’lim tizimini boshqarish metodlari o’quv yurtining o’ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olgan holda o’qituvchilarga ta’lim-tarbiya berish metodlari bilan ma’lum 
aloqador bo’ladi. Buning boisi shuki, ular o’qituvchilarni o’quvchilarga puxta bilim 
berish, ular faoliyatini tashkil qilish, o’qish, o’rganishga qiziqtirishga xizmat qilishi 
kerak. Shu bilan birga ular o’rtasida farq ham mavjud. Ularning farqi ta’sir ko’rsatish 
ob’ektlari bilan bog’liqdir. Boshqarish metodlari sub’ektning boshqaradigan tizimga 
ta’sir ko’rsatish usullaridan iborat. Bu usullar asosan pedagogik tizimning tashkiliy-
psixologik yaxlitligini ta’minlab, o’quv-tarbiya jarayonining sifat va 
samaradorligini oshirishga yordam beradi. 
Biz yuqorida ta’lim tizimini boshqarish jamiyatini boshqarishning tarkibiy qismi 
ekanligini ta’kidlagan edik. Jamiyatni boshqarish ta’lim tizimini boshqarishning 


umum nazariy asosini tashkil etadi. Bundan tashqari har ikkalasi ham yagona 
metodologiyaga asoslanadi. Ammo shu bilan birga jamiyatning bevosita moddiy 
ne’matlar ishlab chiqarish sohalarini boshqarishda operatsion-texnologik metodlar 
belgilovchi rol o’ynaydi. Ta’lim tizimini boshqarishda ijtimoiy-psixologik metodlar 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu metodlar shaxsning aql-idrokigagina emas, balki 
hissiyotlariga ham ta’sir ko’rsatishi, uning o’z-o’zini ro’yobga chiqarishi va o’z-
o’zini tartibga solish uchun imkoniyat yaratishni nazarda tutadi. Bu esa o’z 
navbatida ma’muriy ta’sir ko’rsatishni kuchaytirib, sub’ektning bevosita rahbar 
aralashuvisiz o’z harakatlarini jamoa talablariga boshqarish talablariga 
moslashtirishga xizmat qiladi.Ta’lim muasasasi rahbarining boshqarishdagi 
faoliyatlarini turli yo’llar (so’rov, suhbat, hujjatlarni tahlil qilish) bilan o’rganish shu 
narsani ko’rsasatadiki, jamoa a’zolari fikri bilan hisoblashmaslik, ijtimoiy-ruhiy 
holatiga e’tibor bermaslik rahbarlik ta’sirini pasayishiga olib keladi. O’quv 
yurtlarida pedagogik jamoa fikrini uyg’otish, ular faoliyatini oshirish, pedagoglarda 
topshirilgan ish uchun mas’uliyat hissini tarbiyalash jamoani jipslashtirib, ta’lim - 
tarbiya sifatini oshishiga zamin hozirlaydi. Pedagoglar va o’quvchilar jamoalarining 
birgalikdagi faoliyatlarini maqsadga muvofiq va mohirona uyg’unlashtirish ham 
boshqarish 
metodlarining 
ta’sir 
ko’rsatishi 
doirasini 
kengaytiradi. 
Ularni ta’lim muassasasi faoliyatiga doir xilma-xil masalalarni birgalikda 
muhokama qilishlari, jamoaviy mas’uliyat va insonparvarlik hislarini kuchaytradi. 
Bu boshqarish usuli sifatida pedagogik ta’sir ko’rsatishni kuchaytiradi. 
Ta’lim tizimini boshqarish nazariyasida boshqarish metodlarini tasnif qilishga 
turlicha yondashuvlar mavjud, ularning ayrimlarida operatsion-texnologik 
metodlarga asosiy e’tibor berib, ijtimoiy-psixologik ta’sir ko’rsatish metodlariga 
yetarli e’tibor berilmaydi. Bularning har ikkalasi ham boshqarish metodlarini 
tasnifiga bir yoqlama yondashishdir. Bunday bir yoqlama tasnif zamon talabiga 
javob bermaydi. Ta’lim tizimida boshqarish metodlarini tanlashda quyidagilarga 
e’tibor 
berish 
lozim: 
Bulardan biri mazkur tadqiqotda asos qilib olingan tizimli yondashuv: ikkinchisi 
mustaqillik sharoitida inson omilining hamma sohalarda oshishi va uning siyokat va 


metodologiya darajasiga ko’tarilishi; uchinchisi, hozirgi zamon muhiti, uning 
nihoyatda axborotga boyligi. Shuning uchun insonning juda katta axborot, shovqin-
suronda yashashi uni doimiy ruhiy taranglikda yashashi ham ijtimoiy-psixologik 
omillar bilan operatsion-texnologik metodlarni yaxlitlikda qarashni taqozo qiladi. 
"Ulardan birining asosida,-deb yozadi P.T.Frolov,- boshqariladigan ob’ektga, ishlab 
chiqarish jamoasiga yoki uning bo’g’iniga majbur etish va undash yo’li bilan ta’sir 
etish mumkinligi haqidagi g’oya yotadi. Ta’sir etishning birinchi usulida ob’ekt 
o’zidan nima talab qilishga, o’shani boshqarishga majbur qilinadi, ikkinchi usulda 
talab qilinadigan narsani uning o’zi bajaradi, chunki bundan manfaatdordir(54, 67). 
Rahbarning majburiy va rag’batlantiruvchi usullari o’zaro omuxta qilinsa, 
mazkur yondashuvda ta’sir etishning tartibga soluvchi va rag’batlantiruvchi usullari 
jamoa a’zolarini tashabbus ko’rsatishiga sharoit yaratadi. Boshqarishda ta’sir 
ko’rsatishning tartibga soluvchi va rag’batlantiruvchi usullarni tanlash qator 
omillarga bog’liq bo’ladi. Bunda eng avvalo pedagogik jamoaning kamolot darajasi, 
ya’ni uni uyushganlik, jipslik darajasi, demokratik tamoyillarni qo’llashga 
tayyorgarlik darajasidan kelib chiqmoq kerak. Ikkinchidan, rahbarning ilmiy-amaliy 
saviyasi, uslubi, boshqarish nazariyasini, ta’lim-tarbiyani tashkil etish mahorati ham 
muhim mezondir. Yangilikni bayroq qilib olib, demoratik, rag’batlantiruvchi 
tamoyillarga tarafdori sifatida ish olib borishga yuzaki intilib, jamoaning kamolot 
darajasi va rahbarning o’z saviyasi past bo’lsa har qanday yangilik muvaffaqiyat 
emas, 
mag’lubiyat-keltiradi. 
"Boshqarish usullari-deb yozadi M.Mirqosimov,-maktab ichidagi ta’lim tarbiyaviy, 
moliya-xo’jalik, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar, maktabning turli 
hamkorligidagi ishlari, muallimlar jamoasi bilan ishlash kabi mavjud 
munosabatlardan kelib chiqadi»(48, 89). Boshqarish usullarini tanlaganda va tasnif 
qilganda faqat ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya, moliya-xo’jalik ishlari 
jarayonidagi jamoa a’zolarining munosabatlari nuqtai nazaridan emas, balki jamoa 
a’zolarining faoliyatida o’z ishiga qiziqish uyg’otishga ham e’tibor berish kerak. 


Pedagogik jamoa a’zolarining faoliyat motivlari bo’lishi mumkin: a)har bir 
xodimning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq bajarishi rasman majburiy 
motivlar; b)ularning moddiy manfaatlaridan kelib chiqadigan motivlar; v) ma’naviy 
motivlar. 
Respublikamizda uzoq vaqtlardan beri ta’lim muassasalari 
1.Boshqarish tajribasi shuni ko’rsatadiki, jamiyat taraqqiyotining hozirgi 
bosqichida 
uni 
tashkiliy-ma’muriy 
chora-tadbirlarsizn 
ilmiy-amaliy 
shug’ullanuvchi olim M.Mirqosimov shu asosda boshqarish metodlarining tasnifini 
beradi. 
amalga oshirish mumkin emas. Bu metod boshqaruv bo’g’inlarini o’zaro 
bog’liqligini ta’minlab, unda ishtirok etuvchilarning munosabatlarini tartibga solib, 
ma’muriy ta’sir ko’rsatishning butun mexanizmini harakatga keltiradi. Boshqaruv 
tizimiga amalga oshirilayotgan harakatlar ikkiga bo’linadi: a)normativ b)shaxsiy. 
Boshqaruvga doir normativ harakatlar umumiy bo’ladi. Unda biron shaxs aniq 
ishtirok etmaydi. Ular biron sharoitga nisbatan tatbiq etiladigan umumiy hatti- 
harakat qoidalari bo’lib, uzoq vaqt amal qiladi. Boshqarishning shaxsiy harakatlari 
ma’lum sub’ektlarga qaratilgan bo’ladi. 
Tashkiliy metod - tashkiliy ko’rsatmalar va farmoyishlar berish yo’li bilan 
boshqariladigan ob’ektga ta’sir ko’rsatadi. Tashkiliy ma’muriy ta’sir ko’rsatish esa, 
bevosita ma’muriy tashkil etishning yo’l vositalarini ifodalaydi. Masalan, 
muassasada ishlaydigan ishchi xodimlar uchun ichki tartib qoidalarni belgilash, ish 
mazmuni va mundarijasini tuzish va hokazo. 
Ma’muriyat tomonidan ko’rsatma va farmoyish, buyruq berish yo’li bilan 
boshqariladigan sohaga ta’sir ko’rsatib, muassasa barcha bo’limlar faoliyatini bir 
maromda ishlashini tezkorlik bilan boshqarishga erishiladi. Bevosita ta’lim 
muassasasidan tashqarida ya’ni hamkorlik, otaliq, vosiylik kabi o’zaro munosabatlar 
o’zaro kelishuv shartnoma asosida tartibga solinadi. 
2.Boshqarishnig ijtimoiy-psixologik metodi jamoa a’zolari o’rtasidagi ruhiy 
insoniy munosabatlarni tartibga solishdir. Bunda jamoada sog’lom ruhiy-axloqiy 


muhit, kishilarning ruhiy, emotsional holati, insoniy xususiyatlarini hisobga olgan 
holda ta’sir ko’rsatishni taqozo qiladi. Bundan har bir xodimga jamoa orqali ta’sir 
ko’rsatish xodimlar bilan yakkama-yakka ish olib borish orqali jamoa a’zolarini 
o’zaro munosabatlari tartib solinadi. 
Ijtimoiy-psixologik metod muassasa rahbarining xodimlar bilan kundalik 
munosabatlardagi uchrashuv va suhbatlar orqali bir birlarini tushunish, ruhiy-
psixologik muammolarni hal qilish orqali ta’sir ko’rsatishni o’z ichiga oladi. 
Shu narsani e’tirof etish kerakki, jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida atrof-
muhitdagi turli o’zgarishlar axborot manbalarning haddan ziyod ko’payganligi 
kishilarga ruhiy taranglikni keltirib chiqarmokda. Kishilarning tezda kayfiyati 
buzilishi, jahl chiqishi, o’z hissiyotini idora qila olmaslik va hokazolar. Bunday 
sharoitda rahbar faoliyatida psixologik omillar ular orqali ta’sir ko’rsatish salmog’i 
oshib boradi. 
Pedagogik tizimni boshqarishda huquqiy ta’sir ko’rsatish muhim o’rin egallaydi. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jamiyat hamma sohalarini boshqarishda 
qonun ustuvorligi va shu asosda fuqarolar huquqiy madaniyatini oshirish boshqarish 
sohasiga ham taaluqlidir. 

Download 340 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling