- — aynan o’ziga o’xshash odamlar obrazi orqali o’zi to’g’risidagi obrazni shakllantirish, jonlantirishdir. Refleksiya «Men» — obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir.
- Masalan, ko’chada bir tanishingizni uchratib qoldingiz. Siz tinmay unga o’z yutuqlaringiz va mashg’ulotlaringiz haqida gapirmoqdasiz. Lekin gap bilan bo’lib, uning qaergadir shoshayotganligiga e’tibor bermadingiz. SHu narsani siz uning betoqatlik bilan sizni tinglayotganligidan, hayoli boshqa yerda turganligidan bilib qolasiz va shu orqali ayni shu paytda «mahmadona, laqmaroq» bo’lib qolganingizni sezasiz.
Keyingi safar shu o’rtog’ingiz bilan uchrashganda, oldingi xatoga yo’l qo’ymaslik uchun «O’rtoq, shoshmayapsanmi?» deb so’rab ham qo’yasiz. - Keyingi safar shu o’rtog’ingiz bilan uchrashganda, oldingi xatoga yo’l qo’ymaslik uchun «O’rtoq, shoshmayapsanmi?» deb so’rab ham qo’yasiz.
- Ana shu ilgarigi refleksiyaning natijasidir. Ya’ni, suhbatdosh o’rniga turib, o’zingizga tashlangan nazar
- («men unga qanday ko’rinyapman?») — refleksiyadir.
- «Men» — obrazi va o’zini-o’zi baholash.
- O’zi-o’ziga baho
- o’ta yuqori
- O’z-o’ziga bahoning
- past bo’lishi
- Shaxsnning o`z-o`ziga baho berish turlari
4. Shaxs shakllanishining ijtimоiy shart-sharоitlari, unga ta`sir etuvchi omillar - Ijtimoiylashuv — inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot — faoliyat jarayonida uni faol tarzda o’zlashtirish jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv — har bir shaxsning jamiyatga qo’shilishi, uning normalari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan xolda, har bir harakati va muomalasida uni ko’rsatishi va kerak bo’lsa, shu ijtimoiy tajribasi bilan o’z navbatida o’zgalarga ta’sirini o’tkaza olishi jarayonidir.
- Masalan, 10 — 15 ta o’quvchidan iborat akademik litsey o’quvchilarini olaylik. Ularning bilimni, ilmni idrok qilishlari, ulardan ota-onalarining kutishlari, o’qituvchilarning berayotgan darslari va unda yetkazilayotgan ma’lumotlar, manbalar va boshqa qator omillar bir xilday. Lekin baribir ana shu 15 o’quvchining har biri shu ta’sirlarni o’zicha, o’ziga xos tarzda qabul qiladi va bu ularning ishdagi yutuqlari, o’quv ko’rsatgichlari va iqtidorida aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |