Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017
Download 1.04 Mb.
|
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»
GulDU ©
К И Р И Ш Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat bo’yicha oid mamlakatimiz va xorij olimlari tomonidan ko’plab ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Zamonaviy ta’lim rivojiga bo’lgan e’tibor shaxsning nafaqat aqliy o’sishida, balki shu bilan birgalikda uning ma’naviy- axloqiy hamda kasbiy kamolotidagi uyg’unlikni xam talab etadi. Bu jarayonning to’laqonli amalga oshuvi asosan o’qituvchi shaxsining kasbiy-pedagogik mahorati bilan chambarchas bog’liq. O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy sohalarida jahonga yuz tutishi, o’z taraqqiyot yo’lini belgilab olganligi, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga tobora chuqurroq kirib borayotganligi oliy va o’rta maxsus ta’lim oldiga yuksak ma’naviy-ahloqiy vazifalarga ega bo’ladigan, har jihatdan raqobotbardosh mutahassislarni tayyorlash vazifasini ko’ndalang qilib qo’ymoqda. Ushbu vazifani hal etishda, shubhasiz «Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanning ham o’z o’rni mavjud. Shunisi diqqatga sazavorki, majmuada jahon pedagogikasi namoyondalarining Pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratga doir qarashlari bilan bir qatorda buyuk Sharq mutafakirlarining ham bu sohadagi qarashlariga alohida o’rin ajratilgan. O’quv-uslubiy majmua zamonaviy pedagogik texnologiyalarning Guliston davlat universiteti olimlari tomonidan o’rganilgan va takomillashtirilgan yondashuvga asoslangan holda bayon etilgan. Majmuada Respublikaning mashhur o’qituvchilari, Sirdaryo viloyati xalq ta’limining ilg’or xodimlari hamda universitetda faoliyat yuritgan ustoz-murabbiylarning tajribalari va mahorat xususiyatlari tahlil etilgan. Nazorat savollari, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun ishlanmalar, ularni bajarish tartibi, mustaqil ish topshiriqlari, tegishli adabiyotlar ro’yxati tavsiya qilingan. Mazkur o’quv-uslubiy majmua magistratura yhnalishi talabalari uchun tayyorlangan bo’lib 60 soatga mo’ljallangan 20-soat ma’ruza,20- soat seminar, 20-soat mustaqil ta’lim mashg’ulotlarini o’z ichiga oladi. Rspublikamiz Prezidenti 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasining beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini tushuntiring. to’rtinchi yo’nalishi Ijtimoiy sohani rivojlantirishda milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zamirini yuksaltirish zarurligini alohida ta’kidlar ekan milliy barkamol kadrlarni tayyorlash zamaon talabi ekanligiga izoh berib o’tdi. Mazkur o’quv-uslubiy majmua mana shu talabga aks sado sifatida maydonga keldi, desak hato bo’lmaydi. O’quv-uslubiy majmua matnning so’nggida uchta tilda glossariy keltirilishi, chet el adabiyotlari bilan boyitilishi hamda zaruriy adabiyotlarning keltirilishi talabalarning mustaqil ijodiy izlanishlar olib borishlariga yo’l ochib beradi. O’quv- uslubiy majmua haqidagi fikr-mulohalarini bildirgan hamkasblariga mualliflar o’z minnatdorchiligini izhor etadi Manzilimiz: 707012. Guliston shahri, IV mavze, Universitet,«Pedagogika va psixologiya» kafedrasi. I. O’quv materiallar “YaNGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR” FANIDAN MA’RUZALAR KURSI 1-Mavzu: Pedagogik texnologiyalar xaqida tushuncha. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling