1-asosiy savol bo’yicha nazorat topshiriqlari:
Texnologiya va texnologik jarayon haqida tushuncha bering.
Pedagogik texnologiya bu o’qitishga o’ziga xos bo’lgan ________ yondashuvdir.
A) innovatsion
B) tizimli
V) texnologik
G) an’anaviy
Pedagogik texnologiyaning ta’rifinini aniqlang
A) Pedagogik texnologiya bu – o’z oldiga butun o’qitish va bilim-larni o’zlashtirish jarayonini ta’lim shakllarini hisobga olib yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli metodidir.
B) Pedagogik texnologiya bu – o’z oldiga butun o’qitish va bilim-larni o’zlashtirish jarayonini ta’lim shakllarini samarador-lashtirish vazifasini qo’yuvchi, texnik hamda shaxs resurslari va ularning o’zaro aloqasini hisobga olib yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli metodidir.
V) Pedagogik texnologiya bu – o’z oldiga butun o’qitish va bilim-larni o’zlashtirish jarayonini ta’lim shakllarini samarador-lashtirish vazifasini qo’yuvchi tizimli metodidir
G) Pedagogik texnologiya bu – o’z oldiga butun o’qitish va bilim-larni o’zlashtirish jarayonini ta’lim shakllarini samarador-lashtirish vazifasini qo’yuvchi, texnik hamda shaxs resurslari va ularning o’zaro aloqasini hisobga olib yaratishdir.
Sanoatda texnologiya tushunchasining mohiyatini oching.
Pedagogika nazariyasi va tarixiga hissa qo’shgan olimlarning pedagogik faoliyatini o’rganing.
2-asosiy savol: Pedagogik texnologiyalarning paydo bo’lishi, taraqqiyoti va asosiy tushunchalari.
2-asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Pedagogik texnologiyalarning ta’lim tizimidagi ahamiyatini, paydo bo’lishi tarixi, taraqqiyotini yoritib berish, asosiy tushunchalarini ta’riflash, pedagogik texnologiyalarning taraqqiyotiga hissa qo’shgan olimlar haqida ma’lumot berish. Texnologiya va pedagogik texnologiyalarga qiziqish uyg’otish. Ta’lim berishning samarali yo’llarini egallashga yo’naltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |