Pedagogik tashxis qo’yidagi jihatlarga ega:
a) taqqoslash;
b) pedagogik tahlil;
v) avvaldan aytib berish;
g) interpretatsiya;
d) pedagogik diagnostika natijalarini talabalarga etkazish;
e) amalga oshirilgan turli tashxis usullarini talabalarga etkazish;
j) pedagogik tashxis usullarini to’g’ri belgilash.
Pedagogik tashxisning eng muhim mezonlari:
a) haqqoniylik;
b) ishonchlilik;
v) puxtalikdir.
Tashxis tahlillari qachon haqqoniy bo’ladi?
Agar: sinov natijalari turli tekshiruvlarda bir xil natijalar ko’rsatib, ko’rsatkichlar o’zaro bir–biriga yaqin bo’lsa;
Agar: sinov mezonlari, o’lchovlar birligi hamda uning natijalari sinovini amalga oshiruvchi aniqlovchining shaxsiy hislati va munosabatlariga bog’liq bo’lmasa;
Agar: sinov bir xil talab, bir xil munosabat va ruhiy kayfiyatda amalga oshirilsa, mavjud ahvolni aniqlashda haqqoniy natijalar olinishi mumkin.
Demak, pedagogik tashxisni amalga oshirishda andisha, oshna-og’aynigarchilik yoki boshqa noxushliklar aralashsa, haqiqiy ahvol aniqlanmaydi va aksincha, umumiy ishga putur etadi. Pedagogik tashxisning ishonchliligi bir necha marta qilingan tahliliy xulosalar natijasining bir xilligi qayd etilgan hollardagina ta’minlanadi.
Diagnostik natijaga qarab differentsatsiya ishlari tashkil etiladi.
O’quv jarayonini tashkil etish va boshqarish samaradorligini oshirish yo’li bilan ta’limni tashkil etishga qaratilgan texnologiyalardan biri bu differentsiatsiyalashgan yoki tabaqalashgan ta’limdir. Differentsiatsiya lotin so’zdan olingan bo’lib, qismlarga bo’lish yoki ajratish degan ma’noni bildiradi. Talabaning ma’lum xususiyatlarini hisobga olgan holda guruhlarga ajratilgan gomogen guruhlar bilan o’qituvchini ishlash asosda tashkil etilgan o’quv jarayoni differentsial texnologiyani tashkil etadi.
Differentsiatsiyaning mazmun jihatdan quyidagi turlarini ajratish mumkin:
Yosh xususiyatlardan kelib chiqqan holda tabaqalash (sinflar, turli xil yoshdagi guruhlar, aralash).
Turli sohalarga bo’lgan qiziqishlariga qarab (gumanitar, fiziko-matematik, biologik-ximik).
Aqliy rivojlanish bo’yicha (bilim darajasi).
Shaxsiy-psixologik xususiyatlar bo’yicha (fikrlash tipi, xarakter, temperament).
Jismoniy sifatlari (fizkultura guruhlari, ko’zi ojiz bolalar, kasal bolalar).
Differentsatsiya umuman ta’lim jarayonining ajralmas qismi sifatida maydonga chiqadi, ammo o’quv jarayoni davomida, o’zlashtirish jarayonida ushbu usuldan foydalanish differentsial texnologiyani vujudga keltiradi. An’anaviy ta’limda talabalar o’quv jarayoniga moslashishi talab etiladi. Differentsatsiyaning asosiy mazmuni individual yondashuv va o’quvchi shaxsiga o’quv jarayonini moslashtirish va har bir shaxsni uning qobiliyati va imkoniyatlari darajasida o’qitishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |