Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017
Tashkil etilishi bo’yicha differentsatsiya bir necha xil bo’lishi mumkin
Download 1.04 Mb.
|
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki differentsatsiya
Tashkil etilishi bo’yicha differentsatsiya bir necha xil bo’lishi mumkin:
Regional – maktab shakllari bo’yicha (maxsus maktablar, gimnaziya, litsey). Maktablararo (kasbiy yo’nalish, chuqurlashtirilgan sinflar, potoklar). Sinflararo (fakultativlar, bir necha sinflarning yig’indisi, turli yoshdagilardan tashkil topgan guruhlar. Guruh ichidagi diferentsatsiya (uni ba’zan ichki diferentsatsiya ham deb ataladi, bir sinfni guruhlash). Differentsatsiya talabaning vaqtini o’g’irlamaslikka va o’ziga mos tezlikda o’quv jarayonini tashkil etishga yordam beradi. 1-talaba yangi mavzuni 20 daqiqada o’zlashtirib olsa, 2-talaba shu hajmni 30 daqiqa o’zlashtiradi, 3-talaba esa 40 daqiqa ichida o’zlashtiradi deb faraz qilaylik. Birinchi talaba o’quv jarayonida 20 daqiqa vaqtini boshqalar o’zlashtirishini kutib o’tkazadi, ikkinchisi esa 10 daqiqa. Bu vaqt ichida o’zlashtirib bo’lgan talabalar zerikib qoladilar. Ba’zi talabalar ma’lum kurs materialini o’zlashtirishi uchun 10 soat etarli bo’lsa, boshqalari bu kursni 15 soatda o’zlashtirish imkoniga ega, uchinchilari ana shu kursni 20 soatlik hajmdagina o’zlashtira oladilar. Demak o’zlashtirish tezligi ham turlicha bo’lganligidan differentsial ta’limni qo’llash har bir talabaning berilgan standart bilimlarni o’zlashtirishlarini ta’minlaydi. O’rta meyoriy yondoshuv esa, faol talabalarni ishini susaytiradi, sust o’zlashtiruvchi talabalarni esa standart bilimni to’liq egallashiga to’sqinlik qiladi. Differentsial ta’lim har bir ta’lim oluvchi shaxsning imkoniyat va qobiliyatlarini to’laroq ochishga xizmat qiladi, individul yondoshuvni vujudga keltiradi. Ichki differentsatsiya Ichki diferentsatsiya g’oyasi Nikolay Petrovich Guzik tomonidan rivojlantirilgan va amalga oshirilgan. U talabalarni bilim darajasiga qarab uch guruhga ajratadi: a’lochilar, yaxshi bahoga o’qiydiganlar va o’rta talabalar. Uch tipdagi dastur tuzadi,ya’ni; A, V, S. Bu dasturlar o’zining murakkablik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. “S” dasturi standart asosida tuzilgan bo’lib, talabadan mavzuni qaytara bilishni, tushunchalarga izoh berish, asosiy mazmunni ajrata olishni, ko’p marotaba qaytarishni va shu bilimni qo’llay olishni talab qiladi. Bu dasturni hamma talabalar birinchi galda o’rganadilar (reproduktiv bosqich). “V” dastur standart bilimlarni yanada kengaytirishga, konkretlashtirishga, amaliy hayot bilan bog’lashga qaratilgan bo’lib, darslikdan tashqari qo’shimcha axborotlarni o’zida mujassamlashtiradi. Axborot hajmi oshadi, bilimlar chuqurroq o’rganiladi va mavzu haqida tularoq tushuncha hosil qiladi. “A” dastur talabani anglangan holdagi ijodiy yondoshuv darajasiga ko’taradi. Bu dasturni o’rganish uchun talaba faktlar bilan erkin ishlay olishi, ma’lum malaka va ko’nikma hosil qilgan bo’lishi kerak. O’quvchi-talaba shu sohadagi mavjud muammolar bilan tanishtiriladi va ularni echimini topishga harakat qiladi. Bu dastur talabaning keyingi mustaqil ta’limini samarali bo’lishini ta’minlaydi. Nazorat ishi uchun ham uch variant ishlab chiqiladi. “S” dastur standart talabalar asosida tuziladi. “V” dastur qo’shimcha vazifalar va masalalarni ishlashni talab etadi. “A” dastur shu soha bo’yicha o’quv-metodik adabiyotlardan foydalangan holda nazorat olib borishni talab etadi. Dasturlarni tanlash talabaning xohishiga havola. Bunda hamma talabalar standart bilimlarni va xohlaganlar chuqurroq bilimlarni egallash imkoniga ega bo’ladi. Parallel guruhlar modeli - bunda uchta guruh tuziladi va ular uchun AVSga o’xshab turli murakkablikdagi dasturlar tuziladi. Parallel guruhlardagi talabalar qiziqishi va kelajakdagi kasbiga qarab xohlagan dasturni tanlab oladilar. Jadvaldagi to’rt-besh davr o’tib bo’lgandan so’ng guruhlardagi talabalar qayta guruhlanadilar va o’z dasturi bo’yicha va tanlangan fan bo’yicha darsga kiradi. Bu vaqtda parallel guruhlarning barchasida ana shu tanlangan fan o’qitiladi. Bir guruh “S” dastur bo’yicha dars o’tsa, ikkinchi guruh “V” dastur bo’yicha dars o’tadi va hokazo. Bunday yondashuv guruhlarni jamoasini saqlab qoladi va faqat differentsatsiya uchun tanlangan fandagina talabalar qiziqishlariga qarab guruhlanadi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling