Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


O’qitishni individuallashtirish texnologiyasi


Download 1.04 Mb.
bet30/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

5.4. O’qitishni individuallashtirish texnologiyasi.

Ta’limda individual xususiyatlarni hisobga olish printsip sifatida maydonga chiqadi, ammo uni o’quv jarayonida maqsad qilib olinishi va uning asosida o’quv jarayonini tashkil etilishi individual yondoshuv texnologiyasini vujudga keltiradi. Bunday yondoshuv metod sifatida 1919 yili AQShda Parkxarst tomonidan sinf-dars tizimi o’rnida qo’llanilgan. Bunda har bir talaba o’quv dasturlari bo’ylab o’z xohishlari va imkoniyatlari darajasida ma’lum tezlikda erkin siljish imkoniga ega bo’ldilar. Kunning birinchi yarmida talabalar mustaqil tayyorlanar edilar (O’qituvchidan maslahat olish, o’quv materiallari, darsliklar, plakatlar bilan ishlash). Kunning ikkinchi yarmida qiziqishlari bo’yicha guruhlarga yig’ilish va birgalikda biror mummoni hal etish mumkin edi. Bu tajriba “Dalton–plan” degan nom olgan.
(Dalton shahrining nomi). Rossiyada bu plan “metod-proektov” degan nom olgan va o’z vaqtida oliygohlarning o’quv jarayonida qo’llanilgan.
Individual texnologiyalar har bir talabaning qobiliyati va imkon darajasida o’quv jarayonini tashkil etishga qaratilgan. U differentsial texnologiyalardan yakka tartibda olib borilishi bilan farq qiladi.
V.D.Shadrikov o’quv rejasi, dastur, metodik qo’llanmalarning olti darajasini ishlab chiqqan va talabani imkoniga qarab darajalar tanlagan.
Xulosa


Diagnostika - talabalarning mavjud bilim darajasini aniqlash va ma’naviy–psixologik fazilatlarini aniqlashga qaratilgan pedagogik harakat. Diagnostika natijalari differentsatsiyalash vazifasini bajarishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Differentsatsiya lotin so’zidan olingan bo’lib, qismlarga ajratish, tabaqalash degan ma’noni bildiradi. Differentsatsiyaning asosiy maqsadi - o’quv jarayonini talabalarning imkoniyatlari va qobiliyatlariga moslashtirishdir.
Differentsatsiya besh yo’nalishda olib borilishi mumkin;
1. Yosh xususiyatlardan kelib chiqqan holda tabaqalash (sinflar, turli xil yoshdagi guruhlar, aralash).

  1. Turli sohalarga bo’lgan qiziqishlariga qarab (gumanitar, fiziko-matematik, biologik-ximik).

  2. Aqliy rivojlanish bo’yicha (bilim darajasi).

  3. Shaxsiy-psixologik xususiyatlar bo’yicha (fikrlash tipi, xarakter, temperament).

  4. Jismoniy sifatlari (fizkultura guruhlari, ko’zi ojiz bolalar, kasal bolalar).

Tashkil etilishi bo’yicha differentsatsiya bir necha xil bo’lishi mumkin:



  1. Regional – maktab shakllari bo’yicha (maxsus maktablar, gimnaziya, litsey).

  2. Maktablararo (kasbiy yo’nalish, chuqurlashtirilgan sinflar, potoklar).

  3. Sinflararo (fakultativlvr, bir necha sinflarning yig’indisi, turli yoshdagilardan tashkil topgan guruhlar.

Guruh ichidagi diferentsatsiya (uni ba’zan ichki diferentsatsiya ham deb ataladi, bir sinfni guruhlash).



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling