Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017
Download 1.04 Mb.
|
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.3. O’quv jarayonining qismlari va ularni boshqarish
Masalan:
Aniqlashtirilgan maqsadli texnologiyalar haqida talabalarga ma’lumot berildi va ularning o’zlashtirish darajasi tekshirildi. Bu jarayon reproduktiv o’zlashtirish tipini o’z ichiga oladi. Keyingi bosqichda biz talabalardan an’anaviy ta’lim bilan aniqlashtirilgan maqsadli ta’limni taqqoslashni va ularning farqli xususiyatlarini topib berishni talab qilamiz. Talabalar an’anaviy ta’limni va o’zlashtirilgan yangi texnologiyani solishtirib, farqlarni sanab, o’z xulosalarini aytadilar. Bu ikkinchi darajali reproduktiv o’zlashtirishga misol bo’la oladi. Sungra biz talabalarga biror iqtisodiy mavzuga aniqlashtirilgan maqsadli dastur tuzishni tavsiya etamiz. Bu uchinchi darajali mahsuldor o’zlashtirish darajasidagi vazifa bo’lib hisoblanadi. To’rtinchi darajali mahsuldor o’zlashtirish darajasida biz talabalarga quyidagi vazifani topshirishimiz mumkin. Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida aniqlashtirilgan maqsadli texnologiyalarni joriy qilish uchun qanday chora-tadbirlarni qo’llash lozim? Talabalardan bu masalaga ijodiy yondoshuv va masalani echimini topish talab qilinadi. 6.3. O’quv jarayonining qismlari va ularni boshqarish O’quv jarayoni uchta bir-biri bilan bog’liq qismlardan iborat: motivlar (M); o’quv faoliyati (O’F); o’zlashtirish faoliyati boshqarish (B); 1. O’quv motivlari kishida qiziqish, ehtiyoj, intilish, mayl, uyg’otishni o’z ichiga oladi. Talabada motivlarni shakllantirish indiviudal xususiyatlariga, tashkiliy shakllarga, o’qituvchining mahoratiga bog’liq. Motivlar kuchli yoki kuchsiz bulishi mumkin. O’qish motivatsiyasini paydo bo’lishiga ko’pgina omillar ta’sir ko’rsatadi. Bulardan biri tashqi omil. Ish o’rinlariga haqiqiy raqobatda g’olib bo’lgan kadrlarni tanlov orqali qabul qilishi eng katta omillardan biridir. Chunki bu holda talabalar o’zlari xohlagan mehnat bilan band bo’lish va shu urin uchun raqobatda engib chiqish maqsadida bilimlarni puxta egallashga harakat qiladilar. Bundan tashqari jamiyatda yaxshi kadrlarga talabning yuqori bo’lishi, ularni rag’batlantirishning samarali tizimlarini ishlab chiqish ham motivatsiyani kuchayishiga yordam beradi. Ichki omillar ham albatta talabalarda motivlarni vujudga kelishida va shakllanishida o’z o’rniga ega. Bularga misol qilib talablarning o’qishiga qarab stependiyalarning belgilanishi, o’quv dasturlarining va amaliy ahamiyatini oshirilishi, o’quv jarayonini talabalarning extiyojlariga moslashtirilishi kabi omillarni belgilash mumkin. 1. O’zlashtirish faoliyatini tashkil etish ta’lim maqsadlaridan kelib chiqadi. Agar o’zlashtirishni birinchi darajasi maqsad qilib qo’yilgan bo’lsa, reproduktiv o’zlashtirish darajasi bilan kifoyalanib qolinadi. Agar maqsad sifatida 3-4 daraja olingan bo’lsa, unda o’zlashtirishning mahsuldor shakliga o’tishi talab etiladi. O’zlashtirish natijalari maqsaddan kelib chiqqan holda tekshiriladi. Agar o’zlashtirish koeffitsenti (KqI) ga etkazilsa (bu 0,7-0,8) ya’ni 75-85 % o’zlashtirishni anglatadi. O’zlashtirish faoliyati har bir darajada tekshirilib o’zlashtirish koeffitsenti aniqlangach, keyingi o’zlashtirish darajasiga o’tish mumkin. O’zlashtirish faoliyatini tashkil etishda mavzuning xarakterli xususiyatlarini hisobga olgan holda ma’lum texnologiyalar tanlanadi, ushbu texnologiyalar belgilangan o’quv maqsadlariga mos tushishi lozim. 1. Bilish faoliyatini boshqarish. Motivlarni mavjudligi va o’quv faoliyatini to’g’ri tanlaganligi hali o’quv jarayonini muvaffaqiyatini ta’minlay olmaydi. Bunday natijaga erishish uchun jarayonini to’g’ri tashkil etish va boshqarish talab etiladi. O’quv jarayonini to’g’ri tashkil etish deganda algoritmik ketma-ketlik asosida quyidan yuqoriga qarab harakatlanish tushuniladi. Ya’ni o’zlashtirishning birinchi darajasidan izchil ravishda ikkinchi va uchinchi darajalariga o’tishni ta’minlash lozim. O’zlashtirish darajasi koeffitsent bilan o’lchanadi. Har bir o’zlashtirish darajasi 0,5 dan 1 ga etganda keyingi yukoriroq darajaga o’tishga imkon yaratiladi. O’quv jarayonini to’g’ri boshqarish deganda o’zlashtirish ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda birinchi darajadan ikkinchi darajaga va ikkinchi darajadan uchinchi darajaga uzluksiz o’tib borish tushuniladi. Agar bugungi kunda o’quv jarayonini har bir qismini qay darajada ekanligini tahlil qilsak o’quv jarayoniga haqqoniy baho bera olamiz. 1. Bugungi kunda talabalarda etarli darajada motivatsiya uyg’otilmaydi. Bunga ham tashqi, ham ichki sabablar ta’sir ko’rsatadi. 2. O’zlashtirish jarayoni 1 va 2 darajadagi reproduktiv tipda qolib ketadi. Oliy ta’lim tizimida esa yuqori malakali kadrlarni tayyorlash uchun 3-4 darajadagi mahsuldor texnologiyalarga etib borish talab etiladi. Demak o’zlashtirish jarayonini ham etarli darajada deb ayta olmaymiz. Ilg’or pedagogik texnologiyalar kam qo’llaniladi. 3. O’quv jarayonini boshqarish masalasi ham qoniqarli emas. O’quv jarayonida psixogen yondoshuv rivojlanmagan, o’quv jarayoni talabalarga moslashtirilmagan va natijada o’quv jarayonini boshqarish sust. Ushbu fikrlardan kelib chiqqan holda hozircha oliy ta’lim tizimida anchagina kamchiliklar mavjud degan xulosa qilish mumkin. Xulosa Ta’lim tizimi quyidagi tuzilishga ega: didaktik vazifa, didaktik jarayon, bajaruvchilar. Bilim o’zlashtirish darajalari to’rt xil: Birinchi va ikkinchi reproduktiv o’zlashtirish darajalari. Ikkinchi va uchinchi mahsuldor o’zlashtirish darajalari. O’zlashtirish koeffitsenti 0,5 dan 1 gacha. O’zlashtirish ko’rsatkichi o’rta arifmetik miqdorni topish yo’li bilan aniqlanadi. Har bir o’zlashtirish darajasiga o’tish jarayonida o’zlashtirish koeffitsenti tekshiriladi va o’zlashtirish koeffitsenti 1 ga yaqin kelgandagina keyingi o’zlashtirish darajalariga o’tish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling