Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017
Download 1.04 Mb.
|
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-Mavzu: O’qitishning modul tizimi, mohiyati va tamoyillari
- 8.1.O’qitishning modul tizimi haqida tushuncha Modellashtirish degan tushunchani biz ko’p eshitganmiz. Modellashtirish
Tayanch tushunchalar: Klaster, kichik guruhlar, psixotexnik o’yinlar, ishbilarmon o’yinlar, musobaqa.
Nazorat savollari: Seminar darslarini tashkil etishda qanday aktiv texnologiyalarni bilasiz? Didaktik o’yinlarni ishlab chiqish jarayonida qanday tamoyillarga tayanish lozim. Didaktik o’yinlarni qanday turlarini bilasiz? Hamkorlikda o’zlashtirish texnologiyalariga izoh bering. Aqliy hujum texnologiyasini o’tkazish qoidalarini sanab bering. Klaster usuliga izoh bering Rolli o’yinlar va ishbilarmon o’yinlarni solishtiring va farqini aniqlang. Psixotexnik o’yinlarga xarakteristika bering. Adabiyotlar: Gidrovich S. R., So’rojin I. M. Igrovoe imitatsionnoe modelirovanie ekonomicheskix protsessov. M. 1996 Bazilevich L. A., Lebedev V. O. Delovaya igra: Opo’t primeneniya aktivno’x metodov obucheniya. L. 1998 Farberman B.L, Musina R.G, Jumabaeva F.A. Oliy o’quv yurtlarida o’qitishning zamonaviy usullari. T. 2002. O’.Tolipov, M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiyalar: nazariya va amaliyot. T.: Fan, 2005. www.edu.ru. www.int-edu.ru www.aledu.ru 8-Mavzu: O’qitishning modul tizimi, mohiyati va tamoyillari. Reja: 8.I . O’qitishning modul tizimi haqida tushuncha. 8.2. Fan bo’yicha faoliyat yondoshuvi asosidagi modul. 8.3. Tizimli faoliyat yondoshuvi asosidagi modul. 8.1.O’qitishning modul tizimi haqida tushuncha Modellashtirish degan tushunchani biz ko’p eshitganmiz. Modellashtirish - bu tanlab olingan ob’ektni xususiyatlarini iloji boricha to’liq boshqa sathga ko’chirishga aytiladi. Obektni tuzilishini, xususiyatlarini, o’zaro bog’liqliklarini hamda vazifalarini ko’rsatuvchi elementlar sistemasiga model deb aytiladi. Modellashtirish ikki xil bo’lishi mumkin: material, ya’ni moddiy (predmetli) va ideal (abstrakt) model. Agar samolyotning kichraytirilgan modelini predmetli model desak, nazariy tasvir etish, biror hodisani yoki jarayonni abstrakt holda barcha xususiyatlarini, o’zaro bog’liqliklarini va vazifalarini ifodalash - ideallashtirilgan model hisoblanadi. Buni hozirda modul degan termin bilan atashmoqda. "Modulli o’qitish" termini xalqaro tushuncha bo’lib, uning bitta ma’nosi - faoliyat ko’rsata oladigan o’zaro chambarchas bog’liq elementlardan iborat bo’lgan tugunni bildiradi. Bu ma’noda u modulli o’qitishning asosiy vositasi sifatida, tugallangan informatsiyani bloki sifatida tushu niladi. Modulli o’qitish asosan inson bosh miyasi to’qimalarining modulli tashkil etilganligiga tayanadi. Inson miyasi ham modulli tugunlardan tashkil topgan bo’lib axborotlar ana shu modullarda asotsiatsiyalashadi. O’qitishning modul tizimi haqida rasmiy ravishda birinchi marta, 1972 yil YuNESKOning Tokiodagi Butunjahon Konferentsiyasida so’z yuritilgan edi. Modulli o’qitish texnologiyasi-funktsional tizimlar, fikrlashning neyrofiziologiyasi, pedagogika va psixologiyalarning umumiy nazariyasidan kelib chiqadi. Bu sohadagi izlanishlarga ko’ra, modulli tizim asosida tuzilgan inson miyasi axborotni kvant ko’rinishida (ya’ni kichik portsiyalar ko’rinishida ) yaxshiroq qabul qiladi. Modul asosida mutaxassislar tayyorlashning bir qator kontseptsiyalari ishlab chiqilgan. Barcha kontseptsiyalar zamirida faoliyat yondoshuvi yotadi va bu nuqtai nazardan, o’qitish jarayoni to’laligicha yoki muayyan fan doirasida, modulli ta’lim dasturi mazmuniga muvofiq kasbiy faoliyat elementlarini talaba tomonidan ketma-ket o’zlashtirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Turli kontseptsiyalar doirasida, modulli ta’lim dasturlari turli xil tarkibiy tuzilmalardan iborat bo’ladi, ammo ularning barchasi quyidagi uchta asosiy tarkibiy qismni majburiy ravishda o’z ichiga oladi: 1–maqsadli mazmuniy dastur; 2-turli ko’rinishlarda taqdim etilgan axborotlar banki, 3- talabalar uchun uslubiy ko’rsatmalar. Shunday qilib, modulli o’qitish-o’quv jarayonini tashkil etishning bir shakli bo’lib, unda o’qitish o’quv materiallarining mantiqan tugallangan birliklari, ya’ni modullarni bosqichlari va qadamlari bo’yicha o’zlashtirishni anglatadi. Quyidagi tamoyillar modulli o’qitish texnologiyasining asosini tashkil kiladi: I. Faoliyatlilik tamoyili: Bu tamoyil, modullar mutaxassisning faoliyat mazmuniga muvofiq shakllanishini anglatadi. Bu tamoyilga ko’ra modullar fan bo’yicha faoliyat yondoshuv yoki tizimli faoliyat yondoshuvi asosida tuzilishi mumkin. Modulli o’qitish texnologiyasiga fan bo’yicha yondoshuvida - modullarni o’quv rejasi va dasturlar tahlili natijasida, tuzishni taqoza etadi. Tizimli faoliyat yondoshuvida, modullar bloki, mutaxassisning kasbiy faoliyati tahlili asosida shakllantiriladi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling