Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


Mavzu: Pedagogik texnika pedagogik mahoratning tarkibiy kismi sifatida


Download 1.04 Mb.
bet49/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

Mavzu: Pedagogik texnika pedagogik mahoratning tarkibiy kismi sifatida.
Asosiy savollar (masalalar).

  1. Pedagogik texnika xakida tushuncha.

  2. O’qituvchining tashki kiyofasi va xissiyotini boshkarish.

  3. Gapirish texnikasi.

  4. Pedagogik texnikani egallash yullari.



Tayanch iboralar va tushunchalar.
Pedagogik texnika, tashki kiyofa, xissiyot, mimika, pantomimika, texnologiya, asab tizimi, gapirish texnikasi, talaffuz, nafas olish, tovush maromi.

  1. Pedagogik texnika xakida tushuncha.



O’qituvchining maqsadi:
Talabalarga pedagogik texnika xakida umumiy tushunchalarni va koidalarni bayon etish.
Pedagogik texnikaning o’qituvchilik faoliyatidagi urnini kursatib berish.
Pedagogik texnikani egallashga kizikish uygotish.
Pedagogik texnika elementlarini muntazam mashk kilib borishga odatlantirish.
Identiv ukuv maqsadlari:

  1. Pedagogik texnikaning moxiyati va o’qituvchi faoliyatidagi axamiyatini suzlab beradi.

  2. Pedagogik texnikaning tarkibiy kismlarini guruxlashtiradi.

  3. Pedagogik texnika tarkib toptirishda malakalar xosil kilishni dalillaydi.

Pedagogik texnika o’qituvchi faoliyatining ichki moxiyati bilan tashkikurinishini birlashtiruvchi vositadir.
Boshkacha kilib aytganda, o’quvchi bilan muloqotda bulishning usullari va vositalarining yigindisidir. Bular o’qituvchiga murakkab va nozik pedagogik vazifalarni xal kilish imkonini beradi.
Pedagogik texnikaning tarkibiy kismlarini 2 guruxga bulish mumkin:
1-guruxga pedagogning uz xulkini boshkarishi kiradi. Unga tanani boshkarish (mimikava pantomimika), xissiyot va kayfiyatni boshkarish (asabiylashmasliq yaxshi kayfiyat xosil kilish), ijtimoiy-ruxiy kobiliyatlar (dikkat, kuzatuvchanliq xayol), gapirish texnikasi (nafas olish, ovozni yokimli kilish, talaffuz, tovush (tempi) tezligi) misol buladi.
2-guruxga ayrim shaxs va jamoaga ta’sir etish ukuvi kiradi. Ta’lim-tarbiya jarayonining texnologiyasi vazifasini bajaradi. Bunda didaktik va tarbiyaviy, tashkiliy va kostruktiv, talabchanlik va muloqotga kirishish madaniyati, jamoa ijodiy ishlarini tashkil kilish va boshkalarga e’tibor karatiladi.
Bu mahorat pedagogning kasbiy jixatdan o’z-o’zini nazorat kilishini ta’minlaydi, kup yillar davomida soglom asab tizimini saklab kolish, asabiy buzilishlardan, xissiy va akliy zurikishlardan uzini tiyishda yordam beradi.samarali pedagogik uzaro ta’sir kursatishni tashkil etish uchun o’qituvchi aktyorlik va rejissyorlik mahorati tarkibiy kismlarini egallashi zarur. Ular o’qituvchiga bolalar bilan muomala kilishda tarbiya-lanuvchilarning akl-idrokigagina emas, balki ularning xissiy tuygulariga xam ta’sir kursatish, ularga olamga xissiy munosabatda bulish tajribasini ancha tulik bera bilishga yordamlashadi. Shunday kilib, o’qituvchining pedagogik texnikasi – bu shunday malakalar yigindisidurki, u pedagogga tarbiyalanuvchilar kurib va eshitib turgan narsalar orkali ularga uz fikrlarini va kalbini etkazish imkonini beradi.
Bolalar bilan bevosita muloqot kilishda pedagogning xuddi mana shu malakalari uning xulk-atvorida namoyon buladi.
A.S. Makarenko ularni nazarda tutib, - «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, xazillashishni, kuvnoq jaxldor bulishni bilishi lozim, u uzini shunday tutishi kerakki uning har bir harakati tarbiyalasin»- deb yozgan edi.
Pedagogik vaziyatlarning xaddan tashkari xilma-xilligi pedagogdan ijodiy xulk atvorni talab kiladi. Pedagogik texnika o’qituvchi malakalarining xuddi shunday yigindisidirki, u o’qituvchining eng yaxshi xulk atvoriga, boshkacha kilib aytganda, har kanday pedagogik vaziyatda tarbiyalanuvchilarga samarali ta’sir kursatishiga yordam beradi.
Rivojlangan pedagogik texnika o’qituvchiga uzini pedagogik faoliyatda chukurrok va yakkolrok kursatish, bolalar bilan muomala kilganda uz shaxsiyatidagi kasbiy jixatdan barcha yaxshi, axamiyatli narsalarni ochib berishga yordamlashadi. Mukammal pedagogik texnika pedagogning vakti va kuchlarini ijodiy ishi uchun bushatib beradi, uzaro pedagogik ta’sir kursatish jarayonida bolalar bilan muomala kilishda zarur suzni topish yoki muvaffakiyatli chikmagan gap oxangini tushuntirishga uz fikrini chalgitmaslik imkonini beradi. Pedagogik texnikani egallab olgan o’qituvchi ovozi bugilganidan yoki uzining ishi bilan boglik bulmagan kandaydir kechinmalarni unitishni bilmasligidan azoblanib yurmaydi. Demaq pedagogik texnikani egallash o’qituvchining uz kasb faoliyatidan kanoatlanish darajasining usishiga olib keladi.
Pedagogik texnika malakalarini bir butun tarzda karab chikish zarur. Avvalo pedagogik texnikaning xamma uchun umumiy bulgan malakalarni tadbik etish sohasini, pedagogning bolalar bilan bevosita muomalasini kayd kilish zarur.
Rivojlangan pedagogik texnika o’qituvchiga o’quvchilar bilan muomala kilganda zarur suz, gap oxangi, karash, imo-ishorani tez va anik topish, eng utkir va kutilmagan pedagogik vaziyatlarda osoyishtalikni va anik fikr yuritish, taxlil kilish kobiliyatini saklab kolish imkonini beradi. Bundan tashkari, xakikiy pedagogik ta’sir kursatishda o’qituvchining pedagogik texnika sohasidagi barcha malakalari bir vaktda namoyon buladi. Nutq imo-ishora, mimika harakat bilan birga sodir buladi. uzluksiz uzini tuta bilish ta’sirchan vositalarni tanlashga, muvaffakiyatli ravishda tuzatish kiritib borish imkonini beradi.
Pedagogik texnika malakalarining boshka muxim xususiyati shundan iboratki, ularning xammasi anik ifodalangan, aynan uziga xos tarzda buladi. Ya’ni pedagogning ruxiy fiziologik xususiyatlari asosida tarkib topadi. Har bir o’qituvchiga xos bulgan pedagogik texnika pedagogning yoshi, jinsi, mijozi, fe’l-atvori, sixat-salomatligi, anatomik fiziologik xususiyatlariga boglik buladi. Pedagogik texnika malakalari o’qituvchining uziga xos shaxsiy xususiyatlari bilan chambarchas boglikligi, faqat bu malakalarning individual tusda bulishligi emas, balki ularning shakllanishi va rivojlanishi, pedagog shaxsiga ta’sir kursatishda namoyon buladi. Yukorida aytib utilganideq pedagogik texnika malakalari vaziyatga boglik ravishda, pedagogning xulk atvorida ayni bir vaktda namoyon buladi. Shu ma’noda gapirganda, bu malakalarni egallasho’qituvchining pedagogik jixatdan maqsadga muvofik xulk-atvorini tashkil etish vositalaridan biri sifatida karalishi mumkin.
Pedagogik texnika shakllanishi shaxsning unchalik paykab bulmas sifatlariga xam rivojlantiruvchi ta’sir kursatadi. Chunonchi, nutkning ifodali, savodli, sof bulishi ustida ishlash fikrlashning ravon bulishiga ta’sir kiladi.psixik faoliyatni mustakil tartibga solish usullarini egallash fe’l-atvorda bulgan xissiy vazminlikning rivojlanishiga olib keladi.
Pedagogik texnikaning xususiyatlaridan yana biri shuki, pedagogik ta’sir kursatishdagi malakalar orkali pedagogning ma’naviy va estetik nuktai nazarlari tarbiyalanuvchilarga etib boradi.pedagogik texnika malakalarining shakllanishi ma’lum darajada pedagogning umumiy madaniyat kursatgichini, ya’ni shaxsning pedagogik imkoniyatlarini aks ettiradi deyilsa tugri buladi. agar pedagogning nutki kashshok va tartibstz bulsa, agar u bular-bulmas sabablar bilan uz xissiyotlariga erk bersa, didi past, estetik jixatdan kashshok bulsa, u xolda eng tugri suzlar xam, eng «kerakli» tadbirlar xam tarbiyalanuvchilarning akl-idrokiga, ma’naviy dunyosiga, xissiyotiga foydali ta’sir kilmaydi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling