Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


Download 1.04 Mb.
bet47/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

2. Kasbiy bilimdonlik.
Moxir o’qituvchi yo’nalishi asosida ikki narsa - o’zi o’qitadigan predmet bilan qiziqish va bolalar bilan muloqot qilishga ehtiyoj his etishi zarur bo’ladi. Pedagogik mahoratning asosiy poydevori - kasbiy bilimlardir. O’qituvchining bilimlari, bir tomondan, o’zi o’qitadigan predmetlarga qaratilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, ularni o’zlashtiradigan o’quvchilarga qaratilgan. Kasbiy bilimlarning mazmunini o’zi ukitadigan predmetni, uning metodikasini, pedagogika va psixologiyani bilishni tashkil etadi.
Kasbiy pedagogik bilimlarning o’ziga xoe xususiyati uning xlit bir . butunligidadir, bu o’qituvchidan urgangan fanlarini sintez kdyaa olish qobiliyatini talab)etadi.
Moxir ukdguvchining kasbiy bilimlari yaxlit bir butun, umumlashgan bo’lishi bilan bir katorda shaxsiy tue, rang olgan bo’lishi lozim. Bu esa o’qituvchining uquv materialini bilimlarga san’at asarlariga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi. Masalan: u dars davomida: "Menimcha, men shunday tushunaman " degan so’zlar bilan o’z munosabatini bildiradi. Shundagina dars, bilimlar jonli tus oladi.
Pedagogik mahorati - bilimlarni "insoniylashtirish" dadir, ularni auditoriyaga oddiy kitobdangina emas, balki o’zining dunyokarashi sifatida bayon etadi.
Pedagogning kasbiy bilimlari asosida pedagogik ong shakllanadi, uning harakatlari asosida yotuvchi printsiplar va qoidalar. Bu printsiplar, qoidalarni har bir pedagog o’z tajribasida ko’radi, ammo uni anglab etish, uning qonuniyatlarini ko’rish uchun doimo o’sib boruvchi kasbiy bilimlari zarur. Shuni qayd etish lozimki, o’qitishning murakkabligi kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishning murakkabligi shundaki, kasbiy bilimlar bir paytning o’zida barcha boskichlarda shakllanishi lozim: metodologik (umumiy- falsafiy rivojlanish qonuniyatlarini bilish). Nazariy - (pedagogika va psixologiya qonunlari, printsiplari va qoidalari, faoliyatining asosiy shakllari va boshqalar), metodik (uslubiyat. o’quv-tarbiya jarayonini loyihalash va tashkil etish), texnologik (aniq sharoitlarda ta’lim va tarbiyaning amaliy vazifalarini xal etish darajasi). Bu etarlicha rivojlangan kasbiy tafakkurni talab etadi, ya’ni o’qituvchi pedagogik maqsadga erishish- uchun o’zlashtirilgan bilimlarni ajrata olishi, taxlil va sintez qilishi, ularni texnologik shaklda tasavvur eta olishi zarur. Ammo pedagogik mahoratni kulga kiritishni kasbiy bilimlarning o’zi kat’iy belgilamaydi. Haqiqatda ham «a’lo» ga uqigan talaba maktabdagi pedagogik amaliyotda har doim ham yaxshi natijalarga erishavermaydi. Muvaffaqiyatli faoliyatning individual imkoniyatlari, kasbiy usishini harakatga keltiruvchi kobiliyati ham bor.
Pedagogik qobiliyatldar.
Bu psixologik jaraenda kechadigan xususiyat bo’lib, pedagogik faoliyat samarasiga ta’sir etadi. Pedagogik qobiliyatlarni bir qancha yirik olimlar (Gonobolin F.N.,Kuzmina N.V., Krutetsskiy V.N.kabi) taxlil etganlar.
Biz ulardan mohir o’qituvchn faoliyati uchun eng zarurlarini ajratib olamiz. Uning asosiylaridan biri «ob’ekt» ni his etish qobiliyatidir, ya’ni usib kelayotgan insonni, shakllanayotgan shaxsni. Qayd etilgan mualifflarga suyangan holda shaxsning pedagogik faoliyatiga tegishli asosiy oltita qobiliyatini ajratib olishimiz mumkin:
1) muloqot qila olish, bu o’z ishiga, kishilarga bo’lgan munosabat, xayrixoxliq yaxshilikni ravo ko’rish.
2) idrok eta olish qobiliyati - kasbiy xushyorlik, sezgirlik, pedagogik zexn.
3) Shaxs jushqinligi - irodaviy ta’sir ko’rsata olish va mantiqan ishontira olish qobiliyati:
4) Hissiy turg’unlik - o’zini qo’lga olish qobiliyati:
5) Optimistik faraz, baholash qobiliyati:
6) Ijodiy qobiliyat:
Pedagog bu qobiliyatlarni qay darajada o’zlashtirishiga, kasbiy tayergarligiga borliq. Bularni har birini o’quvchi o’zida sinab ko’rishi mumkin va rivojlantirish imkoniyatiga ega.
Masalan: muloqotga bo’lgan qiziqish va ehtiyoj kamlik qiladi, bundan tashqari undan qoniqish hosil qila olish ham zarur.
Idrok eta olish qobiliyati ham murakkab sifat. Buning uchun o’qituvchi o’ta hushyor, sezgir bo’lishi zarur va o’quvchilarning ozgina bo’lsada harakatidan uni tushunishi zarur. U kuzatuvchan va xushyor bo’lishi kerak. Masalan: Makarenko bolani birinchi ko’rganidayoq, tashqi belgilardan, kiyofasidan, tovushidan, yurishidan, xattoki kuzatuvchanlikni, aniq fikrga kelgan. Bu esa kuzatuvchanlikni, uni idrok etishni, taxlil etishni, utkir zexnni talab etadi.
Mahorat egasi bo’lish - bu pedagogik jarayonni oldindan ko’ra bilish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklarni seza bilish demakdir. Bunday qobiliyatning rivojlanishi mumkin. Buning uchun o’qituvchida taxlil eta olish, oldinni ko’ra bilish kifoya qilmaydi, balki o’quvchining urniga o’zini kuya bilishi zarur.
Dinamizm - bu ishontira olish, bu ichki kuch, turli ta’sir etishlaridagi ustakorlik va tashabuskorlikniq, masalan: novator-pedagoglarning darslari jushqin, tashabbuskorona, ularning so’zlari kishi ruxiga chukur ta’sir etadi.
Hissiy turg’unltk - pedagogning o’ziga qaratilgan bo’ladi. O’zini tuta bilish, o’zini boshqarish shaxsning hissiy turg’unligiga xizmat qiladi, muhitni va muhitda o’zini boshqara oladi, qo’lga oladi.
Optimistik faraz - etakchi kasbiy pedagogik qobiliyatlardandir. O’qituvchi har doim o’quvchi shaxsining ijobiy kamolga etishiga ishonishi va ishontira olishi zarur.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling