Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017
Download 1.04 Mb.
|
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»
Identiv ukuv maqsadlari:
Gapirish texnikasining xususiyatlarini kayd kiladi. Odamning gapirish a’zolari joylashishi va bajaradigan vazifalarini farklaydi. Gapirish texnikasining xususiyatlarini urganib chikib, kamchiliklarini yukotadi va takomillashtiradi. Gapirish texnikasi insonga xos xususiyat bulib, bir nache omillarning ta’siri ostida shakllanadi.irsiyat omilining ta’sirida gapirish a’zolari rivojlanib, tovush chikarish, uni turlicha ifodalash imkoni paydo buladi.Ijtimoiy muxit ma’lum bir tilda suzlashishni urgatadi. Ta’lim va tarbiya orkali mazmunli, ta’sirchan, ifodali, maqsadli gapirish tarkib topadi. Gapirish inson dunyoga kelganidan keyin, ma’lum muddat davomida xosil buladi va shakllanib boradi. Mashk kilish va uz ustida ishlash orkali nutkni eng yukori darajaga kutarish mumkin.bunga misol sifatida kadimgi yunon olimi va davlat arbobi Demosfen va rus shoiri V. Mayakovskiylarning mashklarini keltirish mumkin. Demosfen bolaligida ayrim tovushlarni yaxshi talaffuz kila olmaydigan, kisman duduklanadigan bulgan. Asabiylashib, bir elkasidoim «uchib» turadigan odati bulgan. Utkir zexni va kobiliyati uni uz ustida ishlashga da’vat etgan. Ancha ulgaygandan keyin, usha davrda notiklik san’ati keng tarkalgan bulib, kuchli notiklar el orasida katta nufuzga ega bulgan. Notik bulishga axd kilgan Demosfen kup ilmlarni urgangan va ularni tovush chikarib, o’z-o’ziga suzlagan. Kaysi suz yoki iborani talaffuz kilishga kiynalsa, duduklansa shuni erkin ayta olguncha takrorlayvergan. Shunday kilib, xam bilim, xam nutk mahoratini egallagan. Shiftga tigli kurol osib kuyib, elkasi uchganda unga tekkan, jonini azoblab bulsa xam, bu odatini xam yukotgan. V. Mayakovskiy yigirma yoshlarida shovullagan daryo soxilida ogzini mayda toshga tuldirib, baland tovushda she’r ukigan. Bu mashklar to uz tovushida nuksonlar yukolguncha davom etgan. Xozirgi paytda yukoridagi mashklarni bajarish tavsiya etilmaydi. Ammo ularning nutkini uzgartirishga bulgan intilishi taxsinga loyikdir. Chiroyli va ta’sirchan gapirishni istaganlar uchun eng zamonaviy usullar va jixozlar mavjudki, uzini ortikcha kiynamasdan notiklik mahoratini egallab olishga imkon yaratadi. Gapirish texnikasining zarur xususiyatlaridan biri nafasni rostlashdir. Nafas inson uchun xayotiy extiyoj bulishi bilan birga, gapirishning energiya manbai vazifasini xam utaydi. Odamlar bilan kundalik munosabatga kirishganda, navbatma-navbat gapiriladi.bunda nafasga ortikcha yuk tushmaydi. Dars utishda, ma’ruza ukishda, tarbiyaviy mavzularda va’z kilinganda nafas me’yori buziladi, talaffuz uzgaradi. Shuning uchun nafas olish texnikasiga rioya kilish axamiyatlidar. Nafas olishning turt turi bulib: a) yukori nafas, b) kukrak nafasi, v) diafragmalar nafasi va g) kobirga-diafragmalar nafasiga bulinadi. Gapirishning nozik va murakkab tomonlari kobirga-diafragmalar nafasidan foydalanib amalga oshiriladi. Nafasning bu turini fonatsion (yunoncha phono-tovush) nafas olish xam deyiladi.buning oddiy nafaslardan farki, kup mikdorda xavoni kabul kilish va tejamlilik bilan chikarish, xamda uz vaktida yangilashdir. Oddiy nafas olish va chikarish kiska, xamda bir tekis bulib,burun orkali amalga oshiriladi. Gapirish uchun tez va chukur nafas olinib, sekinlik bilan tovushga kushib chikariladi. Aktyorlar, radio va televidenie diktorlar soatlab nafas olish, chikarishni mashk kiladilar. Ularning gapirayotganlarida nafas olish va chikarishlari sezilmaydi. Shu xolatni professor A.Kattabekov va dotsent qSamadovlarning (Allox joylarini jannatdan kilgan bulsin) nutklarida kurish mumkin edi. Gapirishda tovushning uziga xos urni bulib, uni kuchli, yokimli, ta’sirchan kilishi mumkin. Ayrim kishilarda tugma jozibador tovush buladi, lekin uni parvarish kilinmasa sekin-asta buziladi. Gapirish apparati: lab, til, ogiz bushligi, tishlar, tamoq burun teshiklari, kekirdaq tilcha va boshka a’zolarni uz ichiga oladi.ularning nafas jarayonidagi faoliyati bilan tovush xosil buladi. Tovushning kuchi, masofaga uzatilishi, harakatlanishi, moslanuvchanligi pedagoglik kasbi uchun axamiyatlidir. Tovushning balandligi, xajmi (diapazon baland va pastligi), uziga xosligi (tembri), tebranishi kishilar dikkatini uziga tortadi. Gapirish bilan boglik bulgan kasb egalari, ayniksa, o’qituvchilar uz tovushlarini extiyot kilishi, parvarishlashi talab kilinadi. Aks xolda tovush apparati tez shikastlanishi mumkin. O’qituvchi 2-3 soat dars utgandan keyin, 1-2 soat dam olsa maqsadga muvofik buladi. uta issik yoki sovuk taom, achchikliq chekish va alkagol iste’mol kilish xam tovushni buzadi. O’qituvchiningtovushi aniq toza, jarangdor bulishi, ma’lum tezlikka amal kilishi zarur. Juda tez yoki uta sekin gapirish tinglovchidagi kizikishni sungdirishi, toliktirishi, zeriktirib kuyishga olib keladi. O’qituvchi ixtisoslik fanining har bir mavzusini mukammal urgangani singari, tovushining xam barcha xususiyatlarini bilishi, ularga aloxida e’tibor berib, ta’sirchan, tushunarli va mazmunli kilib gapirishi kasbiy extiyoj xisoblanadi. Pedagog nutkining boshka xususiyatlari «Nutk mahorati» mavzusida tularok urganilishini xisobga olgan xolda ayrim tomnlariga tuxtalinmadi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling