Pedagogika va psixologiya yo`nalishi 109 guruh


Sababsiz kulguvchi, odobsiz yuruvchi bo‘lma!


Download 23.21 Kb.
bet3/6
Sana13.05.2023
Hajmi23.21 Kb.
#1456961
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
¬¬XALQ PEDAGOGIKASI Odob haqida

Sababsiz kulguvchi, odobsiz yuruvchi bo‘lma!
Bu yerda ham kishini odobsizlikdan qaytarib, yaxshi xulq bilan sifatlanishga chaqirilmoqda. O‘sha odobsizliklar ichida: sababsiz kulish va odobsiz yurish ta’kidlanmoqda. Bu degani, ko‘cha-ko‘yda, odamlar orasida o‘zingni tutib yur, besabab kulma, ko‘chada ketayotganingda har kimga ozor berib, yomon ishlarni qilmagin, deganidir. Bu ikkisi ko‘cha haqlaridan sanaladi.


Ulug‘ kishining va’dasi qarz kabidir.
O‘zbek tilidagi muqobil shakli:
Ulug‘ kishi va’dasida yolg‘on yo‘q
Ma’lumki, qarz vaqti-muddati yetganda uzilishi shart bo‘lgan omonatdir. Va’daning bajarilish majburiyati ham bundan kam emas. Va’daga har kim turlicha, e’tiqod darajasi, shaxsiyati va subutidan kelib chiqqan holda yondashadi. Ammo, chin inson, haqiqiy mo‘min odam birovga bergan va’dasini bajarishlikni o‘zi uchun lozimlik darajasida, hattoki qarz sifatida qabul qiladi. Bunday kishilar bergan va’dasini o‘z vaqtida bajarishga harakat qiladi. Agar biron sabab bo‘lib va’dasini ado etolmay qolsa, keyinroq bo‘lsa ham, o‘shani o‘z yelkasidan soqit qiladi. Albatta, bu xislat ham yuksak odob-axloq belgisidir.


Odamlar boylik va nasl-nasablari bilan faxrlanadilar,
aslida faxrimiz ilm va odob bilandir.
Biron narsa bilan maqtanish, faxr-iftixor inson tabiatiga xos narsa, lekin hamma narsa ham faxrlanishga loyiqmikan?
Ko‘pchilik insonlar mol-dunyolari, boyliklari ko‘pligi yoki nasablarining ulug‘ligi bilan faxrlanadilar. Bu narsalar aslida inson uchun faxr bo‘la olmaydi. Chunki bularning bari o‘tkinchi, bu narsa inson qadrini belgilab beradigan mezon bo‘la olmaydi. Inson, eng avvalo, ilm olib, odobli bo‘lib, odamlarga yaxshilik qilishga harakat qilishi kerak, shunda uni boshqalar xush ko‘radi va maqtaydi, garchi o‘zi faxrlanmasa-da. Kishi uchun eng katta faxr, bu – ilm va odobdir. Bu ikkisidan-da yuksak fazilat bo‘lishi mumkin emas.
Haqiqat tarafdori bo‘lish – sharaf, nohaqlik tarafdori

Download 23.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling