Pedagogika va psixologiya yo`nalishi 109 guruh


Download 43.84 Kb.
bet1/6
Sana08.11.2023
Hajmi43.84 Kb.
#1755267
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
¬¬XALQ PEDAGOGIKASI Odob haqida



Angren Universiteti
Pedagogika va psixologiya yo`nalishi
109 guruh
­­XALQ PEDAGOGIKASI FANIDAN
MUSTAQIL ISH



Bajardi: Abdimalikova Anora Botirali qizi

Tekshirdi: Irbutayev Nurali Hamrayevich

Kishi odobi – uning oltinidan yaxshiroqdir.
Odob – oltindan qimmat
Inson uchun chiroyli odob, xulq va yaxshi tarbiya oltindan, har qancha boylikdan ham qadrli, ustun va afzaldir. Chunki, boylik bilan ham topilmaydigan narsalar xushxulqlik, chiroyli muomala bilan topilishi mumkin. Boylik asosan insonning o‘ziga foyda bersa, chiroyli odob bilan kishi barchaga manfaat yetkazadi. Boylik bilan berkitib bo‘lmaydigan ba’zi ayb-kamchiliklar chiroyli odob, xulq-atvor bilan yopilishi mumkin. Shu jihatdan odob-axloq boylikdan bir necha marta ustun turadi. Bu haqda Alisher Navoiy “Nazmul Javohir”da shunday yozadi:
Oltin-kumush etma davlat kunidin,
Kim, tortar adab ulusni mehnat kunidin.
Gar yo‘qtur adab, ne sud oltun unidin,
Elning adabi xushroq erur oltunidin.


Odob – boylik , uni hayotda qo‘llashga – komillikdir.
Chiroyli odob, husni xulq insonga berilgan eng katta ne’matlardan biridir. Chiroyli odobga ega bo‘lgan odam o‘sha xulqidan ishlata bilishi, ya’ni odamlar bilan yaxshi muomala qilishi, ochiq ko‘ngil, mehribon, o‘z navbatida, aqlli, uddaburon bo‘lishi va boshqa sifatlarni ko‘rsata bilishi komillik, yetuklik belgisi hisoblanadi. “Sizlar odamlarni mol-dunyolaringiz bilan mamnun qila olmaysizlar, balki ochiq yuz va yaxshi xulqlaringiz bilan minnatdor qilishlaringiz mumkin”, - deyiladi hadisda ham.


Chiroyli odob nasabdagi kamchiliklarni berkitadi
Chiroyli odob kishining ko‘rki, jamolidir. Xulqi chiroyli inson odamlar orasida hurmat-e’tibor qozonadi, shuningdek, uning ba’zi bir kamchiliklari bo‘lishi tabiiy hol. Shunda uning chiroyli xulqi o‘sha ayb-nuqsonlarni yopib yuboradi. Masalan, bir odam qiyofa jihatidan xunukroq yoki biron yerida nuqsoni bo‘lib, ammo o‘zi ochiq ko‘ngil, xushmuomala, mehribon bo‘lsa, odamlar uning o‘sha kamchiliklariga e’tibor ham bermaydilar. Ular uchun o‘sha nuqson yo‘qdek bo‘lib ko‘rinadi.



Download 43.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling