Pedagogika va psixologiya”


-MAVZU:Akmeologiya va uning mohiyati


Download 292.81 Kb.
bet13/46
Sana02.08.2023
Hajmi292.81 Kb.
#1664556
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya”

4-MAVZU:Akmeologiya va uning mohiyati

Akmeologiyaning asosiy mazmun-mohiyati — insonning har bir kasb-hunarni ilm-bilim orqali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji, millat ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta’sirini kuchayti- rishga xizmat qilishini chuqur anglashi, ijodiy faoliyatini, kasb-hunar sohasidagi burch va mas’uliyatini ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga erishish jihat- larini fanlar hilan uyg‘unlikda o‘rganishdan iborat bo‘lib, u insonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy dunyosida yuksakroq cho‘qilarga, kasbiy kamolotda mukammallik bosqichiga erishish muammolarini o’rganadi, deya olamiz. Akmeolog mutaxassislar shaxsning yuksak professionalizmi va ijodiy mahorati muammolarining oqilona yechimini muhim inson resurslaridan foydalanishda deb bilmoqdalar. Bu degani, ular integrativ-kompleks o ‘rganish muhimlik g ‘oyasini ilgari suradilar. Bizniing fikrimizcha, faqatgina kasbiy yuksaklikka erishish g ‘oyasi bilan chegaralanish muammoning yechimiga olib kelishi mushkul.
Akademik B.G.Ananyevning ilmiy maktabida inson ontogene- zida uning taraqqiyotini belgilovchi vositalami yoritishda kompleks yondashuv qo ‘llaniladi. Shunga ko ‘ra bir yosh darajasidan ikkin- chisiga o‘tishda inson mhiyati va ichki dunyosida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlami kuzatganda ushbu o ‘zgarishlaming sabab- larini chuqurroq tushuntirish uchun nafaqat psixologiya, balki ma 'naviyat, axloq, falsafa, pedagogika, fiziologiya, anatomiya kabi fanlar bilan bir qatorda, iqtisod, siyosat, huquq, sotsiologiya kabi fanlami kompleks qo’lash maqsadga muvofiq bo ‘ladi. Ruchkangizni qo‘ying! Biz yuqorida inson ruhiyatini kom- pleks o‘rganish dasturi haqida gapirdik. Endi uning tasnifini slayd ko‘rinishida tahlil etamiz. Pedagog inson ruhiyatini kompleks o‘rganish dasturini PowerPoint slaydi ko‘rinishida namoyish etadi.
Hozirda umumiy akmeologiya bilan bir qatorda insonning aniq sohalardagi faoliyatini professional shakllantirish va rivoj- lantirish xarakteriga ega boshqa tarmoqlar shakUanmoqda. Biz yuqorida akmeologiyaning tarkibiybolinmalari haqida gapirdik. Endi uning tasnifini slayd ko‘rinishida tahlil etamiz. Kmeshaxs-akmeologiyaning asosiy predmeti bo‘lib, uning mazmun-mohiyati - insonning har bir kasb-hunami ilm-bilim or-j t/ali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji, millat ravnaqi, turmush jarovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy, ma ’naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta 'sirini kuchaytirishga xizmat qilishini chuqur anglashi, o ‘z ijodiy faoliyatini, kasb-hunar sohasi- dagi burch va mas'uliyatini ado etishga sarflash maqsadida mu- kammallik va kamolotga erishishi jihatlarini fanlar bilan uyg‘un- likda o ‘rganishdan iborat bo‘lib, u insonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy dunyosida yuksakroq cho‘qqilarga, kasbiy kamolotda mukammallik bosqichiga erishish muammolarini o ‘rganadi1. Rivojlangan mamlakatlaming asosiy takomillashuv mexanizmi raqobat bo ‘lib, u insonni doimo yuksaklik, komillikka, barkamol- likka undaydi. Bu jihat akmeologiyada milliylik va umuminso- niylikning o‘zaro dialektik munosabatlarinimn shakllanishiga olib keladi. Akmeologiya inson kasbiy faoliyati doirasidagi profes- sionallik va ijodiylikning akme shaklining rivojlanishi uchun zarur qonuniyatlami o ‘rganuvchi fan bo ‘Igani uchun «akmeologiya» atamasining mazmuni, mohiyati insonshunos olimlar tomonidan lurli bahs va munozaralami keltirib chiqarmoqda. Buning boisi, birinchidan, akmeologiya sohasida ilk davrlarda usosan pedagoglar, psixologlar tomonidan chop etilgan ilmiy asar- lar, etika ixtisosligi bo ‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari fanning ii yoki bu jihatlarinigina qamrab olganligi sababli ayrim tushun- movchiliklami keltirib chiqardi. Izoh. Bugungi kungacha akmeologiya sohasida olib borilgan l;idqiqot ishlari shaxsning psixologik xaritasi, uning xarakter xu- xusiyatlarini aniqlash hamda uning u yoki bu sohaga qiziqishini nlohida o‘rganishga qaratilgan. Ikkinchidan, akmeologiyaning tabiiy, umumjamoa va insoniy qoidalar asosida kasbiy mahoratning yuksak takomiliga erishishi, insonning yetuklik bosqichida rivojlanish qonunlari va mexanizmi liamda bundanda yuksakroq darajalami egallash fenomenologiya- sini o ‘rganishi, ya ’ni biron kasbga, sohaga astoydil mehr qoyib, hilim va tajribaga tayanib, maqsad sari intilib yashashini bildirishi hamda akmeologiyadagi asosiy iboralardan biri «akmeologik mo yillik» iborasi ekanligining fanlar integratsiyasi kesimida kompleks o‘rganilmaganligidadir. Shu bois ham fikrimizcha, akmeologiyani faqat shaxs kasbiy faoliyatining psixologik va pedagogik jihatlarini tadqiq etish inson resurslarining barcha imkoniyatlarini kompleks tarzda o ‘rganish yo'lida yetarli emasligini alohida qayd etish maqsadga muvofiq, deb o ‘ylaymiz. Umuman olganda, hozirgi globallashuv davrida jamiyatimiz o‘zining yuksak rivojlanish nuqtasi, fuqarolik jamiyatini barpo etishga yaqinlashmoqda. Bu esa ayni paytda akmeologiyaning aso- siy kategoriyalaridan mukammallik, yuksaklik, oliy daraja kabi tushunchalar kundalik turmushda ishlatilib kelingan bo‘lsa-da, ijtimoiy-falsafly va axloqiy nuqtayi nazardan maxsus ilmiy- tadqiqot sifatida to ‘la o ‘rganilmagan. «Akmeologiya», agar ularni hududga moslashtirilsa, insonshu- noslikdagi barcha tajribalardan o ‘zining yuqori samaradorligi va ta’lim berishdagi ayrim qulayliklari bilan ajralib, o ‘quv jarayoni- ning sifatini pedagogik mahoratdan ozod qiladi va ta’lim-tarbiya jarayonining faqat yaxshi va a ’lo darajada bo ‘lishligini kafolatlashi bilan birga, uni qaytadan tiklash imkonini beradi. Akmeologiya quyidagi tamoyiJlardan kelib chiqadi. Birinchisi, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishda barkamol avlod tarbiyasi kat- ta ahamiyat kasb etadi. Kelajagimiz poydevori bo'lgan yoshlarni tarbiyalashda sog‘lom ijtimoiy-axloqiy muhitni yaratish, ta’lim- tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash va e’zozlash, axloqan pok, intellektual yetuk, yuksak professional mutaxassis, ilg‘or fikrli, salohiyatli, bilimli, jahon standartlariga javob beradigan yuksak g‘oyali kadrlami tayyorlash hozirgi paytda ustuvor vazifalardan bo‘l- mog‘i lozim. Ikkinchisi, zamonaviy tafakkur rivojida akmeshaxs qiyofasiga axloqiy munosabat zarur. Zero, yurt ravnaqi, millat rivoji, bar- qarorligini akmeshaxslarsiz tasawur qilib bo‘lmaydi. Demak, 0 ‘zbekistonda barkamol avlod tarbiyasida jismoniy, aqhy, ma’- naviy jihatlar kabi uch asosiy jihatga e’tibor berish o‘ta muhim va dolzarb masala bo‘lib, ijtimoiy jarayonlaming faol kechishida muhim omillardanhisoblanar ekan, shaxsning intellektual boy, yuksak ma’naviyatli akmeshaxs bo‘lib yetishishi «vaqt o‘zagi» elagidan o‘tgan ma’naviy merosga bog‘liqligi yoshlar ongiga singdirib borilishi lozim. Uchinchisi, respublikamizda yangilanish va taraqqiyot jadal clavom etayotgan bir davrda jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bilan bir qatorda yoshlar muammosini respublika oldidagi umumiy vazifalardan ayri holda ko‘rib chiqish mumkin emas. Shu bois, yoshlar shaxsining shakllanishi, kamol topishi muammosini o‘rganishda akmeologik bilimlardan foydalanish usuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmog‘i lozim. Umuman olganda, B.G.Ananyevning fikriga ko‘ra, «lnsonning ruhiy bilish rivoji markazida dastlabki va so‘nggi ontogenez, «chetroqda» esa insonning ko‘proq ijodiyroq, samaraliroq ijtimoiy-faol hayot fazasi bo‘lishi mumkin»*. Va bulaming barchasi, shaxsning individual-ruhiy rivoji haqidagi yagona ilmiy-nazariy g‘oyaning maxsus fundamental ishlab ehiqarilgan, o‘smirlik va yetuklikning yosh psixologiyasi qismisiz mavjud bo‘la olmaydi. Shu bois, akmeologiyaning predmeti individ, shaxs individual faoliyatining barcha sohalarida erishgan maksimal yetukligi bo‘lmog‘i lozim. So‘z yordamida. Hurmatli talabalar, biz yuqorida akmeolo- giya tushunchasining mohiyati va asosiy kategoriyalari haqida gapirdik. Siz bugungi konspektlar va qo‘shimcha tavsiya etilgan adabiyotlar yordamida ushbu materialni yaxshilab o‘zlashtiri- shingiz lozim. Shu bilan, nazariy o‘quv mashg'ulotimiz tugadi, yana uch- rashguncha xayr, omon bo'linglar!



Download 292.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling