Pedagogika va psixologiyasi


M.V.Gorskoyning suitsidal xulq-atvor diagnostikasi metodi


Download 299.48 Kb.
bet19/61
Sana11.11.2023
Hajmi299.48 Kb.
#1765582
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61
Bog'liq
O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnosti-fayllar.org

6.M.V.Gorskoyning suitsidal xulq-atvor diagnostikasi metodi. 16–17 yoshli o’smirlar uchun mo’ljallangan.
7. Bolalar va o’smirlarda suitsid xavfining tashxis qilish jadvali (A.N.Volkov).
8.Suitsidal xavf so’rovnomasi (T.N.Razuvaeva tomonidan modifikatsiya qilingan). Suitsidal xavfning ekspress-diagnostikasi, o’z joniga qasd qilishga jiddiy urinishdan ogohlantirish maqsadida suitsidal mayl darajasining namoyon bo’lishini aniqlashga qaratilgan. 8–11 sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan. Mazkur so’rovnomani individual va guruhiy tarzda o’tkazish mumkin.
9.“Suitsid xavf xaritasi” (L.B.Shnayderning o’smirlar uchun modifikatsion varianti). O’smirlarda suitsid xavfi omillari namoyon bo’lish darajasini aniqlash imkonini beradi.
10. “Sizning suitsidal moyilligingiz” testi (Z.Koroleva). Ushbu so’rovnomadan maqsad sub’ektning suitsidal xulq-atvorga moyilligini aniqlash imkonini beradi.
11.D.Rassel va M.FergyusovningYolg’izlik hissining sub’ektiv darajasi uslubiy diagnostikasi”. Shaxsning yolg’izlik hissi darajasi namoyon bo’lishini aniqlashga yordam beradi.
12.S.G.Korchaginning “Yolg’izlik” so’rovnomasi. So’rovnoma yordamida o’smirlardagi yolg’izlik kechinmalarini diagnoz qilishga imkon beradi.
13. A.E.Lichkoning pataxarakterologik diagnostik so’rovnoma (PDS). 14–16 yoshli o’smirning xarakter aktsentuatsiyasini aniqlash uchun mo’ljallangan.
14. Bassa-Darki so’rovnomasi. Autoagressiya, o’zini o’zi ayblash, vijdon azobining namoyon bo’lishini aniqlash imkonini beradi. O’smir yoshdagi bolalar uchun mo’ljallangan.
Psixologik yordam strategiyasini aniqlash uchun qatnashchilarni kompleks kuzatish doirasida yuqorida sanab o’tilgan metodlardan tashqari quyidagilardan foydalanish mumkin:
15. Rozentsveygning frustratsion barqarorlik testi. Bolalar varianti uslubi 4–14 (7–14) yoshli bolalar uchun ishlab chiqilgan. Test yordamida ijtimoiy adaptatsiya darajasini aniqlashga imkon beradi hamda o’quvchilarning tengdoshlari va o’qituvchilariga nomunosib munosabati sabablari (janjalli, agressiv, yakkalanish), stressli vaziyatlarda emotsional andozalarga mos munosabat bildirish darajalari aniqlanadi.

Download 299.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling