Pedagogika va psixologiyasi


Ehtiyotkorlik belgilariga quyidagilar kirishi mumkin


Download 299.48 Kb.
bet37/61
Sana11.11.2023
Hajmi299.48 Kb.
#1765582
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61
Bog'liq
O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnosti-fayllar.org

Ehtiyotkorlik belgilariga quyidagilar kirishi mumkin:
-xulq-atvordagi odatiy qiliqlarning sezilarli darajada o’zgarishi;
-uyqusizlik yoki yuqori uyquchanlik;
-ishtahaning yomonlashishi yoki yaxshilanishi;
-bezovtalik belgilari;
-doimiy charchoq belgilari;
-tashqi ko’rinishga e’tiborsizlik yoki tashqi ko’rinishga sinchkovlik;
-jismoniy darmonsizlikdan shikoyat qilish;
-kayfiyatning tez-tez o’zgaruvchanligiga moyillik;
-quvvatsizlik;
-biron korxonada ishlashdan bosh tortish;
-harakatlaridagi ortiqcha xavf;
-o’lim va oxirat haqidagi o’ylarni singdirish;
-noodatiy birdan g’azablanish yoki ishq-muhabbatining qaynab turishi;
-umidsizlikka tushish;
-spirtli ichimlik yoki narkotik iste’molini kuchaytirish;
-qimmatbaho buyumlarini sovg’a qilib yuborish;
-hamma ishlarini tartibga keltirish;
-o’z janozasi haqida so’zlashish;
-hayotdan ko’z yumishi haqida xat yozish.
Og’zaki arzi hol:
-“O’z hayotimni yomon ko’raman!”
-“Hali ko’p afsuslanishadi, menga qilganlariga”.
-“Boshqa chidolmayman... Jonimga tegdi... Qancha chidash mumkin? Hiqildog’imga keldi!!!”
-“O’zimni o’ldirmoqchiman!”
-“Yashagim kelmayapti... Shuncha yashadim, etadi!”
-“Men hech kimga kerakmasman... O’lganim yaxshi!”
-“Hammani va hamma narsani yomon ko’raman!!!”
-“Yagona yo’l – o’lish!!!”
-“Meni boshqa ko’rmaysan!..”
-“Ruhning qaytishiga ishonasanmi? Bir kun kelib bu dunyoga qaytaman!”
-“Agar biz boshqa uchrashmasak, hammasi uchun rahmat!!!”
Bolaning xulq-atvorida o’z joniga qasd qilish yuz berishi ehtimolidan ogohlantiruvchi sezilarli o’zgarish – bu normal vazifalarning pasayishi va “og’ir” kunlarda bo’ladiganidek, xususiyatlarning chuqur o’zgarishi. Xulq-atvor sekin-asta o’zgarishi mumkin hamda bolaning maktabdagi mashg’ulotlarga qiziqishi yo’qoladi yoki birdan ruhiyatida o’zgarish yuz beradi, ya’ni ertalab yaxshi kayfiyatda bo’lsa, keyin birdan o’zini o’ldirmoqchi ekanligini aytadi. Shuning uchun bunday bolalar bilan ishonchli shaxsi sifatida ishonchli munosabatlarni o’rnatish lozim.
Agar bola ilgari suitsidga uringanini aytsa, unda siz bu mavzuni davom ettirish imkoniga ega bo’lasiz. Endi siz uning muammolari haqida aniq so’zlashishingiz mumkin. Bu o’rinda bolaning o’zi sizning kelajakdagi ishingizni engillashtiradi. Yoddan chiqarmaslik kerakki, ko’pgina suitsidal urinishlar yordamga chaqiruv hisoblanadi. Agar bola qachondir o’zini o’ldirmoqchi bo’lganini aytsa, unda u, avvalambor, sizdan madad kutyapti.
Suhbat vaqtida ilgari yoki hozirda suitsidal tahdid mavjudligi aniqlansa, bunda, eng muhimi, bola bilan “antisuitsidal shartnoma” tuzish hisoblanadi. Antisuitsidal shartnomadan maqsad suhbat davomida yoki suhbatdan so’ng suitsid ehtimolini to’xtatish hisoblanadi, bu samarali yordam berish uchun vaqtdan yutish imkonini tug’diradi. Buning uchun: “Kel, sen bilan kelishib olamiz, muammolaring ustida ishlayotganimizda hech qanday nojo’ya ish qilmaysan”, degan usulni qo’llash lozim. Odatdagidek, bola rozi bo’ladi. Mabodo rad etsa, qat’iyroq turish kerak: (masalan, “Bunday qila ko’rma! Men uchun qadrli bo’lib qolding, o’ylab ko’r, bunday so’zlashuvdan so’ng menga nima bo’ladi...”). Antisuitsidal shartnomadan foydalanib, quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
–alternativ qarorlarni o’rganib chiqish (masalan, hozir sen o’z maqsadingni amalga oshirmasang nima bo’ladi, uning o’rniga sinab ko’r......”);
– ichki xaosni tartibga solish ( masalan, “Nima uchun sen to’xtab turmaysan, toki....) – agarda sizning qabul qilgan qaroringizga shubhangiz bo’lmasa, unda siz o’z vazifangizni 50% ga bajardingiz.
O’z joniga qasd qilishga uringan bola sizga yordam so’rab murojaat qilsa, quyidagi savollarni berishingiz mumkin:
-ishlar qalay? O’zingni qanday his qilyapsan?
-suvga tushgandek bo’lib qolibsan, nima bo’ldi?
-nima qilmoqchisan?
-joningga qasd qilmoqchimisan?
-buni qanday qilasan?
-agarda joning qiynalib qolsa, nima bo’ladi?
-agarda “Yaxshi kayfiyat” shkalasiga “0” yozuvi, “O’z joniga qasd qilish” shkalasiga “10” yozuvi qo’yilsa, sen hozirgi ahvolingni qaysi shkala bo’yicha belgilarding?
-ilgari ham o’zingga shikast etkazganmisan? Qachon? Nima bo’lgan? O’sha vaqtda shkalaning qaysi biridagi ahvolda bo’lgansan?
-agarda menga o’zingga shikast etkazmaslikka va’da bersang, keyin bu ishni qila olarmiding? Senga va’da berishga nima xalaqit berardi?
-ilgari qiyinchiliklarni engib o’tishga nima xalaqit berardi? Hozir nima yordam beradi?
-kimdan bu yordamni olmoqchisan?
-seni ota-onang qiyinchiliklaringni, ruhiy azoblaringni bilishadimi?
-mutaxassis (psixoterapevt, nevrolog) bilan maslahatlashishni xohlaysanmi?
-agarda o’zingni o’ldirmaslikka va’da bersang, so’zingni ustidan chiqasanmi? Qancha vaqtga?
Har doim barcha tahdidlarga jiddiy qarash zarur, shuning uchun:
-bola bilan ochiqchasiga va to’g’ridan-to’g’ri gaplashish kerak;
-suhbatdoshingga uning kechinmalari sen uchun ham muhimligini his qilishga imkoniyat berish;
-uni chin dildan tinglash;
-o’z joniga qasd qilish – bu muammolarning samarasiz echimi ekanligini o’z nuqtai nazaridan quvvatlash;
-obro’li insonlardan yordamga muhtoj bolaga madad so’rab, murojaat qilish;
-“o’z joniga qasd qilmaslik haqida” bitim tuzish kerak, bunda bolaning va’dasi hech qachon o’ziga zarar keltirmasin;
-bolaga kim yordam berishi mumkinligini o’ylab ko’rish kerak: ota-onani, maktab pedagogi yoki psixologni, bolaning ishonchli odamini taklif qilish;
-zaruriy hollarda bolani inqirozli holatdan chiqarish uchun psixoterapevt taklif qilish; asoratli va mushkul vaziyatlarda uni yaqin oradagi psixonevrologik markazga yoki kasalxonaga olib borish;
-bolaning yonida qolish; mabodo ketmoqchi bo’lsa, boshqa katta odamning nazoratida qoldirish;
-bo’lib o’tgan hodisa qanchalik mushkul yoki suitsid xavfli ekanligini belgilashga urinish;
-shaxsni nafaqat ruhiy jarohatlarga olib kelgan axloqiy tuzilish, balki “axloqiy sabablar saqlangan doira” antisuitsidal omil sifatida ko’rinadi (bular qarzdorlik va mas’uliyat, qadr-qimmat, g’urur, vijdon, uyatchanlik, yomon sanktsiya va fikrlardan qochishga intilish, o’z mavqeini saqlab qolish hislari bo’lishi mumkin).
Suitsid haqida hech qanday gap bo’lmasligi mumkin, lekin xavfdan darak beruvchi har qanday belgidan xodim, psixolog, tarbiyachi yoki pedagog hushyor tortishi lozim. Bola yoki o’smirga doim hushyor bo’lib turish kerak. Zarur bo’lganda shubhalar haqida biror bir inson bilan (masalan, kasbdosh, psixolog) maslahatlashish mumkin.

Download 299.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling