Pedagogika va psixologiyasi
Kim o’z joniga qasd qilyapti? Nima uchun? Qanday qilib?
Download 299.48 Kb.
|
O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnosti-fayllar.org
Kim o’z joniga qasd qilyapti? Nima uchun? Qanday qilib?
Bilamizki, suitsid mavzusi qo’rquv tug’diradi. Bundan ham ko’p qo’rquv bo’lishi mumkin, agarda sen biron odamning hayotdan ko’z yumishga urinayotgani yoki o’zini o’ldirganini bilsang yoki agarda xayolingga o’zing suitsidga qo’l urish haqidagi fikr kelsa. Biz bilamizki, suitsid yopiq mavzu, u haqda ota-onalar, o’qituvchilar yoki do’stlar bilan gaplashilmaydi. Balki, sen kimdir suitsidga uringani haqida bilarsan. Balki kimdir suitsid sodir etgandir. Shunday ekan, o’sha paytda sen eshitgandirsan (yoki o’zing) kimdir “Nimaga o’lgisi keldi?” yoki “Nimaga oilasini o’ylamay bu ishga qo’l urdi?” degan savol berilganligi bilan izohlanadi. Bunday savollar bo’lishi tabiiy, bunga bir ma’noda javob ololmaysan, lekin sen tanishing nima uchun bunday qilganini bilolmaysan. Bundan ham aniqroq savol tug’iladi: “Bu odamni qanday muammo yoki muammolar bezovta qildi?” Bu senga g’alati tuyuladi, lekin ko’pgina suitsidga qo’l urgan o’smirlar o’lishni istashmaydi. Ular, shunchaki, bitta yoki ikkita muammoni hal qilishga urinishadi. Fojea shundaki, vaqtinchalik muammolarni ular bir marta va abadiy echishadi. Eng muhimi, o’zini halok qilayotgan yoki halok qilgan yoshlar o’lishni umuman istashmaydi. Ular muammodan qochishni o’ylashadi. Bu muammolar ularga jismonan va psixik og’riq beradi va suitsid og’riqni to’xtatishga ular uchun ishonchli vosita hisoblanadi. O’tgan yili suitsid sodir etib o’lgan minglab yoshlar umuman o’lishni xohlamaganlarini biz qaerdan bilamiz? Agar o’lishni istamasalar, nimaga o’ldilar? Ko’pgina yoshlar suitsidal urinishni o’z uylarida kunduzgi soat to’rtlar orasida yoki yarim kechasi sodir etadilar. Boshqacha aytganda, ular o’lganlaridan so’ng tezroq topishlarini istab, aynan shu vaqtda va oila a’zolari uydaligida sodir etadilar. Ularga yordamga kelish imkoniyati ko’p, shuningdek, qutqarib olishlariga umid qilgan odam o’zini o’ldirmaydi. Qutqarib qolishning iloji bo’lmaganlar-chi? Biz ularni o’lishni istamaganlarini qaerdan bilamiz? Qutqarib qolinganlar bilan suhbatlashib, ular nima haqida o’ylaganlarini tasavvur qilish mumkin. O’lim bilan yuzlashib, deyarli hammasi, muammo echib bo’lmas darajada katta emasligini tushunadilar. Ularga birdan hammasi unchalik yomon emasligi ayon bo’ladi. O’limga lahzalar qolganda yashashni istashlarini anglaydilar. Do’stni yoki tanish-bilishni o’z joniga qasd qilishdan asrab qolish uchun insoniy psixologiyani ozgina sinchiklab o’rganish kerak. Hayotni qadrlash uchun 2 ta asosiy narsani bilish zarur: 1.Bizni sevishlari kerak. 2.Bizga yaxshi munosabatda bo’lishlari kerak. Bizning xulq-atvorimizga 2 ta asosiy tamoyil o’z ta’sirini o’tkazadi: 1.Bizning xulq-atvorimiz kimga bog’liq, o’zimizga qanday munosabatda bo’lishimizga. 2.Har bir odamning xulq-atvori bir maqsadga ega; bizning harakatlarimiz “shunchaki” bo’lmaydi. Bu o’ylarni yaxshilab tahlil qilib, ayrim o’smirlar nima uchun o’lishni istayotgani haqida aniq bir qarorga kelish mumkin. Ko’rib turibsanki, do’stning g’amxo’rligi va mehribonligi umidlantirib, o’z joniga qasd qilish o’yini o’zidan quvadi. Sevgiga ehtiyoj. Biz o’zimizni va hayotni qadrlashimiz uchun o’zimizga nisbatan sevgini his qilishimiz kerak. Sevgiga ehtiyoj – bu: -sevimli bo’lishga ehtiyoj; -sevishga ehtiyoj; -biror narsaning bo’lagi bo’lish ehtiyoji. Agar bu uchala ehtiyoj bizning hayotimizning ko’p vaqtida ishtirok etsa, biz oldimizda turgan muammolarni hal qilish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Hech kimni sevmaydigan, sinfdoshini, o’qituvchisini yoqtirmaydigan, o’zini uyda ham, maktabda ham, ko’chada ham begona his qiladigan o’smirning noxushliklarini engib o’tishi qiyin kechadi. Ular yomon o’qish bilan birga ota-onalari, do’stlari, o’qituvchilari bilan kelisholmaydilar, o’zlarini yolg’iz, tortinchoq, hech narsaga yaramaydigandek his qiladilar. O’zlariga past nazar bilan qarashlari natijasida avval oson echilgan muammolar endi ular uchun hal qilib bo’lmaydigandek tuyuladi. Bunday vaziyatda ular uchun eng muhimi nima? Topding – Do’st. O’zing o’yla, sen o’z joningga qasd qilmoqchisan, chunki seni “hech kim yaxshi ko’rmaydi”, birdan g’amxo’rlik, mehribonlik ko’rsatilayotganini his qilasan, sen bilan gaplashishyapti, seni tinglashyapti – senda umid uyg’onadi. Seni o’lim haqidagi o’ylar ta’qib qilayotgan bo’lsa, chunki sen hech kimni yaxshi ko’rmaysan, o’zingga nisbatan iliq hislar yoqimli ularning ta’sirida sovuq yuraging eriydi. Agarda sen hech kim bilan chiqisha olmasliging uchun o’zingni o’ldirmoqchi bo’lsang, do’stingning senga qo’l cho’zishi bilan juda bo’lmaganda bitta odamning yuragidan joy olganingni his qilasan. Mehribon do’sting seni o’z joningga qasd qilishdan qaytaradi yoki seni sevgiga ehtiyojingni qondiradi, bu hammaga xos bo’lgan xususiyat. Ba’zida odamni qutqarish uchun bittagina shirin so’z kifoya qiladi. Muhit– bu seni o’rab turgan joy, odamlar. Bunday muhit senda bir nechta: uy, maktab, ko’cha va boshqalar. Do’stlar davrasida, tengdoshlaring muhitida bo’lasan. “Muhit” deganda yana, masalan, ish, basketbol maydoni, madaniy istirohat bog’lari bo’lishi mumkin. Bunday joylarda boshqalar bilan aloqada bo’lasan, birga harakat qilasan. So’zlashasan, kulasan, bahslashasan, ba’zida shunchaki jim turasan. O’ziga baho berish – bu o’zingni qanday baholashing. O’zimizga baho berish nimaga asoslanadi? O’zimizga baho berish – bu bizning o’zimizni his qilishimiz. O’zimizni qanday qabul qilishimiz, hayotimiz, do’stlarimiz bilan munosabatlardagi his-tuyg’ularimiz – bularning hammasi o’zimizga baho berishimizga ta’sir qiladi. O’zimizga baho berish – bu bizning boshqalarga qanday ko’rinishimiz. O’zimizga baho berish do’stlarimiz, o’qituvchilar, ota-onalar, tarbiyachilarning bizga nisbatan munosabatlari va biz haqimizda nima deyishlariga bog’liq. Download 299.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling