Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari


Download 1 Mb.
bet9/23
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1590504
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
minmum javobalari

Oila tarbiyasi asoslari
Kelajagimizning kanday bo‘lishi xozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga boglik.Bu konuniyat oilaning tarbiya borasidagi faoliyatiga ham boglik. Oilaviy tarbiyaning murakkabligi shundaki, har bir oila o‘ziga xos bir olam. U tarbiya ishida ham o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon kiladi.
Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy alokada bo‘lsagina, o‘sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta’minlash mumkin. Oila tarbiyasidagi yutuklar ota-onalarga pedagogik bilimlar berish, oilaviy tarbiya bo‘yicha tajribalar almashishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga kizgin jalb kilishga ham boglikdir.
Har bir ota-ona o‘z farzandlarini tarbiyalash borasidagi burch va mas’uliyatlarini chukur anglashlariga boglikdir. Bundan tashkari normal oilaviy muxit, ota-onaning obro‘si, to‘gri kundalik rejim, bolani kitobga va o‘kishga, mexnat kilishga o‘z vaktida jalb kilishlari ham muvaffakiyat garovidir.
Ko‘rinib turibdiki, kadimdan ham, bugun va ertaga ham, bundan keyin ham aklli, farosatli, tafakkuri chukur - bir so‘z bilan aytganda kamolotli farzand tarbiyalash muammosi dolzarbdir. Xalk bunday fazilatli insonlarni sevadilar, e’zozlaydilar va xurmat kiladilar.
Bunday tafakkurga boy kamolotli farzand tarbiyasining sarchashmasi oiladan boshlanadi. Oila ana shunday tabarruk kal’adir. U kanday kurilishi lozim? Oila o‘zi nima va uning maksad, vazifalari nimalardan iborat?
Oila – voyaga yetgan ikki jinsning sevish, ardoklash, xurmat kilish asosida, ixtiyoriy ravishda, kalb xohishi bilan tuzilgan konuniy ittifokidir.
Mo‘’jazgina bir kal’a kurildi. Endi bu kal’ada bekinmachok o‘ynalmaydi. Yoshlikdagi o‘yinkaroklik, beboshlik, erkalik, beparvolik o‘rnini sezgirlik, mas’uliyat, andisha, javobgarlik kabi fazilatlar egallay boshlaydi. Bunga har bir yosh tayyorlanib, mas’uliyat ko‘nikmasini his kilib, oila maksad va vazifalarini tushunib, ukib bormogi lozim.
Oila maksadi – ikki jinsning o‘zaro kelishuvi asosida farzandni dunyoga keltirish hamda tabiat va jamiyatning davomiyligini ta’minlash.
Oila vazifasi – er-xotinning birgalikda xo‘jalik yuritish asosida oilani ham ma’naviy, ham iktisodiy jixatdan ta’minlash hamda jamiyatga soglom, aklli, har tomonlama barkamol farzand tarbiyalash.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling