Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari


Download 1 Mb.
bet12/23
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1590504
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
minmum javobalari

Maxmud Qoshgʻariyning pedagogik qarashlari
Muhammad Sodiq Qoshg’ariy(1740-1843) haqida bizgacha juda oz ma’lumot etib kelgan. Lekin hozirgi paytda bizga ma’lum bo’lgan «Odob as-solihin» asarining o’ziyoq bizga uni mashhur pedagog olim sifatida tanitadi.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariy 1740 yilda Qoshg’arda kambag’al dehqon oilasida tug’ilgan va 1843 yilda u shu yerda vafot etgan. Biz olimning qay darajada tarbiyashunos ekanligini uning merosi qoldirgan asarlaridan bilamiz. Uning «Odob as-solihin» (Yaxshi kishilar odobi), «Zubdat al-masoyil» (Masalalarning qaymog’i), «Durr al-muzoxir» (Ko’makdoshlarning durdonasi) hamda «Tazkiran xojag’on» (Xojalar tazkirasi) asarlari bizgacha yetib kelgan. Sharqning buyuk allomalari Yusuf Xos Hojib, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Sa’diy Sheroziy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa yuksak axloqiylikni shakllantirishga oid asarlar, hikmatlar yaratganlar. Shu bilan birga xulq-odob tarbiyasiga oid «Axloqi Muhsiniy», «Axloqi Jaloliy», «Axloqi Nosiriy», «Qobusnoma» kabi asarlar yaratilgan.
Shunday asarlar yozish an’ana bo’lgan bir davrda Muhammad Qoshg’ariyning «Odob as-solihin» (Yaxshi kishilar odobi) «Zubdat al-masoyil» (Masalalarning qaymog’i) asarlari turkiy tilda yaratildi. U 5 marta Toshkentda 1889-1901 yillar va Istambulda 1891-1892, 1986 yillarda qayta nashr etilgan.
Mazkur asarning mazmuni nomidan ham ko’rinib turganidek, insonning hayoti davomida zarur xulq-odob qoidalariga o’rgatish g’oyasi ilgari suriladi. Unda kundalik turmushimizda har bir yosh egallab olishi zarur bo’lgan zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) odob va axloq qoidalari nimalardan iborat bo’lishi zarurligi va shunda bularning (tolibu sodiqlarning) ham o’sib, barkamol inson darajasiga etishishi ta’kidlanadi.
Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning «Odob as-solihin» asari muallifning o’zi ta’kidlaganidek, muqaddima va 7 bobdan hamda har bir bob 4 fasldan iborat.
Muqaddimada asarning maqsadi ifoda etiladi, ya’ni insonga yaxshi xulq egallash zarurligi ta’kidlanadi va odob qoidalarini egallab olmasa va yaxshi xulq bilan muaddab (odobli) va muxazzab (toza) bo’lmasa, nafaqat o’ziga, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi, deydi va shundan masnaviyni keltiradi:
Beadab tanho va xudro dosht bad,
Balki otash dar xama ofoq zar.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling