Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari


Download 1 Mb.
bet13/23
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1590504
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
minmum javobalari

Axmad Yassaviyning pedagogik qarashlari
Ma’lumki, insonni tarbiyalaydigan har qanday voqelik pedagogik unsurdir. U xoh buyum bo‘lsin, xoh yirik ta’limot, maqsadi tarbiyalash, yaxshilik va ezgulikka chorlash, diniy yo dunyoviy bilim berish bo‘lsin mohiyatan pedagogikaga uyg‘un hisoblanadi. Aynan shunday ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtirgan, Sharq pedagogikasi tarixiga ulkan hissa qo‘shgan shaxslardan biri mutasavvif Xoja Ahmad Yassaviydir. Tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri Xoja Ahmad Yassaviy 11-asrning 2-yarmi (taxminan 1166-yil) da Yassi yaqinidagi Sayram shahrida tavallud topgan. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan bo‘lgan. Yassaviy tug‘ilgach, ko‘p o‘tmay onasi — Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz

mashg‘ul bo‘ladi. Yassaviy opasi bilan Yassiga ko‘chib borgach, 1-ustozi Arslon bob bilan uchrashadi va undan tahsil oladi («yetti yoshda Arslon bobom izlab topdim...»). Yassaviy Yassida botin ilmi sirlarini mukammal o‘zlashtirgan. O‘sha zamonlarda ilmma'rifatning Movarounnahrdagi markazlaridan bo‘lgan Buxoroda Turkistonning turli tomonlaridan tolibi ilmlar yig‘ilishgan. Arslon bob ko‘rsatmasi bilan Yassaviy ham Buxoroga boradi. Davrning eng peshqadam olimi va sufiysi Shayx Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, unga murid tushadi. Buxoroda u arab tili bilan bir qatorda fors tilini ham chuqur o‘rganadi. Forsiyda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan tanishadi. Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Abdulloh Barqiy, Xoja Hasan Andoqiylar bilan hamsuhbat va hammaslak bo‘lib, Yusuf Hamadoniy muridlari qatoridan o‘rin oladi.[1]1 Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tasavvuf ta’limoti va nomdor so‘fiy olimlar haqida qayd etar ekan, Yassaviy to‘g‘risida «Maqomoti oliy va mashhur, karomoti


matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob g‘oyatsiz va shohu gado aning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish», — deydi. Bu fikr Yassaviyning Yassiga qaytib kelib,
yangi bir tariqatga asos solgan murshid sifatida shuhrat topgan davrlariga tegishlidir. XI asrda Markaziy Osiyoda rivojlangan tasavvuf ta’limoti diniy ta’limot bo‘libgina qolmay, muhim ijtimoiy ahamiyatga ega, o‘ziga xos ta’limiy va tarbiyaviy
g‘oyalarni jamlagan yo‘nalish bo‘lgan. Tasavvuf ta’limotida ustoz va shogirdlik an’analariga qat’iy amal qilingan, hur fikrlilik va odamiylik fazilatlari shakllantirilishiga
muhim e’tibor berilgan. Mazkur jihatlar Ahmad Yassaviy ijodida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Yassaviy hikmatlarida ifodalangan Vatan, inson kamoloti, iymon, diyonat, nafsga
berilmaslik, rahm-shafqatlilik haqidagi axloqiy-falsafiy fikr-g‘oyalar hozirgi yoshlar tarbiyasida ham qimmatli qadriyat bo‘lib, ular milliy pedagogikamizga qo‘shilgan katta
hissadir. Ahmad Yassaviyning asarlari tasavvuf g‘oyalarini omma ko‘ngliga chuqur singdirishga qaratilgan. Abdurauf Fitratning ta'kidlashicha, Yassaviyning «adabiyotda
tutgan yo‘li sodda xalq shoirlarimizning tutg‘on yo‘lidir... Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan she'rlar bilan barobar». Yuqorida ta’kidlanganidek, Ahmad Yassaviy merosida uning “Hikmat” nomi bilan yuritilgan she’rlar to‘plami zalvorli o‘rin egallaydi. Mazkur she’rlar to‘plami adabiy muhitda “Devoni hikmat”nomi bilan mashhur. Shuningdek, uning pedagogik
qarashlari «Rasoil» («Risolalar») asarida ham aks etgan.
«Yassaviya» tariqatining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari bo‘lmish «Hikmat»da mufassal bayon etilgan. XII asrdagi turkiyzabon she'riyatning ajoyib namunasi bo‘lgan, keyingi davrlardagi turkiy adabiyotga katta ta'sir ko‘rsatgan
«Hikmat» asarida «Yassaviya» ta'limotidagi poklik, halollik, to‘g‘rilik, mehr-shafqat, o‘z qo‘l kuchi, peshona teri va halol mehnati bilan kun kechirish, Alloh taolo visoliga yetishish yo‘lida Insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilg‘or
umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan. Ahmad Yassaviy hikmatlari mavzu jihatidan rangbarang. Ularni chin dildan
oʻqib, anglashga harakat qilinsa, o‘quvchi “Inson” degan mavjudotni kashf eta boshlaydi, oʻz-oʻzini taftish etadi. Bu “kashfiyot” (oʻz-oʻzini anglash) o‘quvchini astasekin oʻtkinchi hoy-u havaslardan uzoqlashtiradi, mohiyatga yuzlantiradi. Odamlikka
undaydi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling