Pedagogikasi


M .Carrop.Узбек удумлари. Т.: «Фан», 1993. 140-б.(кискартириб олинган.)


Download 3.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/79
Sana03.09.2023
Hajmi3.59 Mb.
#1672307
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79
Bog'liq
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

25 M .Carrop.Узбек удумлари. Т.: «Фан», 1993. 140-б.(кискартириб олинган.)
60


K o ii b turganim izdek, xalq tom onidan yaratilgan va katta ijtimoiy 
aham iyatga ega boMgan urf-odatlar, an ’analar, bayram va m arosim lar 
o ‘zbek xalqining madaniy m erosida katta o'rinni egallaydi, ijtimoiy va 
shaxsiy hayotning barcha tom onlarini qam rab oladi, kishilar o'rtasidagi 
m unosabatlarning turli jihatlari va shakllarida nam oyon boMadi.
X alqim izning bunday madaniy merosi bilan faxrlanishim iz, qadimiy 
urf-odatlarim iz, an ’ana va udum larim izni bilishim iz, ehtiyot qilishim iz 
va yosh avlodga yetkazishim iz bizning insoniy burchim iz va bugungi 
kunning dolzarb m asalasidir.
Xalq o'yinlari o ‘zining qadim iyligi bilan ibtidoiy davrga borib 
taqaladi va insoniyatning shakllanishi va rivojlanishida muhim o ‘rin 
egallaydi. Eng qadim iy davrdan boshlab inson hayotida term achilik, 
ovchilik, chorvachilik, dehqonchilikka oid o ‘yin-raqslar shakllana 
boshlagan. Bu o 'y in lar faqatgina chaqqonlik n a sh q i b o ‘lib qolm asdan, 
balki o 'z zam onasiga mos odam larni tarbiyalash maktabi ham boMgan.
Term achilik davrida mohir terim chilarning harakatli o ‘yinlari paydo 
boMgan. O vchilik bilan shug‘ullana boshlangach, «ov o ‘yinlari» yuzaga 
kelgan, bu o ‘yinlar yoshlarni ov qilishga o ‘rgatgan. Ovchilik negizida 
chorvachilik shakllangach, kattalarning chorva boqishiga oid muhim 
m ehnat jarayonlari bolalar tom onidan o ‘yin shaklida takrorlanib 
turilgan. D ehqonchilik bilan bog‘liq «M ehnat o ‘yinlari» bahorgi va 
kuzgi m arosim bayramlarni yuzaga keltirdi. Shu tariqa har bir tarixiy 
davr o ‘z o ‘yinlarini yaratib, o ‘z davri kishisini tarbiyalashda muhim 
o ‘rin tutgan, yashash uchun zarur boMgan sifatlarni shakllantirgan, ularni 
har tom onlam a - m a’naviy, aqliy, jism oniy rivojlantirgan.
Sharq allom alari - Firdavsiy, Beruniy, ibn Sino, M ahmud 
Q oshg‘ariy, Kaykovus, A lisher Navoiy, Bobur o ‘yinlar xalq hayotining 
m uhim qismi boMganligini ta ’kidlaydilar. Xususan, Firdavsiy - shoh 
o ‘yinIari, Beruniy qadimgi xalq o ‘yinlari, ibn Sino o ‘yinning shifobaxsh 
xususiyatlari, M ahm ud Q oshg‘ariy turkiy xalqlarga oid k o ‘plab o ‘yin 
turlarining bayoni, K aykovus o ‘yinlarda qatnashish odobi, Alisher 
N avoiy pahlavonlik o ‘yinlari, Bobur o ‘yinlam ing zavq-shavqi haqida 
ajoyib fikrlar bildirganlar.
0 ‘yinlam ing mazmuni va shakli tabiiy sharoit, m ehnat faoliyati, 
ijtim oiy axloqiy m unosabatlardan kelib chiqqan. Qadim da «QiJich 
jangi», «Tuya poygasi», «Otliqlar poygasi», «Tuya jangi» kabi 
m usobaqa - o ‘yinlar boMganligi m a’lum.
X alq og ‘zaki ijodida, jum ladan, dostonlarda yoshlarni jism oniy 
chiniqtirishga, barkamol boMishiga xos qadriyatlar k o ‘plab uchraydi.
61


X ususan, «A lpom ish» dostonida ota-bobolarim izning bola jism onan 
so g ‘lom b o 'lish ig a katta e ’tibor bilan qaralganligi, A lpom ishning yetti 
yoshida o g ‘ir yoyni ko ‘tarib otishi unga yoshlikdan jism oniy tarbiya 
berilganidan dalolat beradi. Y oshlar qadim dan o ‘zining jasurligi va 
topqirligini el oldida nam oyish etib, sinovdan o ‘tgan. A lpom ish ham
aql-zakovati, kuch-qudratini k o ‘rsatib to 'q so n alpning eng zo ‘ri 
K o ‘kaldoshni m ag ‘lub etadi va yor vasliga yetadi. Lekin A lpom ish bir 
zum da pahlavon b o ‘lib qolm agan, albatta. Pahlavonlik shohsupasiga uni 
bolaligidan m erganlik, olishish, nayza otish, qilichbozlik, chavandozlik, 
kurash kabi m usobaqa - o ‘yinlarini o ‘ynagani sabab bo ‘lgan.
M .M urodov o ‘zbek xalqining boy o ‘yin m erosini quyidagi 
guruhlarga b o ‘lib o ‘rg a n a d i:26
1. Tabiiy -m a v s u m iy o ‘yinlar.
2. Hududiy va turli joylarga xos o ‘yinlar.
3. Turli yoshlarga xos o'yinlar.
4. Turli jinsdagilar o 'yinlari.
5. M ash g‘ulot, m ehnat faoliyati bilan bog‘liq bo ‘lgan o ‘yinlar.
6. V oqeaband o ‘yinlar.
7. H arakatli o'yinlar.
8. Turli vositali o ‘yinlar.
9. H ayvonlar ishtirokida o ‘tadigan o ‘yinlar.
Tabiiy - m avsum iy o ‘yinlar har bir faslda o ‘ziga xos b o ‘lgan. 
B ahorda «Tolbargak», «Y om g‘ir y o g ‘adi», «Oq terakm i - k o ‘k terak» 
o ‘yinlari, yozda «Suvda quvlashm achoq», «Tez suzish», «A rqon o ‘yin», 
«Tosh 
o ‘yin» 
kabilar, 
kuzda 
«Danak, 
«Y o ng ‘oq 
o ‘yinlari», 
« A rg'im choq uchish», «O shiq», «Tosh o ‘yinlari»; qishda qor yoqqanda 
yaxm alak uchishgan, «Q orxat», «Q orbo‘ron» o ‘yinlari odatga kirgan. 
Q attiq sovuq paytlarda sandal atrofida y ig ‘ilib «Tez ayt», «Topishm oq 
top», «Kim aytish» kabi o ‘yinlar o ‘ynalgan.
Hududiy va turli jo y larg a xos o ‘yinlar orasida m a’lum farqlar 
bo ‘lgan. Qishloq o 'yinlari keng dalalarda, shahar o ‘yinlari kichik 
m aydonlarda o ‘tgan. U yda «Sandal o ‘yin», boshqotirm a - s o ‘z o'yinlari; 
hovlida - «Tosh o ‘yinlari», «Arqon», «B ekinm achoq», «Chizm a» 
o ‘yinlar; m aydonlarda - «tortishm achoq»; b o g ‘da - « Y ong‘oq», 
«Danak» o ‘yinlari; suvda - «Suv ostida k o ‘p turish», «Q uvlashm achoq» 
o'yinlari; havoda - « A rg‘im choq uchish»; osm onda - «Varrak» o 'y in lari 
o ‘ynalgan.
20 Mypo/ioB 3TH0MaaaHH>rr. T.: AaojiaT. 2003. 76-78-6.
62


K arvonsaroy, choyxona, m ehm onxonalarning o ‘z o ‘yinlari bo'lgan. 
K arvon y o ‘llarida uzoq y o ‘l yurgan y o ‘lovchilar oyog‘ini yozish 
m aqsadida arqon sakraganlar.
Turli yoshlarga xos o ‘yinlar bolaning chaqaloqligidan boshlanadi. 
C haqaloq y ig ‘lamasligi uchun unga ovunchoq - o ‘yinchoq berishadi va 
uni ovutadigan o ‘yinlarga jalb etishadi. Sal ulg‘aygach, o 'g ‘il bolalar 
ovga chiqish, urush-urush o ‘yinlarini, qizlar xola-xola, bola boqish, 
m ehm on kutish kabi o ‘yinlarni o ‘ynaydilar. Turli jinsdagilar o ‘yinlarida 
qizaloqlar q o ‘g ‘irchoq o ‘ynasalar, o ‘g ‘il bolalar ish va urush qurollariga 
o ‘xshash o ‘yinchoqlarni o ‘ynashgan.
M ehnat faoliyati bilan b o g ‘liq o ‘yinlarda term achilik, ovchilik, 
chorvachilik, dehqonchilik, hunarm andchilik va boshqa m ehnat turlariga 
oid o ‘yinlar o ‘ynalgan.
Harakatli o ‘yinlar bir kishili, ikki kishili, guruh b o ‘lib yoki jam oa 
h o 'lib o ‘ynaladigan o 'y in lar kiradi. Bu o ‘yinlar m aqsadga erishish hissi- 
ni shakllantiradi, inoqlik, o ‘rtoqlik, birdamlik xislatlarini tarbiyalaydi.
Turli vositali o ‘yinlar q o ‘g ‘irchoq, tosh, tayoq, to ‘p, y o n g ‘oq 
yordam ida yoki so‘z, q o ‘shiq, raqs vositasida o ‘ynalgan. 0 ‘yin 
vositalariga k o ‘ra o ‘yinga nom berilgan. Y og‘och ot, jundan to ‘p 
tayyorlash jarayoni bolalarda m ehnatsevarlikni rivojlantirgan. Bolalar 
o ‘yinlarida m ahalliy aholining kasb-hunar m ashg‘ulotlari o ‘z ifodasini 
topganligi bois o ‘yinchoqlarda uy-ro‘zg ‘or buyumlari, qishloq x o ‘jaligi 
asboblari, idish-tovoqlar aks etgan. «... Har qaysi g o ‘dak ilk bor olamni 
o ‘z atrofidagi ashyo va buyum lar, jum ladan, o ‘yinchoqlar orqali 
anglashini inobatga oladigan bo ‘lsak, ulam ing inson tarbiyasidagi o ‘rni 
beqiyos ekanligi ayon b o ‘ladi. 0 ‘yinchoqlar obrazi bolaning m urg‘ak 
tasavvuriga bamisoli toshga o ‘yilgan naqshdek m uhrlanib, uning ongida 
bir um r saqlanib qoladi. G o ‘dakning ulg‘ayib, kasb tanlashi, kelajakda 
qanday y o ‘ldan borishi, o ‘zining hayot tarzini qanday axloqiy-m a’naviy 
asoslarga qurishi ham, hech shubhasiz, uning bolalikda qanday 
o ‘yinchoqlar bilan oshno b o ‘lib o ‘sgani bilan belgilanadi».27
D arhaqiqat, yoshlarga bolalikdan g o ‘zal odob-axloq fazilatlarini 
singdirish m aqsadida o ‘yinchoqlardan muhim tarbiya vositasi sifatida 
foydalanish o ‘rinlidir. 

Download 3.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling