Pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi “Pedagogning kasbiy standarti”
Download 70.37 Kb.
|
Dilbar standart 147
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogning kasbiy standarti”
- Shokirjonova Dilbar Ilmiy rahbar: dots.F.G‘Raxmatova
- PEDAGOGLARNING TA’LIM TARBIYAVIY JARAYONNI TASHKIL ETISHI VA BOSHQARISH QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISH
- II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYACHISINING KASBIY FAOLIYATI KOMPTENSIYALARI
- Xulosa va tavsiyalar
O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O’RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKASI INSTITUTI TA’LIM VA TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI “MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGIKASI VA PSIXOLOGIYASI” KAFEDRASI “Pedagogning kasbiy standarti” fanidan Himoyaga tavsiya etaman Fakultet dekani ___________ dots.S.Zohidova “____” ________ KURS ISHI Mavzu:“ Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining kasbiy komptensiyasining xususiyatlari” 2-kurs magistranti Shokirjonova Dilbar Ilmiy rahbar: dots.F.G‘Raxmatova Himoyaga tavsiya etildi “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi mudiri dots.F.G‘Raxmatova “______” ____________ SAMARQAND 2023 MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………….3I BOB TARBIYACHI - PEDAGOGLARNING TA’LIM TARBIYAVIY JARAYONNI TASHKIL ETISHI VA BOSHQARISH QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISH 1.1.Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi shaxsiga qo‘yiladigan talablar…….6 1.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachisining komptensiyasi…………….10 II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYACHISINING KASBIY FAOLIYATI KOMPTENSIYALARI 2.1. Pedagogning kasbiy kompetensiyasi turlari va piramidasi……………………13 2.2. Tayyorlov guruhi tarbiyachisining mashg‘uotlarni tashkil etishda kasbiy mahoratini namoyon etishi.......................................................................................24 Xulosa va tavsiyalar………………..….....………………………………………30 Foydalanilgan adabiyotlar ……………….……………….…………….………31 Ilovalar KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va faxrli shu bilan birga mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o‘z mas'uliyatini anglashga ta'lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondashishga o‘z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o‘sishiga ko‘maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi uchun ijtimoiy faol bo‘lishi kerak. Demak, bola shaxsini shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida javobgar ekanligini taqozo etadi. Shunga ko‘ra tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida, ular bilan bo‘ladigan muomalada, muloqotda ibrat, namuna bo‘lishi bolani har tomonlama diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedogogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvori ish natijalarini haqqoniy baholashi va ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi. Maktabgacha ta’limda sohasida qilinayotgan barcha islohotlar yoshlarning har tomonlama sog‘lom intelektual salohiyatli erkin fikrlaydigan shaxs bo‘lib tarbiyalanishini qaror toptirishdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan barcha faoliyatlar “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standartlari1” hamda “Ilk qadam” o‘quv dasturiga mos bo‘lishi kerak. Shundagina olib boriladigan pedagogik jarayon ham kutilayotgan natija ham shunga yarasha bo‘ladi. Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo‘ladigan muomalada ta’sir ko‘rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, g‘oyaviy e'tiqodliligi o‘z kasbini sevishi va bu kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqati o‘qituvchi - tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo‘lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo‘ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o‘simlik va hay vonlarga g‘amxo‘rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalar mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlar tarbiyalaydi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda kurs ishining dolzarbligi asoslandi. Download 70.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling