Pedagogiklik kasbiga qo‘yiladigan talablar haq yo`lida kim sanga bir harf o`qitmish ranj ila


Download 36.16 Kb.
bet1/3
Sana05.05.2023
Hajmi36.16 Kb.
#1430800
  1   2   3
Bog'liq
MATN Word


PEDAGOGIKLIK KASBIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR


Haq yo`lida kim sanga bir harf o`qitmish ranj ila
Aylamak bo`lmas ado oning xaqqin ming ganj ila
A.Navoiy
Reja:
1. O`qituvchilik kasbining ijtimoiy mohiyati.
2. O`qituvchi va uning mehnati haqida buyuk allomalarning fikrlari.
3. O`qituvchining kasbiy sifatlari va qobiliyatlari.
4.O`qituvchining pedagogik mahorati va uni egallash yo`llari.


Tayanch so’z va iboralar: O’qituvchi, pedagogik mahorat, qobiliyat, kasbiy sifatlar, allomalarning fikrlari.


Aqliy mehnat bilan shug`ullanuvchi kishilar orasida o`qituvchilar alohida o`rinni egallaydi. Ilg`or insoniyat o`qituvchilik kasbining yuksak insonparvarlik maqsadni ko`zlashini allaqachonlar tushunib yetgan. Uning jamiyat hayotidagi rolini o`tmishdagi va hozirgi buyuk pedagoglar qanday baholashgan.
O'zbekiston Respublikasining: " Та`lim to'grisida"gi qonuni 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan bo`lib u 5 bo'lim va 34 moddadan iborat. Qonunning 5- moddasi pedagoglik faoliyati bilan shug`ullanishi huquqi haqida.
‘‘Tegishli kasb-kor malakasiga ega bo`lgan, o`zida yuksak axloqiy sifatlarni mujassamlashtirgan kishilar pedagoglik faoliyati bilan shug`ullanish huquqiga egadirlar’’.
Kasb - muаууаn bilim va mahorat talab etadigan faoliyati turi. Unga esa maxsus va oliy ma'lumot hamda amaliy tajribalar orqali erishiladi.
Pedagoglik kasbi esa tarbiyashunoslik, insonning komilligini ta'minlovchi pedagog – ustoz - muallimlarning professional kasbiy faoliyatidir. Pedagoglik kasbi umumiy ta'lim-tarbiyaning qonun qoidalari, tamoil, metod-usullari va qo'llanadigan ish shakllarini yangi texnologiyasining afzalliklari va kamchiliklarini o'zida mujassamlashtiradi va ijodiy rivojlantiradi. Insoniyat tarixida pedagoglik kasbining mohiyati va mazmunini, uning inson hayoti uchun zarurligini his qilib ko'proq "Ustoz" yoki "Muallim", "O'qituvchi" kabi iboralar bilan ulug`lanadi.
O'qituvchi o`ziga bo`lgan bu hurmat bilan birga unga yosh avlodni tarbiyalash kabi faxrli, ayni zamonda juda murakkab va mas`uliyatli vazifa ishonib topshirilganligini juda yaxshi biladi. Bunday ishonchni oqlash biz o'qituvchilardan juda katta mas`uliyat talab etadi.
Ilmiy - texnika va fan taraqqiyoti katta sur`atlar bilan rivojlana borayotgan hozirgi sharoitda hayot bizning oldimizga yangidan-yangi muhim vazifalarni qo`ymoqda. Dars mashg`ulotlariga tayyorlanish va o`tkazishda o`quv-chilar tarbiyasiga atroflicha vondashishni, vosh avlodni har taraflama rivojlantirishni talab etmoqda. Shunday sharoitda o'qituvchining o'ziga xos o'rni va mavqyei qanday bo`lishi kerak. Bu kasb egasi o'ziga xos ijtimoiy- siyosiy yo`nalishga ega bo`lishi,
pedagogikvashaxsiytalablargajavobberaolishiuchinuqandaysifatlarnio`zidamujassamlashtirishikerakdeganqonuniysavoltug` iladi.
Oqituvchi quyidagj fazilatlarga ega bo`lishi kerak: insoniy g'oyaviylik, insoniy e'tiqodlilik, vatanga sodiqlik, mehnatsevarlik, xaqqoniylik, talabchanlik , yuksak madaniy xulq, nafosat, til va dil birligi, fan asoslarini, jamiyat, tabiyat va inson tafakkuri qonuniyatlarini chuqur bilishi va amalda qo`llay olishi, har sohada yosh avlodga o'rnak ko'rsata bilishi lozim. Zero o`qituvchining mehnatini ulug`lab, iliq so`z aytmagan ijodkorni topish mushkul. Jumladan qahramon shoirimiz A. Oripovning quyidagi she`ri fikrimizning isbotidir.


Nechog` baxtiyorman ta zimda shu tob,
Sizning sha'ningizga bitmoqdaman bayt.
Ne odam bo`lardim qo'limda kitob,
Biror harf tanimay tursaydim loqayd.
Sizku, Alifbedan Qomusgacha to
Bari- barisini tanitgan ustoz.
Ilk bor siz ko`rsatgan duraxshon zuxro.
Вugun she`rim ichra tashbexdir mumtoz.


Siz mo`jaz yurakka yoqolgan yog`du
Oqibat quyoshdek socha olar nur.
Buyuklar xaqqiga qasamyod gap bu
Sizdan boshlanadi asli tafakkur.


Olamda ко`p erur muborak onlar
Tabarruk zotlar ham garchand ko'p erur.
Sizgadir ilk rahmat, aziz insonlar,
Munis muallimlar, sizga tashakkur.


Xalq og`zaki va yozma ijodiyotida “O`qituvchi”, “Ustoz” siymosi nihoyatda ulug`lanadi. Bir donishmanddan so`radilar:

  • avlod uchun otadan ulug`roq kishi bormi? – bor, - deydi donishmand “Ustoz!” Ota farzandini yo`qdan bino qiladi, osmondan yerga tushiradi. Ustoz esa yerdan osmonga ko`taradi. Bu chinakam ulug`likdir.

Abu Ali Ibn Sini o`zining nasihatlarida: “Ey farzand! Ustozni otadan aziz deb bil” – deb ta`kidlagan edi.
O`qituvchi ota-onadan ulug` va yorug`lik manbai ekanligiini professor R.Usmonov o`zining “Saodatnoma” asarida quyidagicha ta`kidlaydi:
O`qituvchi yorug`lik manbaiga, o`quvchi esa yoritiladigan maydonga o`xshaydi. Manba maydonga qanchalik yaqinlashsa, maydon yorug`lik nurlaridan ko`proq baxramand bo`ladi. Darhaqiqat, insonni komillikka yetaklovchi maydon juda ko`p: oila, maktab, jamoatchilik. Bu maydonlarni yorituvchi san`atkor ota-ona, Ustoz, muallimlar zaruriy, bir-birini to`ldiruvchi komil insonlardirlar.
O`qituvchi darhaqiqat, aql binosini yangi ilm bilan to`ldiruvchidir. Ota-ona qalbidagi sehrlarni, orzu umidlarini yuzaga chiqaruvchi insondir. Xalqimizning orzu-umidlari “Yaxshilik”, “Yaxshi farzand”, “Yaxshi odob-axloq egasi”ni voyaga yetkazishdir.
Komil insonni tarbiyalashdagi bosh g`oya o`rgatish muammosidir. Kishilik jamiyatining har bir bosqichida komil inson tarbiyasi uzviy rivojlanib, bir g`oya ikkinchisini to`ldirib kelmoqda.
Buyuk shoir Alisher Navoiy “Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha xalqlar uchun yoqimlidir” – deydi “Maxbub ul-qulub” asarida. Voiz Koshiy bu g`oyani rivojlantirib, o`zining “Axloqi Muhsiniy” asarida “Odob – bu qalbini yomon so`zlardan va nojo`ya xulqdan saqlay olish, o`zini va o`zgalarni ham hurmat qila bilish, shu bilan birga o`zini va o`zgalarning obro`sini tushirmaslikdir” deb ko`rsatadi.

Download 36.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling