Pedagogning nutq texnikasi va notiqlik madaniyati
O‘qituvchi nutqining ta’sirchanligini oshirish yo‘llari
Download 158.56 Kb. Pdf ko'rish
|
ScdnALS6jnV0GnsIQGKrvWFUVkGh0roR9mUW7unn
3.O‘qituvchi nutqining ta’sirchanligini oshirish yo‘llari. Bo‘lajak o‘qituvchi
o‘z nutqini takomillashtirishi uchun ta’lim va tarbiya jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga doimiy amal qilib borishi lozim: - o‘zbek adabiy tili qonuniyatlari va normalarini mukammal bilishi; - o‘z-o‘zini va nutqiy faoliyatini muntazam nazorat qilishi; - o‘zining nutqiy madaniyatini doimiy rivojlantirib borishi; - nutqiy muloqotning barcha holatlarida adabiy nutq qoidalarini egallash uchun o‘ziga sharoit yaratishi. O‘z-o‘zini nazorat va ifodali nutq malakalarini rivojlantirish uchun o‘qituvchi o‘z nutqiy faoliyatini kuzatishi, u jonli, xilma-xil, hissiy bo‘yoqlimi yoki bir xil monotonlimi, bilib borishi lozim. O‘qituvchi nutqining badiiy nutq me’yorlariga mosligi asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Ammo bu nutq ta’sirchanligini oshirishning muhim sharti emas. O‘qituvchi nutqining to‘g‘ri va aniq bo‘lishi bilan birga uning obrazli va ifodali bo‘lishi ham muhimdir. Nutq ta’sirchanligini oshirishda maqollardan, frazeologizmlardan, iboralardan ham foydalanish mumkin. Shuningdek, bunda anafora, gradasiya, inversiya, intonasiya kabi stilistik usullardan foydalanish orqali ham ma’lum bir samaradorlikka erishish mumkin. Anafora - har bir jumladan so‘ng ayrim so‘z yoki jumlalarni qayta-qayta ishlatish. Bunday takrorlalar nutqqa o‘ziga xos ritm berib, u nutqning ifodaliligini oshirishga yordam beradi. Masalan, «Vatan – bu Ona yer, Vatan – bu o‘z uyimiz, Vatan – bu o‘riklar oppoq bo‘lib gullagan bog‘, Vatan – bu bolaligimda yugurgan tuproqli ko‘chalar!». Bu gapdagi «Vatan - bu» so‘zining takrorlanishi nutqqa o‘ziga xos ritm berib ta’sirchanligini oshirdi. Gradatsiya – gapdagi so‘z yoki jumlalarning sifat o‘zgarishiga ko‘ra ketma- ket joylashtirishdir. Masalan, «Men Insondek tug‘ilmoq, yashamoq, nom qoldirmoq uchun kurashdim!». Bu gapdagi «tug‘ilmoq», «yashamoq» va «nom qoldirmoq» so‘zlari amalga oshish ketma-ketligiga ko‘ra joylashtirilgan. Inversiya - gap mazmuniga urg‘u berish maqsadida so‘zlarning odatiy joylashish tartibini o‘zgartirish. Masalan, «Men oppoq tongni ko‘rish uchun erta turdim» gapidagi «erta turish» fe’lini ajratib ko‘rsatish uchun gap tartibini quyidagicha o‘zgartirish mumkin: «Men erta turdim, oppoq tongni ko‘rmoq uchun!». Intonatsiya – nutq ohangini mazmuniga ko‘ra o‘zgartirish. Intonasiya mantiqiy va hissiy-ekspressiv ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Mantiqiy intonatsiyaning maqsadi gapda muhim o‘rin tutadigan alohida so‘z va jumlalarni ajratib ifodalash. Hissiy-ekspressiv intonatsiya o‘qituvchiga nutqi davomida fikr bildirayotgan insonlar, voqea va hodisalarga nisbatan o‘z munosabatini bildirish imkonini beradi. Bunday intonatsiya o‘qituvchining haqiqiy his-tuyg‘ularini ifodalashi lozim. Aks holda u o‘quvchilarga salbiy ta’sir etishi mumkin. O‘qituvchining nutqiy faoliyati faqat obyektiv axborot berishni emas, balki tinglovchilar sezgilarini qo‘zg‘atishga, ularning fikrlarini faollashtirishga qaratilsagina kutilgan natijalarga erishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Nutq samaradorligiga salbiy ta’sir etadigan holatlar: O‘qituvchi nutqi samaradorligi uning to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liqdir. Ayrim holatlar nutq ta’sirchanligiga salbiy ta’sir etadi. Ular quyidagilardir: 1) Sinonimlardan o‘rinli foydalana bilmaslik. O‘qituvchi hikoyasi davomida bir xil so‘zlardan tez-tez foydalanishi nutqning noto‘g‘ri tuzilganligidan darak beradi. Bunday holat ko‘pincha dialoglarni bayon etishda uchraydi. Masalan, «dedi», «aytdi» kabi kesimlardan tez-tez foydalanish holatlari uchraydi. Bu so‘zlar o‘rniga «fikr bildirdi», «ma’lum qildi», «aytdi», «so‘radi», «javob berdi» kabi tarzdagi sinonimlardan foydalanish nutqni boyitadi va ta’sirchanligini oshiradi. 2) Shevaga xos bo‘lgan so‘zlardan foydalanish. Bu holat ham o‘qituvchi faoliyatida uchraydigan asosiy kamchiliklardan biri bo‘lib, bu o‘quvchilarning nutqini oshirishga salbiy ta’sir etadi. O‘qituvchi shevaga xos bo‘lgan so‘zlardan umuman foydalanmasligi lozim. 3) Noo‘rin so‘zlarni tez-tez takrorlash. Masalan, «xo‘sh», «misol uchun», «aytaylik» kabi qator so‘zlar o‘qituvchilar nutqida ko‘p uchraydi. Bu holat ham nutq samaradorligini kamaytirish bilan birga o‘quvchilarni chalg‘itadi. Ya’ni o‘quvchilar beixtiyor o‘qituvchi nutqidagi noo‘rin so‘zlarni hisoblash bilan mashg‘ul bo‘la boshlaydilar. Bu esa o‘z-o‘zidan ularni nutqning asosiy mazmunidan chalg‘itadi. 4) Tavtologiya – bir o‘rinda bir xil ma’noli so‘zlardan foydalanish. Masalan, «Bir xil ma’noli sinonim so‘zlar». Bu o‘rindagi sinonimlar – bir xil ma’noli so‘zlarni ifodalaydi. Yoki «esdalik suvenirlar». «Suvenir» - so‘zi esdalik sovg‘a ma’nosini anglatadi. Bunday so‘zlar o‘quvchilarni so‘zlarning asl ma’nosidan chalg‘itishi mumkin. Download 158.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling