Pedagogning nutq texnikasi va notiqlik madaniyati


O‘qituvchi nutqining ta’sirchanligini oshirish yo‘llari


Download 158.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana09.03.2023
Hajmi158.56 Kb.
#1255307
1   2   3   4   5
Bog'liq
ScdnALS6jnV0GnsIQGKrvWFUVkGh0roR9mUW7unn

3.O‘qituvchi nutqining ta’sirchanligini oshirish yo‘llari. Bo‘lajak o‘qituvchi 
o‘z nutqini takomillashtirishi uchun ta’lim va tarbiya jarayonida quyidagi 
yo‘nalishlarga doimiy amal qilib borishi lozim: 
- o‘zbek adabiy tili qonuniyatlari va normalarini mukammal bilishi; 
- o‘z-o‘zini va nutqiy faoliyatini muntazam nazorat qilishi; 
- o‘zining nutqiy madaniyatini doimiy rivojlantirib borishi; 
- nutqiy muloqotning barcha holatlarida adabiy nutq qoidalarini egallash uchun 
o‘ziga sharoit yaratishi. 
O‘z-o‘zini nazorat va ifodali nutq malakalarini rivojlantirish uchun 
o‘qituvchi o‘z nutqiy faoliyatini kuzatishi, u jonli, xilma-xil, hissiy bo‘yoqlimi 
yoki bir xil monotonlimi, bilib borishi lozim. 
O‘qituvchi nutqining badiiy nutq me’yorlariga mosligi asosiy shartlardan 
biri hisoblanadi. Ammo bu nutq ta’sirchanligini oshirishning muhim sharti emas. 
O‘qituvchi nutqining to‘g‘ri va aniq bo‘lishi bilan birga uning obrazli va ifodali 
bo‘lishi 
ham 
muhimdir. 
Nutq 
ta’sirchanligini 
oshirishda 
maqollardan, 
frazeologizmlardan, iboralardan ham foydalanish mumkin. Shuningdek, bunda 


anafora, gradasiya, inversiya, intonasiya kabi stilistik usullardan foydalanish orqali 
ham ma’lum bir samaradorlikka erishish mumkin. 
Anafora - har bir jumladan so‘ng ayrim so‘z yoki jumlalarni qayta-qayta 
ishlatish. Bunday takrorlalar nutqqa o‘ziga xos ritm berib, u nutqning ifodaliligini 
oshirishga yordam beradi. Masalan, «Vatan – bu Ona yer, Vatan – bu o‘z uyimiz, 
Vatan – bu o‘riklar oppoq bo‘lib gullagan bog‘, Vatan – bu bolaligimda yugurgan 
tuproqli ko‘chalar!». Bu gapdagi «Vatan - bu» so‘zining takrorlanishi nutqqa 
o‘ziga xos ritm berib ta’sirchanligini oshirdi. 
Gradatsiya – gapdagi so‘z yoki jumlalarning sifat o‘zgarishiga ko‘ra ketma-
ket joylashtirishdir. Masalan, «Men Insondek tug‘ilmoq, yashamoq, nom 
qoldirmoq uchun kurashdim!». Bu gapdagi «tug‘ilmoq», «yashamoq» va «nom 
qoldirmoq» so‘zlari amalga oshish ketma-ketligiga ko‘ra joylashtirilgan. 
Inversiya - gap mazmuniga urg‘u berish maqsadida so‘zlarning odatiy 
joylashish tartibini o‘zgartirish. Masalan, «Men oppoq tongni ko‘rish uchun erta 
turdim» gapidagi «erta turish» fe’lini ajratib ko‘rsatish uchun gap tartibini 
quyidagicha o‘zgartirish mumkin: «Men erta turdim, oppoq tongni ko‘rmoq 
uchun!». 
Intonatsiya – nutq ohangini mazmuniga ko‘ra o‘zgartirish. Intonasiya 
mantiqiy 
va 
hissiy-ekspressiv 
ko‘rinishda 
bo‘lishi 
mumkin. 
Mantiqiy 
intonatsiyaning maqsadi gapda muhim o‘rin tutadigan alohida so‘z va jumlalarni 
ajratib ifodalash. Hissiy-ekspressiv intonatsiya o‘qituvchiga nutqi davomida fikr 
bildirayotgan insonlar, voqea va hodisalarga nisbatan o‘z munosabatini bildirish 
imkonini beradi. Bunday intonatsiya o‘qituvchining haqiqiy his-tuyg‘ularini 
ifodalashi lozim. Aks holda u o‘quvchilarga salbiy ta’sir etishi mumkin. 
O‘qituvchining nutqiy faoliyati faqat obyektiv axborot berishni emas, balki 
tinglovchilar sezgilarini qo‘zg‘atishga, ularning fikrlarini faollashtirishga 
qaratilsagina kutilgan natijalarga erishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Nutq samaradorligiga salbiy ta’sir etadigan holatlar: 
O‘qituvchi nutqi samaradorligi uning to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liqdir. 
Ayrim holatlar nutq ta’sirchanligiga salbiy ta’sir etadi. Ular quyidagilardir: 


1) Sinonimlardan o‘rinli foydalana bilmaslik. O‘qituvchi hikoyasi davomida 
bir xil so‘zlardan tez-tez foydalanishi nutqning noto‘g‘ri tuzilganligidan darak 
beradi. Bunday holat ko‘pincha dialoglarni bayon etishda uchraydi. Masalan, 
«dedi», «aytdi» kabi kesimlardan tez-tez foydalanish holatlari uchraydi. Bu so‘zlar 
o‘rniga «fikr bildirdi», «ma’lum qildi», «aytdi», «so‘radi», «javob berdi» kabi 
tarzdagi sinonimlardan foydalanish nutqni boyitadi va ta’sirchanligini oshiradi. 
2) Shevaga xos bo‘lgan so‘zlardan foydalanish. Bu holat ham o‘qituvchi 
faoliyatida uchraydigan asosiy kamchiliklardan biri bo‘lib, bu o‘quvchilarning 
nutqini oshirishga salbiy ta’sir etadi. O‘qituvchi shevaga xos bo‘lgan so‘zlardan 
umuman foydalanmasligi lozim. 
3) Noo‘rin so‘zlarni tez-tez takrorlash. Masalan, «xo‘sh», «misol uchun», 
«aytaylik» kabi qator so‘zlar o‘qituvchilar nutqida ko‘p uchraydi. Bu holat ham 
nutq samaradorligini kamaytirish bilan birga o‘quvchilarni chalg‘itadi. Ya’ni 
o‘quvchilar beixtiyor o‘qituvchi nutqidagi noo‘rin so‘zlarni hisoblash bilan 
mashg‘ul bo‘la boshlaydilar. Bu esa o‘z-o‘zidan ularni nutqning asosiy 
mazmunidan chalg‘itadi. 
4) Tavtologiya – bir o‘rinda bir xil ma’noli so‘zlardan foydalanish. Masalan, 
«Bir xil ma’noli sinonim so‘zlar». Bu o‘rindagi sinonimlar – bir xil ma’noli 
so‘zlarni ifodalaydi. Yoki «esdalik suvenirlar». «Suvenir» - so‘zi esdalik sovg‘a 
ma’nosini anglatadi. Bunday so‘zlar o‘quvchilarni so‘zlarning asl ma’nosidan 
chalg‘itishi mumkin. 

Download 158.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling