Pedagogoik muloqotda umuminsoniy qadriyatlar. Umuminsoniy qadriyatlar
Download 12.67 Kb.
|
Pedagogik mahorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Til shirinligi – koʻngilga yoqimlidir, muloyimligi esa foydali. Shirin soʻz sof koʻngillar uchun asal kabi totlidir»
Insonning oʻnta nishonasi
xalq toʻgʻri deb topgan narsaga notoʻgʻri deb qaramaslik; 1 2 3 4 5 yoshlikdan oʻz nafsiga erk bermaslik; birovlardan aslo ayb qidirmaslik; yomonlik va omadsizlikni yaxshilikka yoʻyish; agar gunohkor uzr soʻrasa, uzrini qabul qilish va – kechirimli boʻlish; Insonning oʻnta nishonasi muhojirlar hojatini chiqarish; 6 7 8 9 10 doimo el gʻamini eyish; aybini tan olish; el bilan ochiq chehrali boʻlish; odamlar bilan doimo shirin muomalada boʻlish. Muloqot Sharqona tarbiyada axloq qoʻrki sanalgan. Muallim har bir oʻquvchining qanday dunyoqarashga egaligi, tafakkuri, bilim saviyasi, hayotga nisbatan munosabati odamlar bilan oʻzaro muloqotida namoyon boʻlishini uqtirgan. Sharq mutafakkirlari merosida muloqot – azaldan insonlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqa vositasi boʻlgan. Muloqotning asosiy quroli til hisoblangan. Shuning uchun ham til – aloqa quroli sifatida ta’riflanadi. Insonning tili shirin, muomala madaniyatiga ega boʻlsa, qisqa vaqt ichida xalq orasida obroʻ-e’tibor topadi. Koʻp gapirish hech qachon kishiga obroʻ keltirmaydi. Shuning uchun ham oʻtmishda yashab oʻtgan mutafakkirlarimiz tilga, aytiladigan har bir soʻzga hurmat bilan, oʻylab yondashish lozimligini uqtirib oʻtganlar. Oʻqituvchi “soʻz aytishdan avval, har daqiqada soʻz ortidan keladigan oqibatlarni oʻyla”shi (I.P.Pavlov) kerak. Alisher Navoiy adabiy meroslarida muomala madaniyati, xushmuomalalik, tilning ahamiyati toʻgʻrisida, shirinsoʻzlik haqida noyob fikrlarni bayon qilgan. Bygungi kunda ham bu fikrlar oʻz ahamiyatini yoʻqotgan emas. «Til shirinligi – koʻngilga yoqimlidir, muloyimligi esa foydali. Shirin soʻz sof koʻngillar uchun asal kabi totlidir» Oʻqituvchining bilimi, pedagogik mahorati, qizgʻin mehnati barkamol avlodni tarbiyalashga, ularda tashabbuskorlik, faollik, ishbilarmonlik, ijodkorlik, tadbirkorlik hislatlarini va ma’naviy ongini shakllantirishga qaratilgan. Jamiyatdagi global oʻzgarishlar, texnik va texnologik taraqqiyot, dunyoviy fanlardagi oʻzgarishlar va yangiliklar uning sharafli mehnatiga ta’sir qiladi. Buning uchun ijodkorlik talab etiladi. Ijodkorlik esa faqat qizgʻin mehnat tufayli sodir boʻladigan faoliyat shakli. Download 12.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling