“pedagogs” international research journal issn
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
79-82
2181-4027
_SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-24, Issue-3, December - 2022 81 tayyorlangan buyumlar, shuningdek, ko‘rgazmalarda ishtirok etishga mo‘ljallangan hunarmandchilik buyumlari. MUHOKAMA. Zardo‘zlik san’ati bu uchalaga guruhga xos bo‘lgan xususiyatlarni o‘zida jamlaydi deyilsa, mubolag‘a bo‘lmaydi. Negaki, xalq hunarmandchiligini zardo‘zlik san’ati natijalari ro‘zg‘orda foydalanishga ham (kiyim-kechaklar, choynakpo‘shlar, qizlar uchun do‘ppilar, kelin-kuyovlarga mos va xos ro‘mol va ro‘molcalar ro‘zg‘orbop buyumlardir); moddiy jihatdan foyda olish uchun bozor rastalarini bezashga ham; turli tanlov yoki ko‘rgazmalarda ishitirok etadigan hunarmandlarning eng sara ishlari sifatida e’tirof etilishiga ham loyiqdir. Ushbu e’tirofga zardo’zlik san’ati o‘z-o‘zidan erishib qolmagan, albatta, uning ma’lum bir tarixi mavjuddir. Bu tarix haqida so‘z borar ekan avvalo, ko‘hna Samarqand alohida ta’kidlanishi joiz. Chunki XV asrda Samarqand nafaqat ilm-fan markazi sifatida, balki madaniy-ma’rifiy sohada ham dunyoda mashhur edi. Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davrida bu yerga olimlar qatori o‘z davrining mashhur usta-hunarmandlari ham jam bo‘lgan. Temuriylar davrida Samarqand va Hirotda zardo‘zlik mahsulotlariga talab ancha yuqori bo‘lgan. Saroy ahli hamda badavlat kishilar zarbof kiyimlardan o‘z boyligi, kuch-qudrati hamda shon-shuhratini namoyish etish, oddiy xalqdan o‘zlarini ustun qo‘yish maqsadida foydalanishgan. Shuning uchun bu davrda zardo‘zlik ustaxonalari faqatgina podsho saroylarida joylashgan. Ustaxonalarda podsholikning eng sara zardo‘zlari faoliyat yuritgan. Ular podsho va uning yaqinlari tomonidan berilgan buyurtmalarga asosan kamzul, chakmon, poyabzal, belbog‘, salla, kuloh va jul tikishgan. Hech kim, hatto eng katta amaldorlar ham zardo‘zi kiyim-kechaklardan birortasini o‘zi buyurtirishga haqqi bo‘lmagan, ularni podsho sovg‘a qilgandagina kiyishlari mumkin bo‘lgan. Zardo‘zlik uslubidan foydalanilgan holda tikilgan do‘ppini eslatuvchi bosh kiyimlarning qadim o‘tmishda ham mavjud bo‘lganligini tasdiqlovchi dalillarni arxeologik yodgorliklar, devoriy yozuvlar, terrakota haykalchalar, XV-XVI asrlarga oid sharq miniatyuralarida ko‘rish mumkin. Panjikent tasviriy san’atida ham bir nechta xuddi shunday bosh kiyim tasvirlari saqlanib qolgan. Movarounnahrda XV-XVII asrlarda, Samarqandda XVI asrning birinchi yarmi miniatyuralarida ayollarning turli- tuman bosh kiyimlari uchraydi. Bu bosh kiyimlar ham zardo‘zlik asosida tikilib, foydalanilgan bosh kiyimlardir. NATIJA. Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davrida Samarqandda ilm-fan bilan bir qatorda shahardagi madaniy-ma’rifiy hayot ham yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan edi. Ko‘plab hunarmandchilik ustaxonalari tashkil etilgan, bozorlardagi hunarmandchilik rastalari qo‘li gul hunarmandlarning mahsulotlari, shuningdek, zardo‘zik san’atidan unumli foydalanish natijasida yaratilgan buyumlar bilan to‘la bo‘lgan. Bu manzarani hozirgi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling