“pedagogs” international research journal issn
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
79-82
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA TAVSIYA ETILADIGAN INTERNET RESURSLARI RO‘YXATI
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-24, Issue-3, December - 2022 82 zamon tasvirida Mirzo Ulug‘bek madrasasi (va boshqa tarixiy joylar) hududida joylashgan hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlarida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Bu esa o‘rta asrlar hunarmandchilik an’analarining bugungi kungacha davom etayotgani, qadrlanayotgani va yuksalayotganidan dalolatdir. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘linsa, zardo‘zlik uslubidan foydalanish natijasida yaratilgan ko‘pgina buyumlar, kiyim-kechaklar asosan ko‘hna Samarqandda juda urf bo‘lgan. Hatto, bugun ham buning yaqqol natijasini kelinlarning sarpolarini to‘ldirib turgan zardo‘zi xalatlar, bejirim do’ppilar kelinchak sepining asosiy qismidan joy oladigan choynakpo‘shlarda ko’rish mumkin. Yana aytish kerakki, Buxoroi sharif ham zardo‘zlik san’atining qadim urug‘larini xalq hunarmandchiligi uchun qadab bergan maskanlardan biridir. Bugun turli hunarmandchilikka doir bo‘lgan xalqaro ko‘rgazmalarda faol ishtirok etib, O‘zbekiston nomi va xalq hunarmandchiligini bugun jahonga tanitib kelayotgan qo‘li gul hunarmandlarning ijodiy va amaliy ishlari natijalari ham zardo‘zlik uslubi asosida yaratilgan turli xil buyumlar, kiyim-kechaklar bilan boydir. XULOSA. Yuqoridagi so’zlarning xulosasi sifatida aytish mumkinki, qaysiki davrda bo‘lmasin xalq hunarmandchiligi o‘zining yuksak o‘rnini yo‘qotmaydi. Aynan zardo‘zlik san’ati va zardo‘zlik uslubidan foydalanish natijasida yaratilgan buyum-u kiyimlar, do‘ppilar ham o‘zbek xalqining an’anaviy udumlarini ellarga yoymoqlikka asos bo‘ladi. Bugun ham xalq hunarmandlari azaliy qadriyatlarni e’zozlab kelayotganini dunyo hunarmandlari ularning ishlari natijalarida ko‘radilar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA TAVSIYA ETILADIGAN INTERNET RESURSLARI RO‘YXATI: 1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 2. S.Bulatov. O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati. Toshkent. 3. S.Bulatov. O‘zbekiston san’ati tarixi. Toshkent 4. https://www.norma.uz/ 5. https://optolov.ru/uz/ 6. https://uz.wikipedia.org/ Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling