“pedagogs” international research journal issn
''Masalalar yechish" usuli
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
51-55 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995
6.''Masalalar yechish" usuli.
Bu usulda o'quvchilarda matematik kompitensiyalar shakllantiriladi, masalalar yechimini topish yo'llarini izlashga undaydi,topqirlik va ziyraklikni oshiradi. “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-9, Issue-2, May - 2022 54 1-masala. Agar aa gomozigotali individlar populyasiyaning 1 foizini tashkil qilsa, u holda AA va Aa genotiplarga ega bo‘lgan individlarning uchrash chastotalarini aniqlang. Masalaning echilishi: masala shartiga ko‘ra, retsessiv gomozigotali aa genotipli individlar populyasiyada 1 % yoki 0,01 holida uchraydi. SHunga ko‘ra, a allelning chastotasi (q) topiladi: a = q = √q 2 = √0,01 = 0,1 yoki q = 0,1. Bunday holda dominant A allelining uchrash chastotasi p = 1 – q = 1 – 0,1 = 0,9 yoki p = 0,9 bo‘ladi. AA genotipli individlarning uchrash chastotasi esa 0,81 ga teng bo‘ladi, ya’ni AA = p 2 = 0,9 2 = 0,81. Aa genotipli individlarning chastotasini quyidagicha topamiz: Aa = 2 pq = 2 (0,9 x 0,1) = 0,18 Shunday qilib, o‘rganilayotgan populyasiya 81% AA genotipli, 18% Aa genotipli va 1% aa genotipli individlardan tashkil topgan. 2-masala. Quyidagi populyasiyalarda A alleli (p) va a alleli (q) ning uchrash chastotalarini aniqlang: a) AA = 36%, Aa = 48%, aa = 16%; b) AA = 64%, Aa = 32%, aa = 4%; v) AA = 49%, Aa = 42%, aa = 9%. Masalaning echilishi: a) mazkur populyasiyada AA genotipli (p 2 ) individlarning uchrash chastotasini bilgan holda, A allelining (p) uchrash chastotasini aniqlash mumkin: AA = p 2 = 36% yoki 0,36 A = p = √p 2 = √0,36 = 0,6 a allelining (q) uchrash chastotasini 2 xil yo‘l bilan topish mumkin: 1) p + q = 1 formulasidan foydalanib a allelning uchrash chastotasini topish, ya’ni q = 1 – p = 1 – 0,6 = 0,4; 2) aa = 16% 0,16 a = q = √q 2 = √0,16 = 0,4 Bu masalaning b va v punktlari ham xuddi shu tartibda yechiladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling