Pedogogika -t2
Muskul-harakat sezgilari va statik sezgilar
Download 360.07 Kb. Pdf ko'rish
|
1681796272 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organik sezgilar
- 3.Diqqatni diagnostika qilish metodlari.(P’eron - Ruzer metodikasi, Shult jadvali) Peron- Ruzer metodikasi
Muskul-harakat sezgilari va statik sezgilar
Muskul-harakat sezgilari motor sezgilari, goho kines-tetik sezgilar deb nomlanib, ularga og'irlikni, qarshihkni, organlar harakatini bilish sezgilari kiradi. Ularning organlari — gavda muskullari, paylar, bo'g'imlardan iboratdir. Organlarning tarkibida sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari mavjud bo'lib, ularning ta'sirida harakat va statik sezgilar vujudga keladi. Muskul-harakat sezgilarining fizik sababi muskulfarga ta'sir etuvchi narsalarning mexanik tazyiqi va gavda harakatlaridir. Statik sezgilar gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash sezgilaridir. Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi uchun ichki quloqdagi vestibular apparat retseptor vazifasini bajaradi. Vestibular apparat quloq dahlizi va yarimdoira kanallardan tashkil topgan bo'ladi. Sezuvchi nerv tarmoqlari esa gavdaning fazodagi harakatini va holatini boshqaradi. Gavda muvozanatini saqlashda otolitlar alohida ahamiyat kasb etib, ular endolimfada suzib yuradigan mayda ohaktosh kristallaridan tashkil topgandir. Odatda, organizm avtomatik ravishda refleks yo'li bilan muvozanat saqlaydi. Organik sezgilar Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda: qizilo'ngach, me'da, ichak, qon tomirlari, o'pka va shu kabilarda joylashgan bo'ladi. Ichki organlardagi jarayonlar organik sezgi retseptorlarining qo'zg'atuvchilaridirlar. Ular quyidagilardan iboratdir: 1. og'riq sezgilari; 2. xush tuyg'ular; 3. noxush tuyg'ular. 3.Diqqatni diagnostika qilish metodlari.(P’eron - Ruzer metodikasi, Shult jadvali) P'eron- Ruzer metodikasi Metodika qurish-yasash xususiyatlari, maqsadga yo‘nalgan ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlarini, harakatlarning yangi usullarini o‘zlashtirishni o‘rganishga mo‘ljallangan. Bu metodika yordamida ixtiyoriy diqqat hajmi, uning barqarorligi haqida bilib olish mumkin. Tajriba o‘tkazish uchun 10 qatordan geometrik figuralar chizilgan maxsus qog‘oz varag‘i oldindan tayyorlanadi (1-ilova). Yuqoridagi to‘rtta figuraga turli belgilar qo‘yib chiqilib, qog‘ozdagi boshqa figuralarga ham xuddi shunday belgilar qo‘yib chiqish sinaluvchiga taklif etiladi. U o‘z harakatlarini namuna bilan solishtirishi mumkin. Olingan natijalarni tahlil qilish va qayta ishlashda 100 ta figurani chizishga ketgan vaqt, ehtimoli bo‘lgan xatolar soni, topshiriqni bajarish xarakterini tahlil qilishda yosh me'yorlarini hisobga olish zarur (4-jadval). 4-jadval 7-8 yoshli bolalar uchun P'eron - Ruzer metodikasi bo‘yicha qog‘ozni to‘ldirish normalari (M.P.Kononova natijalari). To‘ldirish vaqti Xatolar soni Sifati(%) () 1 daqiqa 15 soniya - 100 1 daqiqa 15 soniya 2 60 1 daqiqa 50 soniya 3 50 2 daqiqa 10 soniya 6 20 Bunda sinaluvchining chalg‘iganligi, ishni davom ettirish zarurligi haqida eslatilganligi va hokazolar e'tiborga olinadi. Diqqatning ko‘chishi, uzoq davom etadigan aqliy ishga qobiliyatini o‘rganish maqsadida I.V.Kruk (1986) tomonidan taklif etilgan metodikaning o‘zgartirilgan variantini qo‘llash mumkin. Uning mazmuni quyidagicha: bola 1-qog‘ozni to‘ldirgandan so‘ng, to‘ldirish qo‘llanmasi o‘zgartirilib, 2-qog‘oz taklif etiladi; o‘sha belgilarni boshqa geometrik figuralarga qo‘yib chiqish kerak. Keyin 3-qog‘oz ko‘rsatiladi: toq qatorlar 1-qog‘oz namunasi bo‘yicha, juft qatorlarni 2-qog‘oz namunasi bo‘yicha to‘ldiriladi. Olingan natijalar quyidagicha qayta ishlanadi. 1 va 2-chi qog‘ozlarni to‘ldirish uchun ketgan vaqt orasidagi farq vaqt etishmovchiligi –E ni aniqlash orqali amalga oshiriladi: E=t 1 +t 2 Bu erda t – qog‘ozlarni to‘ldirish uchun ketgan vaqt. Bundan tashqari, xatolar farqi (XF) quyidagi formula bilan aniqlanadi. XF=3K-/IK+2K/; Bu erda k – har bir qog‘ozni to‘ldirishdagi xatolar. Xatolar farqi ko‘rsatkichi ixtiyoriy diqqat darajasining pastligi, aqliy ish qobiliyati yomonligi mezoni sifatida qaralishi mumkin. Bolalar bu topshiriqni qiziqib bajaradilar, yaxshiroq natijaga erishishga intiladilar. 5-6 yoshli bolalar qog‘ozni to‘ldirishni Yuqoridagi 4 ta figuraga qarab bajaradi. 9-10 yoshli o‘quvchilar esa 1 daqiqadan so‘ng bu ishlarni eslab qolib mustaqil bajaradi. Download 360.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling