Pedogogika -t2


Muskul-harakat sezgilari va statik sezgilar


Download 360.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi360.07 Kb.
#1560460
1   2   3   4
Bog'liq
1681796272 (2)

Muskul-harakat sezgilari va statik sezgilar 
 
Muskul-harakat sezgilari motor sezgilari, goho kines-tetik sezgilar deb 
nomlanib, ularga og'irlikni, qarshihkni, organlar harakatini bilish sezgilari 
kiradi. Ularning organlari — gavda muskullari, paylar, bo'g'imlardan iboratdir. 


Organlarning tarkibida sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari mavjud bo'lib, 
ularning ta'sirida harakat va statik sezgilar vujudga keladi. 
Muskul-harakat sezgilarining fizik sababi muskulfarga ta'sir etuvchi 
narsalarning mexanik tazyiqi va gavda harakatlaridir. 
Statik sezgilar gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash 
sezgilaridir. 
Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi uchun ichki 
quloqdagi vestibular apparat retseptor vazifasini bajaradi. Vestibular apparat 
quloq dahlizi va yarimdoira kanallardan tashkil topgan bo'ladi. Sezuvchi nerv 
tarmoqlari esa gavdaning fazodagi harakatini va holatini boshqaradi. Gavda 
muvozanatini saqlashda otolitlar alohida ahamiyat kasb etib, ular endolimfada 
suzib yuradigan mayda ohaktosh kristallaridan tashkil topgandir. 
Odatda, organizm avtomatik ravishda refleks yo'li bilan muvozanat saqlaydi. 
Organik sezgilar 
 
Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda: qizilo'ngach, me'da, ichak, 
qon tomirlari, o'pka va shu kabilarda joylashgan bo'ladi. 
Ichki organlardagi jarayonlar organik sezgi retseptorlarining 
qo'zg'atuvchilaridirlar. Ular quyidagilardan iboratdir: 
1. og'riq sezgilari; 
2. xush tuyg'ular; 
3. noxush tuyg'ular. 
3.Diqqatni diagnostika qilish metodlari.(P’eron - Ruzer 
metodikasi, Shult jadvali) 
P'eron- Ruzer metodikasi 
Metodika qurish-yasash xususiyatlari, maqsadga yo‘nalgan ko‘nikmalarni 
egallash imkoniyatlarini, harakatlarning yangi usullarini o‘zlashtirishni 
o‘rganishga mo‘ljallangan. Bu metodika yordamida ixtiyoriy diqqat hajmi, 
uning barqarorligi haqida bilib olish mumkin. Tajriba o‘tkazish uchun 10 
qatordan geometrik figuralar chizilgan maxsus qog‘oz varag‘i oldindan 
tayyorlanadi (1-ilova). 


Yuqoridagi to‘rtta figuraga turli belgilar qo‘yib chiqilib, qog‘ozdagi boshqa 
figuralarga ham xuddi shunday belgilar qo‘yib chiqish sinaluvchiga taklif 
etiladi. U o‘z harakatlarini namuna bilan solishtirishi mumkin. Olingan 
natijalarni tahlil qilish va qayta ishlashda 100 ta figurani chizishga ketgan vaqt, 
ehtimoli bo‘lgan xatolar soni, topshiriqni bajarish xarakterini tahlil qilishda 
yosh me'yorlarini hisobga olish zarur (4-jadval). 
4-jadval 
7-8 yoshli bolalar uchun P'eron - Ruzer metodikasi bo‘yicha qog‘ozni to‘ldirish 
normalari (M.P.Kononova natijalari).
To‘ldirish vaqti
Xatolar soni
Sifati(%) ()
1 daqiqa 15 soniya

100 
1 daqiqa 15 soniya

60 
1 daqiqa 50 soniya 

50 
2 daqiqa 10 soniya 

20 
Bunda sinaluvchining chalg‘iganligi, ishni davom ettirish zarurligi haqida 
eslatilganligi va hokazolar e'tiborga olinadi. 
Diqqatning ko‘chishi, uzoq davom etadigan aqliy ishga qobiliyatini o‘rganish 
maqsadida I.V.Kruk (1986) tomonidan taklif etilgan metodikaning o‘zgartirilgan 
variantini qo‘llash mumkin. Uning mazmuni quyidagicha: bola 1-qog‘ozni 
to‘ldirgandan so‘ng, to‘ldirish qo‘llanmasi o‘zgartirilib, 2-qog‘oz taklif etiladi; 
o‘sha belgilarni boshqa geometrik figuralarga qo‘yib chiqish kerak. Keyin 
3-qog‘oz ko‘rsatiladi: toq qatorlar 1-qog‘oz namunasi bo‘yicha, juft qatorlarni 
2-qog‘oz namunasi bo‘yicha to‘ldiriladi. Olingan natijalar quyidagicha qayta 
ishlanadi. 1 va 2-chi qog‘ozlarni to‘ldirish uchun ketgan vaqt orasidagi farq vaqt 
etishmovchiligi –E ni aniqlash orqali amalga oshiriladi: 
E=t
1
+t
2
Bu erda t – qog‘ozlarni to‘ldirish uchun ketgan vaqt. 
Bundan tashqari, xatolar farqi (XF) quyidagi formula bilan aniqlanadi. 
XF=3K-/IK+2K/; 


Bu erda k – har bir qog‘ozni to‘ldirishdagi xatolar. 
Xatolar farqi ko‘rsatkichi ixtiyoriy diqqat darajasining pastligi, aqliy ish 
qobiliyati yomonligi mezoni sifatida qaralishi mumkin. 
Bolalar bu topshiriqni qiziqib bajaradilar, yaxshiroq natijaga erishishga 
intiladilar. 5-6 yoshli bolalar qog‘ozni to‘ldirishni Yuqoridagi 4 ta figuraga 
qarab bajaradi. 9-10 yoshli o‘quvchilar esa 1 daqiqadan so‘ng bu ishlarni eslab 
qolib mustaqil bajaradi. 

Download 360.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling