Pedogogika fakulteti
Download 91.25 Kb.
|
BERDIYEV ULUG\'BEK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Termiz-2023 Boshlang’ich ta’lim mazmuni va mohiyati Reja
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDOGOGIKA FAKULTETI BOSHLANG’ICH TA’LIM YO‘NALISHI
2-BOSQICH 23-01-GURUH TALABASI BERDIYEV ULUG’BEKNING BOSHLANG’ICH TA’LIM PEDOGIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI Termiz-2023 Boshlang’ich ta’lim mazmuni va mohiyati Reja: 1. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi mazmuni, metodologiyasi hamda zamonaviy tendentsiyalari. 2. Boshlang’ich ta’limda o’qitish jarayonining mohiyati 3. Pedagogik ta’limda sharq olimlarining fikr va mulohazalari. 4. Test 5. Glossariy O’zbekistonda barpo etilayotgan Uchinchi Renessans davrida boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan: - boshlang’ich sinf o’quvchilarining tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; - boshlang’ich ta’limni ilg’or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish; - boshlang’ich ta’lim samaradorligiga erishish. Mazkur vazifalar oliy pedagogik ta’lim jarayonida o’qitilayotgan “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” fanining mazmunini belgilaydi. Unga ko’ra, mazkur fanning mazmuni boshlang’ich ta’lim, tarbiya va uni o’qitish asoslari bo’yicha bo’lajak o’qituvchilarga nazariy bilim, ko’nikma hamda malaka berishdan iborat. Bunda quyidagilarga e’tibor berish lozim: - boshlang’ich ta’lim tushunchasi quyidagilarni qamrab oladi: 1) inson va jamiyat qadriyatlariga asosan 7-11 yoshli o’quvchilarga bilim berish; 2) boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitish va tarbiyalash jarayoni; 3) boshlang’ich ta’limning samarasiga erishish; 4) boshlang’ich ta’limni yaxlit tizim sifatida qabul qilish. - boshlang’ich ta’limda tarbiya tushunchasi quyidagilarni ifodalaydi: 1) boshlang’ich sinf o’quvchilariga insoniyatning tarbiyaga oid tajribasini uzatish; 2) boshlang’ich sinf o’quvchilarini madaniyat va qadriyatlar olamiga olib kirish; 3) boshlang’ich sinf o’quvchilari shaxsini rivojlantirish; 4) boshlang’ich ta’lim o’quvchilarini hayotning murakkab vaziyatlari va holatlariga tayyorlash. - boshlang’ich ta’limda o’qitish tushunchasining mazmuni quyidagilardan iborat: 1) boshlang’ich sinf o’quvchilariga bilim, hayotiy tajriba, faoliyat ko’nikmasi berish va ularning tafakkurini shakllantirish; 2) boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilim, ko’nikma va malaka hislarini shakllantirish; 3) boshlang’ich sinf o’quvchilarining xotira, diqqat va fikr yuritish ko’nikmasini shakllantirish; 4) boshlang’ich sinf o’quvchilarining qiziqish, layoqat va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirish. Ushbu uch muhim kategorial tushuncha “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi” fani mazmunini tashkil qiladi. Bu fan vositasida O’qituvchi 7 -11 yoshli shaxslarga dastlabki ta’lim va tarbiyani beradi, ularni o’qish ko’nikmasini shakllantiradi. Ayni paytda mazkur fanning mazmuniga ko’ra, boshlang’ich sinf o’quvchilari quyidagilarga amal qilishi shart: 1) o’qishi, ya’ni boshlang’ich sinf o’quvchilari aniq ma’lumotlarni va topshiriqlarni O’qituvchi yordamida sinfdoshlari bilan birgalikda yoki mustaqil ravishda o’zlashtirishi; 2) kuzatish, qiyoslash va fikrlash ko’nikmalarini egallashi; 3) o’z fikri va qarashlarini ifodalay olishi kerak. Bularning barchasi boshlang’ich ta’lim pedagogikasi mazmunini tashkil qiladi. Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi. “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” fani o’ziga xos metodologik asoslarga tayanadi. Mazkur metodologiyaning asosiylarini quyidagilar tashkil etadi: - boshlang’ich ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlar; - boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti; - boshlang’ich ta’limga oid Sharq va G’arb pedagogik tajribalari; - boshlang’ich ta’limga oid ilmiy tadqiqotlar. Ushbu metodologik asoslarini bo’lajak o’qituvchilar aniq o’zlashtirishi lozim. - boshlang’ich ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlar. O’zbekiston Respublikasida boshlang’ich ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat: a) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bilim olish va kasb - hunar egallashga oid belgilab qo’yilgan huquqlar; b) O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi yangi Qonuni (2020 yil 23 sentyabr); v) yagona “Milliy o’quv dasturi”; g) boshlang’ich ta’lim davlat standartlari va davlat talablari; d) boshlang’ich ta’limga oid O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari hamda Farmoyishlari. - boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti; O’zbekistonda boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti quyidagilarga asoslanadi: a) boshlang’ich ta’limda bilim berish, tarbiyalash va o’qitish asoslari; b) boshlang’ich ta’lim bo’yicha milliy tajriba; v) boshlang’ich ta’lim bo’yicha ilg’or mamlakatlarning an’analari; g) boshlang’ich ta’lim metodlari, vositalari va texnologiyalari. Bo’lajak o’qituvchilar boshlang’ich ta’limning mazkur nazariyasi va amaliyoti asoslarini o’zlashtirishlari taqozo etiladi. -boshlang’ich ta’limga oid Sharq va G’arb pedagogik tajribalari mazkur masala bo’yicha Sharq va G’arb pedagogik tajribalari o’ziga xos tarzda mavjud. Unga ko’ra, Sharq va G’arb pedagogikasi tajribalari quyidagi uyg’unlikka ega: a) 6-7 yoshli o’quvchilarga bepul boshlang’ich ta’lim berish; b) boshlang’ich sinf o’quvchilarini bilim olamiga olib kirish; v) boshlang’ich sinf o’quvchilarini davr va jamiyat talablari asosida tarbiyalash; g) boshlang’ich sinf o’quvchilarini keyingi ta’lim olishga tayyorlash. Ayni paytda, SHarq boshlang’ich ta’lim tajribasida quyidagi o’ziga xosliklar mavjud: - Ustoz-shogird an’anasiga tayanish; - boshlang’ich sinf o’quvchilarini jamoaviy (o’qituvchilar, murabbiylar, psixologlar, maktab jamoasi va ota-onalar ishtirokida) tarbiyalash; - boshlang’ich ta’lim o’quvchilarini O’zbekiston sharoitida Prezident va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o’qish uchun tayyorlash; - boshlang’ich ta’lim o’quvchilarini oila va milliy qadriyatlar asosida voyaga yetkazish. G’arb boshlang’ich ta’lim tajribasida quyidagi o’ziga xosliklar mavjud: - bolaga individual yondashish; - bolaning ijodiy layoqatlarini shakllantirish; - bolani mustaqil fikrlash va faoliyatga o’rgatish; - bolaning kasb-hunar negizlari bilan dastlabki bosqichda tanishtirish. Bizning yondashuvimizga ko’ra, oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak o’qituvchilar boshlang’ich ta’limga oid SHarq va G’arb tajribalarini uyg’un o’zlashtirish kerak. - boshlang’ich ta’limga oid ilmiy tadqiqotlar. O’zbekistonda boshlang’ich ta’limga oid ilmiy-tadqiqotlar XX asrdan boshlab amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada Abdurauf Fitrat, Munavvar Qori va Abdulla Avloniyning ilmiy ishlanmalavri, shuningdek, yuzlab o’zbek olimlarining ilmiy tadqiqotlari mavjud. Mazkur ilmiy tadqiqotlarda izchil ravishda quyidagi muammoldar o’rganilib kelinmoqda: a) boshlang’ich ta’limning asoslari, funktsional vazifalari, metodlari va texnologiyalari; b) boshlang’ich singf o’qituvchisiga qo’yiladigan kasbiy talablar va ularning individual metodlari, texnologiyalarini ommalavshtirish; v) boshlang’ich ta’limga zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq etish; g) boshlang’ich ta’lim samaradorligini monitoring qilib borish asoslari. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak o’qituvchilar boshlang’ich ta’limga oid ilmiy tadqiqotlarning ana shu yo’nalishlarini o’zlashtirishi tavsiya etiladi. Boshlang’ich ta’limning zamonaviy tendentsiyalari. “Tendensiya” tushunchasi lotincha bo’lib, an’ana, takomil va namuna ma’nolarini anglatadi. SHu jihatdan hozirgi zamon boshlang’ich ta’limining o’ziga xos va muhim tendentsiyalari quyidagilardan iborat: 1) boshlang’ich ta’limga yangi va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish; 2) boshlang’ich ta’limning madaniy kontekstini kuchaytirish; 3) boshlang’ich ta’limga oid xalqlarning ilg’or tajribalarini tadbiq etish. Boshlang’ich ta’limga yangi va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda kompyuter, Internet tarmog’i imkoniyatlaridang oqilona foydalanish masalasiga asosiy e’tibor berilmoqda. Bunda texnologik ta’lim asoslari kuchayib bormoqda va ayni paytda, texnologik ta’lim rivojlanish hamda shakllanish jarayonida bo’lgan boshlang’ich ta’lim o’quvchilarining insoniy, jismoniy hamda estetik tuyg’ularini texnokratik tarzda shakllantirmasligi kerak. Boshlang’ich ta’limning madaniy kontekstini kuchaytirish jarayonida 7-11 yoshli o’quvchilarga xalqning milliy va oilaviy qadriyatlari asosida bilim berish, ularning axloqiy va faoliyat ko’nikmasini umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirishnga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Misol uchun, O’zbekistonda xalq an’analari, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, oilaparvarlik kabilar milliy qadriyatlar, bag’rikenglik, demokratlik, birodarlik singarilar umuminsoniy qadriyatlar hisoblanadi. SHu sababli boshlang’ich ta’limning madaniy kontekstini kuchaytirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligiga asoslanish taqozo etiladi. Butun dunyoda boshlang’ich ta’limga xalqlarning ilg’or tajribalarini tadbiq etish tendentsiyasi davom etmoqda. Unga ko’ra, muayyan xalqlarning boshlang’ich ta’limda eris hgan yutuqlari o’zga xalqlar tomonidan qabul qilinmoqda. Misol uchun, Rossiya Federatsiyasining boshlang’ich ta’limdagi xalqparvarlik konteksti, Finlandiya qirolligining boshlang’ich ta’limidagi xususiy ta’lim konteksti va O’zbekiston boshlang’ich ta’limidagi dunyoviylik konteksti xalqaro tajribalar sifatida e’tirof etiladi. Zero, boshlang’ich ta’lim pedagogikasi mazmuni quyidagicha idrok etiladi: Asoslar Tushuncha Bilim berish O’qitish va tarbiyalash Samaraga erishish Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi tushunchasi Tizim Metodologiya Normativ-huquqiy hujjatlar Nazariya va amaliyot Sharq va G’arb pedagogikasi tajribalari Ilmiy tadqiqotlar Tendensiya Yangi va zamonaviy texnologiyalar Madaniy kontekstini kuchaytirish Ilg’or tajribalarni tadbiq etish Milliylik Shunday qilib boshlang’ich ta’lim pedagogikasining mazmuni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ular oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak o’qituvchilar tomonidan o’zlashtirilishi kerak. Vatanimizda hozirda ta’lim tizimiga e’tibor davlat siyosati darajasigacha ko`tarilgan. O`zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”) qabul qilindi. Shundan keyin boshlang`ich ta’lim bo`yicha konsepsiyalar qabul qilindi . O`zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti va yuqorida qayd etilgan qonunlar hamda me’yoriy hujjatlar boshlang`ich ta’limni zamon talabi darajasida olib borishni talab etadi. Bu zamonaviy boshlang`ich ta’lim pedagogikasida dolzarb muammodir. Bunga sabab boshlang`ich ta’lim uzluksiz ta’lim tizimi uchun asosiy poydevor vazifasini o`taydi. Unda ta’kidlanganidek boshlang`ich ta’limga qadimdan ota-bobolarimiz e’tibor berib kelganlar. Ulardan ba’zilari haqida quyida qisqacha to`xtalamiz: 1. Zardushtiylik dinining asoschisi va «Avesto» kitobining muallifi Spitama Zardushtra ham ta’lim-tarbiya masalalariga katta e’tibor bergan. Demak, boshlang`ich ta’limga eramizdan oldin yaratilgan muqaddas kitoblarda ham alohida e’tibor bergan desak xato bo`lmaydi. Ularda asosan mantiqiy tafakkurni va shu asosdagi dunyoqarashni yuksaltirish asosiy e’tiborga olingan. Bu davr boshlang`ich ta’limida o`z-o`zini anglash salohiyatini shakllantirishga harakat qilingan. Unda moddiy va ma’naviy go`zallikni his eta bilishga hamda zavqlanishga undash, milliy-ma’naviy boyliklarimizni ta’lim oluvchilar ongiga singdirishga harakat qilingan. Shuningdek, marosim, an’ana, urf-odatlarimizni ta’lim oluvchilar ongiga singdirish orqali ularda ma’naviy jihatdan tarbiyalanishga moyillik uyg`otilgan va ularga rioya qilishliklar o`rgatilgan. «Avesto»da qayd etilgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar, tabiat va ular hodisalariga bog`liq bo`lgan qadriyatlar, shuningdek, tabiat va insoniyatni sof saqlashga qaratilgan, qadriyatlar ta’lim mazmuniga to`laligicha kirishiga harakat qilingan. Bu davrning va unga mos «Avesto» ta’limotining diqqatga sazovor joyi shundaki, unda ezgulikning yovuzlik ustidan g`alabasi tarannum qilingan, ya’ni «Ezgu o`y → ezgu so`z → ezgu amal» tizimining “Yovuz niyat → yovuz fikr → yovuz harakat» tizimi ustidan g`alabasini odamlar va ta’lim oluvchilar ongiga singdirish asosiy e’tiborda bo`lgan. Bu yurtimiz yoshlari ma’naviyatini yuksaltirishga fundamental asos bo`la oladi va ular yoshlarimizdagi ma’naviy qadriyatlarimizga bo`lgan hurmatni yanada oshiradi hamda ma’naviy tarbiyamizning chuqur ildizlari uzoq tarixga ega ekanligini ta’kidlaydi. Har qanday jarayon harakatdir, moddiy dunyodagi narsalar yoki hodisalarning asta-sekin o'zgarishidir. O'qitish jarayoni ham yosh avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirishga va axloqiy sifatlarni shakl- lantirishga qaratilgan harakatdir. Biz o'qitish jarayonini qanday tushu- namiz? O'qitish jarayoni - o’qituvchining va u rahbarlik qiladigan o’quvchilarning - ularda aqliy qobiliyatlarni o'stirish, dialektik dunyo- qarash asoslarini tarkib toptirish va hayotga tayyorgarlikni amalga oshirish maqsadida bilim, ko'nikma va malakalar tizimini ongli hamda puxta o'zlashtirishga qaratilgan ilmiy asosdagi ishlarning majmuyidir. Maktabdagi o'qitish jarayoni qandaydir tasodifiy va, ayniqsa, pedagogning xususiy fikridan kelib chiqadigan narsa emas. O'qitish jarayoni bilish nazariyasi asosida tarkib topadi va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlaridan kelib chiqadigan talablarni aks ettiradi. Hozirgi ilg'or pedagogika inson shaxsini maqsadga muvofiq shakllantirishga, o'zini o'zi tarbiyalash va ijtimoiy tajribadan iborat tizim sifatida qaraydi. O'zini o'zi tarbiyalash kichik tizimlar o'rtasidagi bog'lanish asosida tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy tajribani o'zlashtirishi orqali tashkil topadi va shu bilan insonning shaxsi shakllanadi. O'quv jarayoni pedagogik jarayonning mag'zi sifatida tarbiya, o'zini okzi tarbiyalash va ijtimoiy tajribaning birligini o'zida mujassamlashtiradi. O'quv jarayonidagi tarbiya, asosan, o'qitish shaklida, o'zini o‘zi tarbiyalash va ijtimoiy tajribaning birligi shaklida namoyon bo'ladi. Shunga kowra o'quv jarayoniga ta'lim (pedagogning faoliyati), o’qish (o'quvchining mustaqil o'rganish ishi) va ijtimoiy-pedagogik tizim sifatida qaraladi. O'qitish o'quv jarayonining professional tomonini tashkil qiladi. Inson shaxs sifatida shakllanishining ikki tomonlama tabiati (tarbiya va o'zini o'zi tarbiyalash), shuningdek, o'quv jarayonining ichki strukturasi yo'l- yo’riq ko'rsatish va o'quvchilar o'quv-bilish topshiriqlarini mustaqil holda bajarishidan iborat harakatdir. Buning vol-yo'riq ko'rsatish jihati muallim o'quvchiga o'quv material bo'yicha o'rgatadigan narsalar va ular ustida ishlash metodlari bilan izohlanadi. O'quvchilar ana shu asosda o'zlarining ma’lumot mazmunini o'zlashtirishga doir faoliyatlarini tashkil qiladilar. Shunday qilib, o'quv jaravonining mohiyati o'quvchi bilish faoliyatining mantiqi boiib, u birinchidan, bilish bizdagi bilimlarning yagona manbayi bo im ish amaliyotni o'rganishdan boshlanishi va mavhum fikrlar asosida nazariy umum- lashtirish kerakligidan; ikkinchidan, bilish olingan bilimlarni, nazariy umumlashtirishiarni, insondagi bilimlar haqiqiyligini yagona obyektiv mezonlari sifatida ham xizmat qiladigan amaliyotga taqqoslash zarur- ligidan kelib chiqadi. Bilish murakkab dialektik jar ay on boiib, jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o'tish yo'lidir. Dunyoni bilishning, haqiqatni bilishning, obyektiv reallikni bilishning dialektik y o ii shu. Bilish nazariyasi inikos nazariyasi ham deyiladi. O'qituvchi maktab o‘quvchilarini yangi bilimlarni faol idrok qilishga, uni havotda qoilay olishga tavyorlaydi. Bu tasodifiy hodisa boimay, o'quv jarayonining mantiqi shuni taqozo etadi. O'quvchilarning o'qituvchi sabog'ini o'zlashtirish jarayoni bilimlarni idrok qilish, tushunish, mustahkamlash hamda ularni amalda qoilash bosqiehlaridan iborat boiadi. Bilimlarni o'zlashtirish voqelikdagi narsa va hodisalarni sezish va idrok qilishdan boshlanadi. Bilish faoliyatidagi ikkinchi bosqich - bilimlarni tushunish va umumlashtirish. Uchinchi bosqich - bilimlarni mustahkamlash va qoilashdir. O'qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati, avvalo, u ta’limning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllaridan iborat umumiy didaktik prinsiplarni qanchalik to'g'ri amalga oshirishiga bogiiq. Didaktik prinsiplar ta’limning bevosita bilish nazariyasidan, shuningdek, maktabdagi ta’limning maqsadlari va ilmiy mazmunidan, o'quvchilar jamoasining yoshi va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqadigan qonuniyatlarni aks ettiradi. O'qitish prinsiplari qandaydir doimiy va o'zgarmavdigan narsa emas. Ularning ayrim lari boshqacha sharoitga b ogiiq holda o'zining nomini saqlab, yangi mazmun kasb etadi va ba'zilari, masalan, A.Y. Komenskiy olg'a surgan «tabiatga muvofiqlik prinsipi» singari opining ahamiyatini yo'qotadi; yana boshqalari esa yangi sharoitda jamiyatning o'qitish jarayoniga qo'vadigan m aiu m talablarini toiaroq aks ettirishi sababli yetakchi prinsipga ayianadi. Chunonchi, hozirgi paytda o'qitishning tarbiyalovchi va kamol toptiruvchi prinsiplari alohida ahamiyat kasb etadi. Tabiiyki, mana shu prinsiplar o'qitish jarayoniga o'zining qandaydir yangiligini qo’shadi, uni nimalar bilandir to’ldiradi. Lekin tarbiyalovchi va kamol toptiruvchi taiim g a intilish yangilik emas. Uni mamlakatimiz pedagogikasi tarixida ilk bor Forobiy, Beruniylar asoslab berishgan. Masalan. Beruniyning fikricha. tarbiyalovchi ta’lim ayni paytda kamol toptiruvchi ta’lim ham hisoblanadi: u kuzatuvchanlik, fikrlash, nutq. xotira va xayolning rivojlanishini ta'minlaydi, shu tariqa insonni hayotdagi mehnatga tayyorlaydi. Mazkur prinsiplar yangi bo’lmasa ham, maktab rivojining turli bosqichlarida o'quv- tarbiya jarayonini tashkil etishda har xil yo'sinda va to iiq bolm agan hajmda amalga oshgan. Buning hammasi jamiyat tomonidan maktab oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarga bogiiq boigan. Flozirgi das- turlar m aium otning nazariy saviyasiga talablarni oshirishga, mak tabda o'qishning dastlabki kunlaridan boshlab bolalarda ijodiy fikr lashni rivojlantirishga. ularga fanlarning nazariy asoslariga doir tushunchalarni hosil qilishga. umumlashtirish va mantiqiy mulohaza vuritish malakalarini shakllantirishga qaratilgan. Ularda ham ilgarigi dasturlardagi kabi nazariy bilimlarni o’quvchilarda amaliv ko'nikma va malakalarni hosil qilish bilan bogiashga jiddiy e'tibor berilgan. Shuningdek ta’limning tarbiyalovchilik rolini yanada kuchaytirish nazarda tutilgan. Bu esa ongli ravishda o’zlashtirilgan qoidalar, dalillar va nazariyalar o'quvchilarning eiiqodiga hamda dunyoqarashiga avla- nishi kerakligini bildiradi. O ’quvchilarga faol va muntazam mehnat qilish odatini yanada ko'proq singdirish. ularda bilimlarga ishtiyoq uvg'otish va bu bilimlarni umumiy foyda uchun qollashga intilishni tarbiyalash zarur. Tarbiyalovchi ta'lim o'quvchilarning ma’naviy- axloqiy me'yorlarni egallashlarini ham ta'minlashi kerak. Bilimlarni o'zlashtirish jarayonida o'quvchilarning aqliy kamol topishi va to'g'ri tarbiyalanishi o'z-o'zidan amalga oshmaydi. Buning uchun pedagoglar- ning ma'lum darajada ta'sir ko'rsatishi ham nihoyatda zarur. Ma’lumki o'qitish jarayoni o'qituvchining va u rahbarlik qiladigan o'quvchilarning izchil faoliyati majmuyidan tashkil topadi. Bunda o'quvchilar faoliyati- ning muvaffaqiyati o'qituvchining oqilona rahbarligiga va yo'naltiruvchi ishlariga bevosita bog’liq boiadi. Aslida hozirgi paytda yetakchilik qilavotgan tarbiyalovchi va kamol toptiruvchi ta'lim prinsiplari o’quv jarayoniga, shu jumladam ta'limning asosiy shakli bolm ish darsga o'z ta’sirini ko'rsatishi lozim, O'qitish jarayoniga qo'yiladigan talablar jami yat rivojlanishining turli bosqichlarida ham doim bir xil boimagan. Bu hoi jamiyat rivojlanishining qonuniyatlaridan va uning eng muhim vazifasi - yosh avlodni tarbiyalash va o'qitishdan kelib chiqqan. Hozirgi kunning talabi o'quv jarayonini o'quvchilarda faqat takrorlashga doir fikrlashni emas, balki ijodiy tafakkurni ham shakllantiradigan yo'sinda tashkil qilishdir. Psixologlarning talddlashicha, tafakkur doimo muammo yoki masaladan, ajablanish yoki tushuna olmaslikdan, ziddiyatdan boshlanadi. Ana shular tufayli ta’limiy muammolar asosida o'qitishda muammoli yondashish tushunchasi pedagogika nazarivasi va amaliyotiga faol kirib keladi. Bu muammoning mohiyati o'quvchi- larga m alu m bilimlar, ko'nikma va malakalar bilan tushunish hamda tushuntirish uchun ilgarigi bilimlar kifoya qilmaydigan yangi dalillar, hodisalar o’rtasida didaktik ziddiyatdir. Bu ziddiyat ijodiy o'zlash tirishga turtki va shu bilan birga, harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Biz o'qitishdagi muammolilikni o'quvchilarning o'quv muammosini anglashi va hal qilishiga qaratilgan bilish faoliyatini tashkil etish, deb tushunamiz. O'qitishdagi muammolilikning muhim belgisi masalani qo'yishdan ko'ra muammoli vaziyatni yaratish ko'proq zarurligidir. Bunda mazkur vaziyatni hayotiy dalillar va hodisalar asosida yaratishni nazarda tutish muhimdir. Chunki, muammoli vaziyat qancha tabiiy shaklga ega bo’lsa, o'quvchilarni faollashtirish va muammoni hal qilishda qatnashishga jalb etish imkonivati shuncha keng bo’ladi. O'qitishdagi muammolilik an’anaviv didaktikaning asosiy prinsiplari va qoidalarini inkor qilmaydi, balki ularga tayanadi. O'qitishga muam moli yondashishni qollashdan maqsad hozirgi o'qitish jarayonini o'quvchilarda ijodiy fikrlashni faol rivojlantirishga yordam beradigan metodlar va usullar bilan to'ldirishdir. Umuman aytganda. o‘quv jarayonini takomillashtirishdan ko'zlanadigan asosiy maqsad uning sifatini yangi pog'onaga ko'tarishdir. Shunga ko'ra o'qituvchining faoliyatida qanday yangilik vujudga kelishi kerak? Avvalo, u mate rialni shunchaki bavon etmasligi va o'quvchilarga tayyor xulosalar hamda umumlashmalarni aytib bermasligi, balki ularning fikrini o'rga- niladigan obyektga jalb qilishi, undan muammo topishi yoki imkoni b oisa. o'quvchilarning o'zlarini mazkur obvektdagi muammoni musta- qil holda o'ylashga rag‘batlantirishi, muammoli vaziyatni yaratib, ularning diqqatini safarbar qilishi, tafakkurni faollashtirishi, ta’limdagi loqaydlikni bartaraf etishi, o‘quvchilarga o’zlaricha mulohaza yuritib, zarur xulosalar va umumlashmalar chiqarishda yordam berishi, ularni kuzatishga, tasavvur qilishga, eslab qolishga, ijodkorlikka o'rgatishi, ya’ni u o’z tarbiyalanuvchilarini olgan bilimlari bilan kuzatilgan hayotiy dalillar va hodisalarga taqqoslash, shu asosda to’g’ri xulosalar va umumlashmalar chiqarishga odatlantirishi kerak. Mana shularning hammasi ta’lim jarayoniga zamonaviy mazmun baxsh etadi. Hozirgi kunning vazifalarini amalga oshirishda o'qitishning chuqur ijtimoiy e’tiqodlilik bilan uyg’un ilmiyligiga qo'yilavotgan talablar g‘oyatda muhimdir. Didaktikada o’qitishning ilmiyligi nima ekani asosli ravishda bayon qilinadi. MaTumki. maktab taiim i mazmuniga kirgan barcha bilimlar voqelik qanday boisa, uni shundayligicha, hech bir qo‘shimchalarsiz aks ettiradi. Pedagogning vazifasi o'quvchi- larga ilmiy, haqqoniv bilimlarni asli holicha tushuntirishdan, ularni bilimlarni mustaqil o’rganishlarida o'zlashtirilgan haqiqatlar borliq- dagi - inson ongidan tashqari obyektiv mavjud narsalarga muvofiqligini kafolatlaydigan yoTga solishdan iboratdir. Hatto bolalar ta’limning birinchi pog'onasida olgan ju z ’iy bilimlar ham haqiqatni buzmasligi kerak. Ilmiy asosdagi to’g’ri o’qitish natijasida o'quvchilar ongida obyektiv olamning haqqoniv manzarasi hosil boiadi. Pedagogika amaliyotida ba’zan g'alati voqealar ham uchraydi. O'quvchilar qiziquvchanligi sababli o'qituvchiga savol beradilar va xuddi ana shu pavtda o’qituvchi asosli javob bera olmaydi, xijolat chekadi. Noto‘g6ri javob bersam, keyinchalik obro'yim ketadi, deb o'ylaydi. Masalan, birinchi sinf o’quvchilari o’qituvchidan «Kosmos nima?» - deb so‘raydilar va u sarosimaga tushib qoladi. Darhaqiqat, buni birinchi sinf o’quvchilariga qanday tushuntirish kerak? O ’qituvchi puxta o£ylab olib, keyin, chunonchi, ertasiga javob berish o'rniga, shu zahoti «Kosmos bizdan juda uzoq narsa», - deb javob qildi. Shunday javobdan keyin o'quvchilarda kosmos haqida qandaydir tasavvur hosil bo'ladimi? Chinakam ilmiylik doimo ijtimoiy rivojlanish va moddiy olam qonuniyatlarining obyektivligini o'z ichiga oladi. Bizning fan dialektik falsafa poydevoriga quriladi. U voqelikning sovuqqonlik, loqaydlik bilan yozilgan tavsifi emas, balki moddiy olam haqidagi qarama-qarshi tushunchalarning o'zaro kurashish maydoni va qurolidir. Fanlar - e’tiqodlarni shakllantirishning kuchli omili. Shuning uchun yoshlarimiz olgan bilimlar ularning e'tiqodiga aylanishi juda muhimdir. Mana shu vazifalarni amalga oshirishda o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish muhim talabdir. Biz faqat ana shunga asoslanib bolalarni mustaqil o'ylashga o‘rgatishimiz, ularda o'zlarining qarashlari va nuqtayi nazari tizimini tarkib toptirishimiz mumkin. Agar bilimlarni bayon etish, ishning usullarini ko'rsatish mumkin boisa, ijodiy faoliyatni o'rgatish uchun o‘quvchilarni xuddi ana shu faoliyat jaravoniga bevosita jalb etish shart. Mana shu muammo bo'yicha ayrim mulohazalarni ifodalashga harakat qilamiz. Avvalo, har qanday ijodkorlik, xususan, o'quvchilarning ijodkorligi maxsus tayyorlangan sharoitlarda amalga oshishi mumkin. Bunda bilimlar, ko'nikmalar va malakalar tizimi hal qiluvchi omil bo'ladi. Ijodni, ijodkorlikni qanday tushunish kerak? Odatdagi tushunchaga ko'ra, ijod ozchilik kishilarning, buyuk san’at asarlarini, yangi mashinalar, dastgohiar va hokazolarni yaratadigan iste'dodli odamlarning qismatidir. Lekin ijod buyuk asarlar yaratishdangina iborat emas, balki kishining fikr yuritishi, biror tadbirni o'ylab topishi, ozgina bo'lsada, qandaydir yangilik yaratishi ham ijoddir. Ijod jaravoniga tasodif sifatida emas, balki qoida sifatida qarash lozim. O'quvchining ijodini qanday tushunish kerak? Bolalar hech qanday yangilik varatmaydiku? O'quvchining ijodkorligi, eng avval, uning har qanday faoliyat jarayonidagi: o'ziga xos usul bilan masala yechishi, insho yozishi, tajriba ishlari, mehnat darslari va hokazolardagi mustaqil fikrlashida namoyon bo'lishi lozim. O'quvchining ijodi - uning olgan bilimlarini havotda ko'rgan hodisalarga bog'lay olishi, ularni to'g'ri baholab, dastlabki ma’lumotlarni tahlil qila olishidan iborat. Har qanday ijoddan maqsad borliqni. rad etish emas, balki borliqqa to'laroq kirib borishdir. O'qitishdagi individual yondashish ham ta'lim jarayonining muhim talabidir. O'qitishdagi individual yondashish faqat mashq ishlarida emas, balki o'quv jarayonining hamma bosqichlarida: yangi materialni olish , mustahkamlash, takrorlash, uy vazifasini tuzish hamda darsdan tashqari qo'shimcha mashglilotlarini olib borilishi orqali amalga oshiriladi. Bu ishlarda faqat o'qituvchilar emas. balki mazkur sinfdagi kuchli o'quvchilar yoki bo'sh o'quvchilarga biriktirilgan yuqori sinf o’quvchilari ham qatnashishi lozim. Taiim ning demokratik va insonparvarlik tizimiga o lish davrida o'qitishdagi individual yonda- shish alohida ahamiyat kasb etadi, binobarin, hozirgi kunning talabi o’quvchi o4rta maktab dasturini o'zlashtirishi uchun taiim n in g har bir bosqichida tegishlicha bilimlar olishiga erishishdan iboratdir. Shaxs doimo shakllanishda bo'ladi. Shaxsning shakllanishi sust kechishi ham mumkin. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish muammosini faqat maktab emas, balki jamiyatning rivojlanishi ham hal qiladi, albatta. Jamiyat tobora rivojlanishi bilan shaxs har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar vujudga keladi. O'qitishni tabaqalashtirish va individuallashtirish muammosi taiim nazariyasi va amaliyotida yangi muammo emas. Ammo u hozirgi paytda talim -tarbiya nazariyasida alohida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uning mohiyat i, fan-texnika taraqqiy etayotgan sharoitda malakaii kadrlar tayyorlashdan iborat. Talim ni tabaqalashtirish muammosi ilmiy-pedagogik asosda hal qilinsa, o'qitishni m alu m darajada individuallashtirishga imkon iyat paydo bo4ladi. O'qitishni individuallashtirish juda murakkab muammo boiib, m alu m metodologik va pedagogik yondashishga bogiiq holda bevosita hal qilinadi. Pedagoglar va psixologlar o'qitishni individuallashtirish muam- mosiga shaxsni har tomonlama kamol toptirish, shaxs bilan muayyan (o'quvchilar yoki ishlab chiqaruvchilardan iborat) jamoa o ltasid a- gi munosabatlarni. maktabning insonni tarbiyalashdagi rolini muayyan tushunish nuqtayi nazaridan vondashadilar. Bunda iste’dod va qobiliyatlarning baravar emasligi, ularning xilma-xilligi va indi- vidualligi haqidagi talim o tg a tayanadilar. O'qitishning individual- lashuvi tarbiyaning ham individuallashganini bildiradi. O'qitish va tarbiyalash jarayonida shaxsning qobiliyatlarigina rivojlanib qolmaydi, balki uning fazilatlari ham shakllanadi. Inson esa faqat o'zining atrofidagi olamga munosabati orqali shaxsga aylanadi. Jamiyatdan va ijtimoiy munosabatlardan tashqari individuallik bo'imaydi, sinfiy ekspluatatorlik jamiyatida bunday munosabat sinfiyligi sababli o‘qi- tish va tarbivalashning har qanday individuallashuvi hukmron maf- kuraning tarbiyalanuvchilarga ta’sirini kuchaytiradi va bu ta’sir yana da noziklashadi, o'zgaruvehan va maqsadga muvofiqroq bo'ladi. O'qitishning individuallashuvi taiim n in g tashkiliy shakllari va metodlari, sinflarning tolaligi, maktab binolarining rejalashtirilishi, guruhlarning nisbati va har bir o'quvchi bilan olib boriladigan ayrim ishlar ham jiddiy o'zgarishga sabab bo'ladi. O'quvchilar o'zicha hayot kechiradi, ularning tashqi olaniga munosabatini ifodalovchi ma’naviv dunyosi boy va takrorlanmas boiadi. Ana shu dunyoni, ichki hayotni individual yondashish bilangina tushunish mumkin. Individual xusu- siyatlar, qiziqish va iste’dodlar hisobga olinmasa, sinf-dars tizimi orqali muntazam o'rganiladigan kurslar quruq yodlashga aylanib qolishi ehtimoldan xoli emas. Har bir kishining iste’dodi ko'p qirrali bo'lib, faqat tashqi sabablar bilan emas, balki uning o'z tabiatiga bogiiq holda ham tarkib topadi. Inson tashqi ta’sirni o'z-o'zidan qabul qilmaydi, balki unda bolaga ta’lim orqali beriladigan ijtimoiy tajribani o'zlashtirish imkonini yaratadigan biologik qobiliyat mavjuddir. Masa lan, musiqachilarga xos nozik eshitish analizatori zarur. Shunday analizatorga ega bo lg an holda musiqachi bo'lmaslik mumkin, ammo mazkur analizatorsiz musiqachilikni o'rganishning iloji yo'q. O'qitish- ni individuallashtirish «biologik» va «ijtimoiy» xususiyatlarni, ya’ni insonda iste'dod bolishi mumkinligini, lekin u faol ishlar bilan shug'ul- lanmasa, iste’dod tashqi ta'sirlar. tashqi sharoitlar natijasida o'z-o'zidan qobilivatga aylanmasligini yaqqol tushunishni talab qiladi. Ta’lim o'zining mazmuni va metodikasiga ko'ra tashqi ta’sirdir. Lekin u o'quv chi iste’dodi hisobga olinsagina kutilgan natijani berishi mumkin. 0 ‘qitishning individuallashuvi jamoa bilan yanada chuqur bogianishiga olib boradi, jamoadagi o'zining «men»ini namoyish qilishning, shaxsga aylanishning vorqin istiqbollarini vujudga keltiradi. Shaxsni ta’sir ko'rsatishning jamoaviy vositasida tarbiyalash - unda jamiyatga to'g'ri munosabatni tegishli faoliyat bilan qo'shilishning axloqiy-estetik normalar haqidagi, ularga ongli yondashish to'g'risidagi tushunchalarni tarkib toptirishini bildiradi; mustaqillik va faollikni. o'ziga xoslikni rivojlantirish esa ijtimoiy-konstruktiv - ijodiy ishlarda o'zini yaqqol namoyon etishdir. «Individuallik» tushunchasi insonning ijtimoiy mohiyatini ifoda- lovchi shaxs, avvalo, ijtimoiy mavjudot sifatidagi insonni tavsiflaydigan umumiy xususiyatlarni o'z ichiga olishini ko'rsatadi. Umumiy ijobiy xususiyatlar qanchalik ko‘p b o isa, shaxs shunchalik ahamiyatli b oiadi, chunki u ijtimoiy munosabatlarni eng chuqur aks ettiradi. «Individuallik» tushunchasi shaxsning boshqa kishilardan farqla- nadigan alohida va yagona xususiyatini o‘z ichiga oladiki, bu xususiyat shaxsga jamiyatda o4ziga xoslik va takrorlanmaslik baxsh etadi, unda ijtimoiy munosabatlar sharoitida, yaiii kishi kishini ekspluatatsiya qilmaydigan tuzumda jamiyat va shaxs o'zaro qarama-qarshi boim ay- di. Har qanday individuallikning betakrorligi jamiyatdan ajralib qol- maydi, balki jamiyatning uzviy bogiiqligi uning manfaatlarini va harakat qonuniyatlarini tushunishdadir. Jamiyatsiz shaxs bo'lmaydi, individuallik boimaydi, chunki kamolotning manbavi jamiyatdadir. Shaxsning kamol topishida o'zining kuch-gwayrati, bevosita faoliyati juda katta rol o'ynaydi. Bizning tarbiya va taiim tizimimiz har bir bolada iste’dod, faollik, onglilik va ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Avval xususiyatlarni hisobga olib, umumivlikni, keyin umu- miyni hisobga olib. alohidalikni rivojiantirish kerak. Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalari. Sharq mutafakkirlari oʻz asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri masalalariga alohida oʻrin bergan. Masalan, Abu Nasr Forobiy inson tomonidan borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil sifatida baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u tugʻilganda mavjud boʻlgan boʻlsa, aqliy bilimi, ma’naviyati, ruhiyati, intellektual va axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit ta’sirida, ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. Download 91.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling