Pedologiya va uning tanqidi


Download 1.07 Mb.
Sana03.02.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1148068
Bog'liq
Rahmatova Sitora

Surxondaryo Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Amaliy psixologiya 419-guruh

Rahmatova Sitora Shuhrat qizi

Pedologiya va uning tanqidi

Yosh davrlarida pedologiya

  • Pedagogik psixologiyadagi ijtimoiy genetik yo‘nalish ham xatolardan xoli emas edi. Turlicha bo‘lib tuYulgan bu nazariyalar ko‘p hollarda bir-biriga yaqin. Bu yo‘nalish tarafdorlarining fikricha, muhit bola rivojlanishida fatal (taqdir) omil sifatida namoyon bo‘ladi va shuning uchun ham insonni o‘rganish uchun uning muhitini tahlil qilishning o‘zi kifoya: o‘rab turgan muhit qanday bo‘lsa, inson shaxsi batamom o‘shanday bo‘ladi.
  • Biogenetizm xulq rivojlanishini gentik moyillikning amalga oshishiga taqab, shaxsiyat faolligini inkor qilgani kabi, ijtimoiy genetika ham hamma narsani ijtimoiy muhitga taqab, shaxs faolligini inkor qildi.
  • Psixologiyadagi biogenetik va ijtimoiy genetik yo‘nalishlar XX asrning 30-yillaridayoq psixolog va pedagoglar uchun tanqid ob’ektiga aylanib qoldi.
  • Na biogenetika va na ijtimoiy genetika bolaning psixik rivojlanish manbalari va mexanizmlari haqida to‘g‘ri va to‘la tasavvur bera olmasdi. Bu vazifani pedologiya nomini olgan maxsus soha ham uddalay olmasligi ma’lum bo‘ldi.

Pedologiya haqida tushuncha

  • «PEDOLOGIYA» – («paydos» – go‘dak va «logos» – fan) – bolalar haqidagi fan demakdir.
  • Bolaning oʻsishiga psixologik, biologik, sotsiologik va b. tomondan yonda-shuvlarni birlashtirishni maqsad f qilib qoʻyadi. Bola taqsiri, zehni va qobiliyati irsiyat bilan belgilanadi, deb hisoblaydi. Pedologiyada bolaning oʻsishida tarbiyaning roli mutlaq deb hisoblanmaydi. Pedologiya namoyandalari taʼlimda biologik tafovutlarga eʼtiborni kuchay-tirib, oʻquvchilar qobiliyatini aniqlashda ilmiy testlardan foydalanishni ilgari surdilar.

Pedologiya olimlarning qarashlari

  • Pedologiya mazmunan bola rivojlanishining psixologik, fiziologik va biologik konsepsiyalarining mexanik umumiyligini tashkil etadi. XIX asr oxiri va XX asr boshida paydo bo‘lgan (S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer – G‘arbda, V.M.Bexterev, A.P.Nechaev, G.I.Rossolimo – Rossiyada) evolYusion g‘oyalarning psixologiyaga kirib kelishi bilan pedologiya XX asrning 30-yillarida bolalar haqidagi yagona fan mavqeiga da’vogarlik qila boshladi. U bolalar yoshi pedagogikasi va fiziologiyasini siqib chiqarib, bolalarni o‘rganish huquqini monopolizasiya qilib oldi.
  • Pedologiyaning g‘oyaviy va mexanik yo‘riqlari, uning antipsixologizmi, o‘quvchilarning «aqliy qobiliyati koeffisien-ti»ni asoslanmagan testlar bilan aniqlashga urinishi psixologiya va pedagogika rivojlanishiga salbiy ta’sir qildi va maktabga ko‘p zarar yetkazdi.
  • Biroq butun pedogologiyani yalpisiga tanqid qilish bu soha olimlari erishgan ijobiy Yutuqlarni ham inkor qilishga olib keldi va butun yosh rivojlanishi muammosiga nisbatan ko‘p holda salbiy munosabat uyg‘otdi.
  • 20-30-yillarda pedagogik psixologiya sohasida boy tadqiqot materiallarini o‘z ichiga oluvchi ko‘p ilmiy ishlar amalga oshirildi. Bu tadqiqotlar: N.K.Krupskaya (tanlangan asarlar), A.S.Makarenko-ning bola shaxsi va bolalar jamoasi bo‘yicha qarashlari tizimi (u qarovsiz qolgan bolalar uchun mo‘ljallangan bolalar kommunasi rahbari bo‘lgan), L.S.Vigotskiy va uning oliy psixik funksiyalar rivojlanishi nazariyasi.
  • SHuningdek, psixolog olimlarning XX asr ikkinchi yarmidagi ishlari – B.G.Anan’ev, L.I.Bojovich, P.YA.Gal’pe-rin, V.V.Davidov, A.V.Zaporojes, L.V.Zankov, G.S.KostYuk, N.A.Men-chinskaya, N.F.Talizina, D.V.El’konin va ko‘plab boshqa olimlarning yosh va pedagogika psixologiyasi sohasida amalga oshirgan ishlari ham shu jumladan. Bu masala shuningdek, O‘zbekiston psixolog olimlari tomonidan ham tadqiq etilmoqda.

E’tiboringiz uchun tashakkur !


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling