Pekin yoki Beijing
Download 496.99 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Pekin yoki Beijing (xitoycha: 北 京 ) — Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti, dunyonming eng aholsi koʻp shaharlaridan biri. 2010- yilgi maʼlumotga koʻra shaharning aholisi 19 612 368 kishi boʻlgan. Pekin Shanxaydan keyingi ikkinchi eng yirik xitoy shahridir. Pekin Xitoyning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Buyuk Xitoy tekisligining shimoliy qismida, uch tomondan togʻlar bilan oʻralgan. Iqlimi moʻtadil, mussonli iqlim. Yanvarning oʻrtacha harorat —4,6°, iyulniki 26°. Yillik yogʻin 636 mm. Pekin — Xitoyning eng qadimiy shaharlaridan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikdayoq hozirgi Pekin oʻrnida aholi yashaganligi maʼlum. Miloddan avvalgi 1- mingyillik — milodiy X asr manbalarida shahar Szi deb atalgan. X asrda Shimoliy Xitoyni kidanlar bosib olgach, nomi Sitszin deb oʻzgartirilgan (936). Keyinchalik shahar kidanlar davlatining janubiy poytaxti — Nanszin boʻlib qolgan (937), 1153- yildan Szin davlati poytaxti. Bu davrda u Dasin (Chjundu) deb nomlangan. 1215- yilda shaharni moʻgʻullar istilo qilgan. 1263-yilda Xubilayxon Dasinni moʻgʻullar saltanati poytaxtiga aylantirgan va unga Xonbaliq (buyuk poytaxt, xitoycha Dadu) deb nom qoʻygan. Moʻgʻullar sulolasi Yuan davrida (1280—1368) shahar oʻrtasidan Buyuk kanal qazilgan. 1368-yilda Xitoydan moʻgʻullar quvib chiqarilgach, Beypin deb atalgan. 1421-yilda Min imperiyasi (1368—1644) poytaxti. Bu davrdan boshlab shahar hozirgi nomda Beyszin (Pekin) deb atala boshlagan. Sin (manjurlar sulolasi) davrida (1644—1911) Pekin imperiya poytaxti boʻlgan. 1912-yilda Sin monarxiyasi tugatilgach, Pekin Xitoy Respublikasi poytaxti. 1927-yil hokimiyat gomindanchilar qoʻliga oʻtgach, poytaxt Nankinga koʻchirildi. Pekin yana Beypin deb atala boshladi. 1937—45 yillarda Beypin yaponlar qoʻl ostida boʻldi. 1945—49 yillarda unda gomindanchilar hukmronlik qildi. 1949-yilda ulardan ozod qilinib Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti deb eʼlon qilindi. Pekin uzoq vaqt mamlakatning faqat maʼmuriy, harbiy va siyosiy markazi boʻlib keldi. Hunarmandchilik qadimdan rivojlangan boʻlib, chetga chiqarish uchun turli buyumlar tayyorlanar edi. Sanoati 1949-yildan rivojlana boshladi. Pekin — transport yoʻllarining yirik tuguni, mamlakatning yetakchi sanoat markazlaridan. Shaharda ikkita xalqaro aeroport faoliyat koʻrsatadi. Pekin va uning chekkalarida metallurgiya, stanoksozlik rivojlangan. Pekin shahridagi zamonaviy binolar, konstruksiyalar, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi, transport va energetika mashinasozligi, oziq-ovqat, elektrotexnika, telefon va radiotexnika, tibbiyot priborlari, sintetik va sunʼiy tola, toʻqimachilik, kimyo, neftni qayta ishlash, qurilish materiallari, poligrafiya, energetika korxonalari bor. Shahar yaqinida koʻmir qazib chiqariladi. Pekin metropoliteni dunyodagi eng koʻp yoʻlovchi tashiladigan metro tizimi hisoblanadi. Metroda kuniga 13 million, yiliga 3.9 milliard kishi tashiladi. Meʼmorchiligida qadimgi xitoy shahar qurilishiga xos xususiyatlar — qalʼalarning devorlar bilan oʻralganligi, koʻchalar boʻylab shimolidan janubga va gʻarbdan sharqqa yoʻnalgan toʻrtburchak shakldagi turar joy kvartallari qurish asosiy oʻrinni egallaydi. XII asrga oid paxsa devorlarning qoldiklariga qaraganda shahar hozirgi Pekinning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. XIII asrda shahar shimolga tomon kengaya borgan. 1553-yilda atrofi gʻisht devor bilan oʻralgan "Tashqi shahar", oʻz navbatida, "Imperator shahri" majmuasini oʻz ichiga olgan. Bu majmua tarkibida koʻplab saroylar, ibodatxonalar, pagodalar, bogʻlar, tepaliklar va koʻllar boʻlgan. "Imperator shahri"ning markazi — "Taqiqlangan shahar"ning janubiy qismida "Osmon ibodatxonasi" ansambli (1420— 1530, XVIII-XIX asrlarda qayta qurilgan) joylashgan. Pekinning bosh maydoni Tyananminda Xitoy kengashi binosi, Xitoy tarixi mu-zeyi, Millatlar madaniyati saroyi, koʻrgazma paviloni va boshqa imoratlar qurilgan. Pekin va uning atrofida juda koʻp bogʻ, saroy, ibodatxona va memorial ansambllar bor. Pekin — Xitoyning muhim fan va madaniyat markazi. Pekin universiteti va boshqa universitetlar, pedagog, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi institutlari, konservatoriya, Xitoy Fanlar akademiyasi va botanika bogʻi, rasadxona bor. Pekin universiteti THE reytingida dunyoda Osiyoda birinchi, dunyoda 16- oʻrinda qayd etilgan. Pekinda mamlakatdagi eng yirik kutubxonalar, muzeylar, teatrlar, ilmiy tadqiqot institutlari joylashgan. [1] Pekin bir qator xalqaro sport musobaqalariga mezbonlik qilgan. Birinchi yirik koʻpkurashli musobaqa 1990-yilgi Osiyo oʻyinlari hisoblanadi. Pekin 2008- yilda 29-yozgi Olimpiya oʻyinlari, 2022-yilda esa 24-qishki Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan. Pekin ham qishki, ham yozgi olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilgan dunyodagi ilk shahar hisoblanadi. Nankin (xitoycha Nanszin — jan. poytaxt) — Xitoyning sharqiy qismidagi shahar. Szyansu provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 5,3 mln. kishi (1998). Yanszi daryosi quyi oqimidagi muhim transport yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Dengiz kemalari kira oladigan port. Mamlakatning yirik iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazlaridan. Stanoksozlik, elektr va radio apparaturalari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, metallurgiya, kimyo, sement, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiklik elektr st-yasi mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan. N.da Xitoy Fanlar akademiyasining filiali, tuproqshunoslik va geografiya institutlari, universitet va boshqa oliy oʻquv yurtlari, kutubxona, muzeylar, botanika va hayvonot bogʻlari, rasadxona bor. N.ga miloddan avvalgi 472 yilda asos solingan. Turli davrlarda shahar nomi har xil atalgan. 1368—1421-yillarda mamlakat poytaxti. 1421 — 1911-yillarda Szyannan noyibligining markazi. 1853—64 yillarda Taypinlar davlati poytaxti. 1911 — 12 yillarda Sun Yatsen boshliq Xitoy Respublikasi hukumatining qarorgoxi. 1912- yildan Szyansu provinitsiyasining maʼmuriy markazi. Maʼmuriy va tarixiy yodgorliklardan "Imperator shahri" (14—15-asrlar), shahar devori (uz. 34 km), ibodatxonalar, mak,baralar saqlangan Chang'an - Sian shahrining an'anaviy nomi. Bu joy neolit davridan beri o'rnashgan bo'lib, bu davrda shahar chekkasidagi Banpo shahrida Yangshao madaniyati o'rnatilgan. Bundan tashqari, zamonaviy Sianning shimoliy yaqinida, Xitoyning birinchi imperatori Qin sulolasidan bo'lgan Qin Shi Huang o'zining imperator saroyini o'tkazdi va Terakota armiyasi tomonidan qo'riqlanadigan ulkan maqbarasini qurdi. Poytaxti Syanyan shahridan Qin sulolasi oldingi sulolalarga qaraganda kattaroq hududni boshqargan. Xan sulolasi davridagi imperator Chang'an shahri hozirgi Sianning shimoli-g'arbiy qismida joylashgan edi. Tang sulolasi davrida Chang'an nomi bilan mashhur bo'lgan hudud Ming Sian istehkomi ichidagi hududni, shuningdek, uning sharqiy va g'arbiy qismidagi ba'zi kichik hududlarni va janubiy chekkalarining katta qismini o'z ichiga olgan. Shunday qilib, Tang Chang'an Suy va Tang shaharlarining sobiq imperator kvartallari o'rnida qayta qurilgan Ming Siandan 8 baravar katta edi. O'zining gullab-yashnashi davrida Chang'an dunyodagi eng yirik va eng gavjum shaharlardan biri edi. Taxminan eramizning 750-yillarida Chang'an Xitoy yozuvlarida "million kishilik shahar" deb nomlangan, zamonaviy hisob-kitoblarga ko'ra, shahar devorlari ichida 800 000–1 000 000 atrofida.[1][2] Tangning yangi kitobida qayd etilgan 742 yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, Tszinjao Fuda (kāngāngān) 362 921 oila 1 960 188 kishidan iborat bo'lgan. Loyan — Xitoyning markaziy qismidagi shahar, Loxe daryosi sohilida, Xenan provinsiyasida. Aholisi 1,5 mln. kishidan ziyod. Transport yoʻllarining muxim tuguni. Traktorlar, konchilik jihozlari va sharikli podshipniklar ishlab chiqaruvchi yirik markaz. Qurilish sanoati rivojlangan. Shuningdek, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, ip gazlama sanoati korxonalari bor. L. yaqinida toshkoʻmir va temir rudasi qazib olinadi. Shaharga miloddan avvalgi 1108-yilda asos solingan. Dastlab Loi deb atalgan. Choju (miloddan avvalgi 770—516 yillar), Soʻnggi Xan (miloddan avvalgi 25— 220), Gʻarbiy Szin (265— 316), Shimoliy Veey (386-534), Sunggi Tan (10-asr) kabi bir qancha Xitoy sulolalari davlatining poytaxti boʻlgan. Barcha davrlarga oid tarixiy va badiiy yodgorliklar: shahar devorlari, saroylar, ibodatxonalar, imperatorlar maqbaralari saqpangan. Xitoyda dastlabki budda ibodatxonalaridan biri boʻlgan shahar chekkasidagi Baymasi ibodatxonasi (miloddan avvalgi 68 yilda qurilgan) va Lunmun gor ibodatxonasi (5—9-asrlar), ayniqsa, mashhur. 1958-yilda L. yaqinida Guan Yuya ibodatxonasida temirdan yasalgan buyumlar, jez idishlar, oynalar, qurollar koʻplab toʻplangan muzey ochilgan. Issiqlik elektr st-yasi qurilgan. Kayfin — Xitoydagi shaqar. Bukj Xitoy tekisligida, Xuanxe daryosining jan. sohili yaqinida. Xenan provinsiyasi tarkibida. Aholisi 700 ming kishidan ziyod (1990-y.lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik, kimyo, toʻqimachilik (ip gazlama), oziq-ovqat sanoati korxonalari, oliy oʻquv yurtlari bor. Xitoyning qad. shaharlaridan biri; 960—1127 y.larda mamlakat poytaxti boʻlgan. Shahar tarhi toʻrtburchak shaklda bulib, 4 darvozali qalʼa devori bilan uralgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan saroy (12-asr), shuningdek, Teta pagodasi ("Temir pagoda", 1041) qoldiqlari saqlangan. Download 496.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling