"pensiya ishi" kafedrasi mirzayev sherzod shuxratovich
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi orni
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
3-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSOLIDATSIYA- LASHGAN BYUDJETINING SAMARALI IJROSINI TA’MINLASH MASALALARI…………..…………………... 53 3.1. Byudjet mablag’larining samarali va maqsadli sarflanishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari ustidan Parlament nazorati: xorij tajribasi …………………………………….…… 53 3.2. O’zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalalari……………….. 59
64 XULOSA VA TAKLIFLAR……………………..……………. 66 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI............... 69 3
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, konsolidatsiyalashgan byudjet davlat moliya tizimining muhim bo’g’ini hisoblanib, davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari va O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’larini o’z ichiga oladi. Konsolidatsiyalashgan byudjetning samarali ijrosi, o’z navbatida, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida hal qiluvchi o’ringa ega. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo’lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir” 1 , shuningdek, “Davlat byudjeti o’lchovsiz emas, mablag’larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo’lmaydigan xaqiqat” 2 deb ta’kidlanishi, o’z navbatida, konsolidatsiyalashgan byudjet, jumladan, davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetining samarali ijrosini ta’minlashning g’oyat dolzarbligini belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini bajarish, iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam o‘rin egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to‘liq va samarali amalga oshirish sharoitida davlat byudjetining amal qilish mexanizmlarini puxta o‘rganish har qachongidan ham dolzarbdir. Ushbu
maqsad va
vazifalar O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjetini o’rganish, uning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi rolini tadqiq etish hamda konsolidatsiyalashgan byudjetning
1 Mirziyoyev Sh.M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. 8-b. 2 Mirziyoyev Sh.M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. 31-b. 4
samarali ijrosini ta’minlashga qaratilgan taklif-tavsiyalar ishlab chiqish zarurligini ko’rsatadi va bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini bildiradi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling