Tadqiqot predmetini O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan
byudjeti bilan bog’liq bo’lgan huquqiy-iqtisodiy-moliyaviy munosabatlar tashkil
qiladi.
Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari hamda Tiklanish
va taraqqiyot jamg’armasi byudjeti tadqiqot obyekti hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Ishning maqsadi
O’zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining samarali ijrosini
ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu
maqsaddan kelib chiqib, ishda quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:
O’zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining mazmun-
mohiyatini, tarkibini hamda iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyatini yoritish;
davlat maqsadli jamg’armalari hamda O’zbekiston Respublikasi Tiklanish
va taraqqiyot jamg’armasi faoliyatining huquqiy asoslari va iqtisodiyotdagi rolini
o’rganish va yoritish;
ijtimoiy sohalar va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tadbirlarini davlat
byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlash amaliyotini tahlil qilish;
davlat maqsadli jamg’armalari mablag’laridan foydalanish amaliyotini tahlil
qilish;
O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari evaziga
investitsiya loyihalarini moliyalashtirish amaliyotini tadqiq etish;
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag’laridan samarali
foydalanish yo’nalishlarini tadqiq etish;
O’zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining samarali
ijrosini ta’minlashga yo’naltirilgan taklif-tavsiyalar ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |