hokimiyat organlarining harajatlariga mablag’ o’tkaziladi. Fransiya Hukumati
yo’nalishlari: davlat xaridlari, dotatsiyalar, subventsiyalar kabi katta miqdordagi
45
xarajatlarni tanlab nazorat qilinishiga e’tibor qaratiladi. Bugungi kunda barcha
to’lovlar faqat mahsulotlar qabul qilingandan keyin amalga oshiriladi. Byudjet
ijrosi bo’yicha ish vaqti aniq belgilandi. Mahalliy hokimiyat organlari xarajat
operatsiyalarini o’tkazish to’la davri hisob varaqasidagi mablag’larni qabul
qilingan paytdan kassali xarajat qilish paytgacha bo’lgan davr kiskartirildi. O‘tgan
yillar mobaynida Fransiya davlat g’aznasi kadrlarni sifatli tanlash va xodimlarni
samarali boshqarishga alohida e’tibor bermoqda.Fransiyada 1998 yildan
g’aznachilik tizimi tomonidan talab darajasidagi kasb xodimlarini tayyorlashga
yo’naltirilgan kadrlarni tayyorlashni modernizatsiyalash amalga oshirildi.
Xodimlar guruhlarga qarab taqsimlandi. A guruhi: rahbarlik funktsiyalarini
bajarishga tayyorlanayotgan darajali (litsenziyaga ega) davlat xizmatchilari. B
guruhi: o’rta maxsus ma’lumotga ega, o’rta rahbarlik funktsiyalarini bajarishga
tayyorlanayotgan davlat xizmatchilari. S guruhi: maxsus kasb ma’lumoti
to’g’risida diplomga ega davlat xizmatchilari.
Do'stlaringiz bilan baham: