6-rasm. Ijtimoiy xizmatlar sohasini moliyalashtirish uslublari
23
Byudjet mablag’larini ishlatilishining samaradorligini oshirish, davlat
xarajatlarini boshqarishni optimallashtirish maqsadida, davlat byudjetini
rejalashtirishda jahon amaliyotida byudjetni rejalashtirishning yangi uslubidan
foydalaniladi. Bu uslubning nomi «natijaviylikka yo’naltirilgan byudjetlashtirish»
deb ataladi. Amaliyotchilar byudjet xarajatlarini optimallashtirishda «natijaviylikka
yo’naltirilgan byudjetlashtirish» uslubini amalda qo’llash va rivojlantirish eng
maqbul yo’llaridan biri deb hisoblashmoqda.
Davlat moliyasi va davlat byudjetiga oid iqtisodiy adabiyotlarda
"byudjetlashtirish" (budgeting) tushunchasi byudjet loyihasini tayyorlash va uni
ijro qilishning kompleks bosqichlari yig’indisi sifatida ishlatiladi. Byudjetning turli
xarajatlari o’z navbatida eng yuqori samarali usul bilan erishiladigan yakuniy
natijalarga yo’naltiriladi va g’aznachilikda mamlakatdagi byudjet ijrosining
natijalari baholanadi. Byudjetni «maqsadli-dasturli rejalashtirish uslubi» yoki
23
Ahmadjonov
Sh.A.,
Allaqulov A.A. O’zbekistonda natijaviylikka yo’naltirilgan
byudjetlashtirish masalalari va xorij tajribasi.//Moliya.– Toshkent. 2015. №3. –B.7.
muassasa
xarajatlari
bo’yicha
muassasa
faoliyatining
natijalari bo’yicha
muassasa
ehtiyojlari
bo’yicha
Do'stlaringiz bilan baham: |