«pensiya ishi» kafedrasi umirqulova nilufar baxodir qizi fransiyada davlat byudjeti, byudjet tizimi va
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
fransiyada davlat byudjeti byudjet tizimi va byudjet jarayonini tashkil etish
Uchinchi bob bo’yicha xulosa
Bugungi kunda mamlakatda Davlat byudjeti ijrosining natijaviyligini ta’minlash maqsadida ko’pgina chora-tadbirlar amalga oshirildi. O’rta muddatli byudjetni rejalashtirishga o’tish keyingi yillarda rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda byudjet islohotlarining muhim elementlaridan biri hisoblanadi. O’rta muddatli byudjet strategiyasiga o’tish quyidagi zaruriyat bilan belgilanadi: – Davlat byudjetini rejalashtirish va boshqarish tartibini takomillashtirish orqali investitsion xarajatlarni bo’lajak joriy xarajatlar bilan bog’lash imkoniyatlarini yaratilishi;
26
nashriyoti. 2010. –B.123. 60
– bir yildan ortiq davrga mo’ljallangan davlat dasturlarini moliyalashtirish va amalga oshirish, davlat dasturlarini bajarish uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslar bilan bog’lanishni talab etilishi; – davlat byudjeti xarajatlarini samaradorligini oshirish; – ichki va tashqi resurslar, investitsion resurslarning konsolidatsiyalanishi; – byudjet jarayonining rejalashtirilishi va ijrosining tiniqligini ta’minlanishi. Byudjet xarajatlarini optimallashtirish byudjet jarayonini samarali tashkil etish bilan aniqlanadi. «Natijaviylikka yo’naltirilgan byudjetlashtirish» uslubining mohiyati byudjet jarayonida asosiy e’tiborni «xarajatlarni boshqarishdan» «natijaviylikni boshqarish»ga o’tishga qaratishda namoyon bo’ladi. Bunga byudjetni o’rta muddatli istiqbolini belgilashni joriy etgan holda, byudjet jarayoni ishtirokchilari va byudjet mablag’larini boshqaruvchi sub’ektlar mas’uliyatini oshirish orqali erishiladi.
Natijaviylikka yo’naltirilgan byudjetlashtirish uslubini amaliyotga kiritish nafaqat, byudjet jarayonlarini butunlay o’zgartirib yuboradi, balki, davlat xarajatlari kontseptsiyasi mazmunini ham o’zgartiradi. «Natijaviylikka yo’naltirilgan byudjetlashtirish» uslubini byudjet xarajatlari va erishilgan natijalar orasidagi o’zaro aloqani aks ettiruvchi byudjetniing shakllanishi va ijrosi sifatida belgilash mumkin. Byudjetlashtirishni ushbu uslubining maqsadi byudjetdan moliyalashtiriladigan faoliyatni baholashdir. Byudjet tashkilotning amalga oshirayotgan vazifa va funktsiyalari yakuniy komleks baholanadi.
Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling