«pensiya ishi» kafedrasi umirqulova nilufar baxodir qizi fransiyada davlat byudjeti, byudjet tizimi va
XULOSA VA TAKLIFLAR……………………………………………. 61
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
fransiyada davlat byudjeti byudjet tizimi va byudjet jarayonini tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
XULOSA VA TAKLIFLAR……………………………………………. 61 FOYDALANILGANADABIYOTLARRO’YXATI…………............... 64
3
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasida xalq farovonligini belgilovchi asosiy omillar qatorida davlat moliyasi, davlat byudjeti jumladan, davlat maqsadli jamg’armalari hamda ularning pul aylanmasining barqarorligi belgilab olindi. Ijtimoiy rivojlanish jarayonida davlat byudjetini tashkil etish va byudjetning g’azna ijrosini ta’minlash ishlari davlatning o’z funktsiya va vazifalarini to’liq ado etish, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilish maqsadida amalga oshirilmoqda. Davlat byudjetining g’azna ijrosi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha tushumlarini Yagona g’azna hisobvarag’iga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobvaraqdan amalga oshirishni nazarda tutadi.
Bu esa
davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari,byudjetdan tashqari fondlar, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari, davlat qarzlari va ularga xizmat ko’rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini va monitoringini olib borish, davlat mablag’larining samarali ishlatilishini ta’minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati to’g’risida tezkor tarzda ma’lumotlarni jamlash imkonini beradi. Respublikamizda iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy bosqichida vujudga kelgan barcha muammolar byudjet tizimining butunlay yangi qonunchilik asoslarini yaratish, davlat byudjetini boshqarishning sifat jihatidan yangilashni talab qiladi. Bunda bizga byudjetni prognozlashtirish va davlat byudjeti g’azna ijrosida amalga oshiriladigan islohotlar o’zgarishlari ko’mak beradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, «Qachonki, hududlardagi vaziyat ijobiy tomonga o’zgarsa, byudjet ijrosi to’liq ta’minlansa, jinoyatchilik kamaysa, yangi ish o’rinlari yaratilsa, eng muhimi, xalqimizning turmush darajasi yaxshilansa, mahalliy Kengashlar faoliyatiga ijobiy baho bersa bo’ladi» 1 .
1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi. 2017 yil. 22 dekabr.
4
Ko’pgina taraqqiy topgan mamlakatlarda vaziyat qanday tus olishini oldindan aytib bo’lmaydigan va turli xavf-xatarlar saqlanib qolayotgan bir sharoitda davlat qarzlari va davlat byudjeti taqchilligi tobora ortib bormoqda. Shu bilan birga, jahon zaxira valyutalarining beqarorligi, moliya-bank tizimi kredit qobiliyatining keskin pasayishi va investitsiyaviy faollikning susayishi bilan bog’liq murakkab muammolar ko’plab davlatlar iqtisodiyotining tiklanish va o’sish sur’atlariga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. O’zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida byudjet jarayonida yuzaga kelayotgan o’zgarishlarni amalga oshirish, davlat byudjetida moliyaviy resurslar oqimini tartibga solish, moliyaviy mablag’larni yagona xukumat organiga markazlashtirish va davlat moliyasining holati bo’yicha tezkor axborot olish, ushbu axborotlardan byudjet ijrosi jarayonida optimal boshqaruv qarorlari qabul qilishida xorijiy tajribalarni qo’llash masalalari dolzarb bo’lib bormoqda.O’zbekiston Respublikasi byudjet jarayonidagi hozirgi zamon dolzarb muammolarni o’rganish maqsadida bitiruv malakaviy ishimizga «Fransiyada davlat byudjeti, byudjet tizimi va byudjet jarayonini tashkil etish» mavzusi tanlab olindi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling