13
alohida hududlarni teng bo’lmagan rivojlantirish boshlandi.
Byudjet federalizmi markaz va hududlar o’rtasidagi byudjet munosabatlarini
bildiradi. Mahalliy byudjetlarning umumdavlat xarajatlaridagi ulushini ko’rsatadi.
O’zbekistonda bu ko’rsatkich ancha yuqori, mahalliy byudjet xarajatlarining
kattagina qismini byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi xarajatlari va ish
haqidan yagona ijtimoiy to’lov tashkil etadi. Byudjet federalizmi to’g’risidagi
nazariy fikrlarda qayd etilishicha, byudjet federalizmining samaradorligi mahalliy
o’z-o’zini boshqarish organlari o’z xarajatlari haqida o’zlari qaror qabul qilinganda
va ularni mahalliy soliqlar hisobiga qoplanganda yuzaga keladi. Boshqacha qilib
aytganda, markazlashtirishning barcha afzalliklarini qo’lga kiritish va risk
ehtimolini iloji boricha kamaytirish uchun tegishli moliyaviy resurslar va soliq
daromadlarini to’g’ri shakllantirish hamda ulardan foydalanish sohasida xarajatlar
vakolatlari bilan mustahkamlanishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek,
«..Mamlakatimizda inson manfaatlari bilan bog’liq masalalarni hal etishda bizning
saylovoldi dasturimizdan joy olgan, hozirgi kunda ishlab chiqilayotgan maqsadli
dasturlar muhim o’rin tutadi. Bu dasturlar odamlarning turmush darajasi va sifatini
yanada oshirishni ta’minlashga qaratildi. O’zbekiston Respublikasida «nafaqat eng
kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo’jalik yurituvchi sub’ekt-
larda ham o’rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar
hajmini bosqichma-bosqich ko’paytirish e’tiborimiz markazida bo’ladi»
5
.Mazkur
xarajatlar respublika byudjeti tomonidan belgilanadi va nazorat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: