1-BOB. FRANSIYA DAVLAT MOLIYASI VA BYUDJET TIZIMINI
BOSHQARISHNING NAZARIY- HUQUQIY ASOSLARI
1.1. Davlat byudjeti va byudjet tizimini boshqarishning jahon amaliyoti
Davlat byudjeti davlatning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga
oshirishda, birinchi navbatda, davlat mablag’larini taqsimlash va xududlarda
ijtimoiy-iktisodiy infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Davlat
byudjeti–davlat pul mablag’larining markazlashtirilgan jamg’armasi bulib, unda
daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili
mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va
miqdorlari nazarda tutiladi. Davlat byudjeti daromadlari rejasini bajarish, Davlat
byudjeti xarajatlarini tashkil etishga oid tamoyillar, mablag’larni maqsadli
taqsimlash, tejamkorlik rejimiga qat’iy amal qilish, byudjet intizomiga amal
qilinishiga erishish maqsadida davlat samarali moliyaviy nazorat tizimiga ega
bo’lishi lozim.
Davlat byudjeti ijrosida daromadlar va xarajatlar rejalari bajariladi, davlatning
belgilangan dasturlari ijro qilinadi va byudjet tashkilotlari xarajatlari moliyaviy
mablag’ bilan ta’minlanadi. Davlat byudjeti g’azna ijrosida eng muhim vazifa
qilib, davlatning ichki va tashqi qarzlarini kamaytirish, byudjet xarajatlarining
samaradorligini oshirish, iqtisodiy-ijtimoiy xarajatlarning aniq maqsadli va
manzilli bo’lishishiga erishish, byudjet mablag’laridan foydalanishni yaxshilash
hamda moliyaviy nazorat mexanizmini to’liq ishlashiga erishiladi. Bu vazifalar
byudjet mablag’larini egalariga tez va o’z vaqtida etib borishini ta’minlaydi.
Byudjet tizimi – umumijtimoiy ehtiyojlarni ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy
dasturlarni moliyalashtirish uchun yo’naltirilgan byudjet siyosati, byudjet huquqi
va byudjet mexanizmini o’z ichiga oladigan moliya-byudjet instituti va
jamg’armalarining yig’indisidir.
Rossiya Federatsiyasi iqtisodchilardan I.R.Zaripova, V.R. Xafizovaning fikricha,
byudjet islohotlarini rivojlantirish qarorlarini qabul qilishda nazariy jihatdan ko’p
8
qirrali byudjet tizimi tushunchasining mazmuniga e’tibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |