Pensiya taʼminoti. Davlat pensiya tizimi
Download 0.52 Mb.
|
Taqdimot Tursunboy
Yuridik va jismoniy shaxslar fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish uchun Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki O‘zbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida elektron ariza berishlari lozim. Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallaridan, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larga hisoblab chiqarilgan foizlardan hamda bunday mablag‘lar foydalanilishidan fuqarolar va Xalq banki oladigan boshqa daromadlardan, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlaridan, shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari aylanmasidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar olinmaydi.
Pensiya borasidagi o'zgarishlar... Pensiya taʼminoti oʻz ahamiyatiga koʻra mamlakatimiz iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotida va davlat moliya-byudjet tizimida katta oʻrin tutadi.
Ushbu tizim mehnat bozori holati va soliq sohasi, shuningdek, mamlakatimizdagi demografik vaziyat bilan chambarchas bogʻliq. Shu bois, pensiya tizimi joriy munosabatlarni hisobga olgan holda iqtisodiyotga nisbatan yuklamani kamaytirishga xizmat qilishi lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqa yoshidagi insonlarning turmush darajasini qoʻllab-quvvatlash, fuqarolarning pensiya olishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirishning kafolatlarini kuchaytirish muhim vazifa. Uning ahamiyati, ayniqsa, butun dunyoda davom etayotgan pandemiya davrida yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling