Передняя сторона обложки


«Ko’ngilli» eksport cheklashlari


Download 2.2 Mb.
bet5/6
Sana28.10.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1732072
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
taqdimot 2

«Ko’ngilli» eksport cheklashlari
Mutaxassislarning fikricha, eksport kvotalarining muhim turlaridan biri ko’ngilli eksport cheklashlari (KECH) hisoblanadi. KECh holatida eksportyordavlat «ko’ngilli» ravishda boshqa mamlakatga olib chiqadigan mahsuloti hajmini chegaralaydi va hamkor taziyqi ostida minimal import narxlarini o’rnatadi. Bunday amaliyot AQSH va Yevropa Ittifoqida Yaponiya tovarlari (avtomobillar, elektronika, po’lat)ga nisbatan keng qo’llaniladi. Hozirgi paytda jahonda bunday turdagi 100 dan ortiq bitimlar imzolangan, biroq UST a’zo-mamlakatlar oldiga ular o’rtasidagi savdoda XXI asr boshlariga kelib KECHni umumiy bekor qilish vazifasini qo’ymoqda.
Yashirin protektsionizm ko’rinishlari
Jahon amaliyotida tashqi savdoni tartibga solishning notarif usullari ichida miqdoriy va moliyaviy usullardan tashqari yashirin protektsionizm usullaridan foydalaniladi. Yashirin protektsionizm usullari mohiyati jihatdan markaziy hukumat va hatto mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tashqi savdo yo’liga bojxona tabiatiga ega bo’lmagan turli tuman to’siqlarni o’rnatishini anglatadi. Yashirin protektsionizm usullarining ko’pchiligi xalqaro savdo muvofiqlashtirilgan tamoyillarini buzishning yaqqol namunasidir.
Alohida mamlakat import yoki eksportni bir tomonlama chegaralashida foydalanadigan yashirin protektsionizm usullarining yuzdan oshiq turi mavjud. Bu usullarni to’rtta katta guruhga ajratish mumkin:
 Texnik to’siqlar;
 Ichki soliqlar va yig’imlar;
 Davlat xaridlari doirasidagi siyosat;
 Mahalliy komponentlarning tovar tarkibida bo’lishligiga talablar.
Savdo siyosatining moliyaviy usullari: Subsidiyalar
Litsenziyalashga qo’shimcha ravishda, davlat milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni bevosita va bilvosita subsidiyalar tizimi, ya’ni mamlakat byudjetidan ayrim korxonalarga va mahalliy hokimiyat organlariga dotatsiyalar berish orqali rag’batlantirishi mumkin. Bundan maqsad arzon import tovarlari raqobatidan himoya qilish, eng asosiysi - milliy sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini xorijga eksport qilishni rag’batlantirishdan iborat. Bu vaziyatda bevosita subsidiyalar pul ko’rinishidagi mablag’ni, bilvosita subsidiyalar esa imtiyozli shartlarda kreditlash, soliqqa tortish, xavfxatarni sug’urtalash bo’yicha davlat tomonidan kafolatlash, davlat xazinasi hisobidan eksport qilinadigan tovarlarni tashqi bozorlarda reklama qilish kabilarni nazarda tutadi

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling