Передняя сторона обложки


Savdo siyosatining moliyaviy usullari: Eksport kreditlari


Download 2.2 Mb.
bet6/6
Sana28.10.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1732072
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
taqdimot 2

Savdo siyosatining moliyaviy usullari: Eksport kreditlari
Eksport kreditlari tashqi savdo siyosatining moliyaviy usuli bo’lib, u milliy firmalar eksporti rivojlanishini davlat tomondan moliyaviy rag’batlantirishni nazarda tutadi.
Eksport kreditlari quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin:
• Milliy eksportyorlarga subsidiyalashgan kreditlar — davlat banklari
tomonidan bozor stavkasidan past stavkada kreditlar berilishi;
• Xorijiy importyorlarga davlat kreditlarini berilishi, ya’ni kredit bergan
mamlakat tovarini sotib olish sharti bilan;
• Milliy eksportyorlarni eksport risklaridan sug’urtalash.
Eksport kreditlari: qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli bo’lishi mumkin.
Eksport kreditlari bo’yicha eng yirik uyushmalardan biri Eksport krediti guruhi – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida eksportni kreditlash bo’yicha hukumat va agentliklar vakillari guruhi hisoblandi. Bu guruh 2 yil va undan ortiq muddatli eksport kreditlarini tartibga soladi. Ikkinchi yirik tashkilot Bern ittifoqi, ya’ni kreditlar va investitsiyalarni sug’urtalash bo’yicha xalqaro ittifoqdir.
Savdo siyosatining moliyaviy usullari: Demping
Tashqi savdoni notarif usullar bilan tartibga solish amaliyotini o’rganish shuni ko’rsatadiki, eksport subsidiyalari ko’pincha dempingga – xorijiy bozorlarda eksportyor mamlakat ichki bozoridagi o’rtacha narxga nisbatan past baholarda sotishga moddiy asos bo’ladi.
Mutaxassislar dempingning quyidagi variantlarini ajratib ko’rsatishadi:
. Tasodifiy — eksportyorda tasodifiy ortiqcha tovarlarni paydo bo’lishi bilan bog’liq;
. Vaqtinchalik — eksportyor tomonidan boshqa mamlakat bozoriga tezlik
bilan kirib borish uchun qo’llaniladi;
. Doimiy — monopolist kompaniya tomonidan, uning tashqi iqtisodiy
faoliyati davlatning doimiy qo’llab-quvvatlashi sharoitida, tashqi bozorlarda
foydani maksimallashtirish uchun qo’llaniladi, bunda ichki bozorda nisbatan
yuqori narx saqlab turiladi.

Etibor uchun raxmat


Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling